Muammoli vaziyat
O’qituvchi 3- sinf o’quvchilariga “Botir, mergan va chaqimchi” ertagi asosida o’qish darsini o’tdi. Dars so’ngida o’quvchilarga:
“Sinfimizda ham botirga, chaqimchiga o’xshagan bolalar bormi?” deb savol berdi. O’quvchilar esa Nodirni botirga, chaqimchiga Feruzani o’xshatdilar. Feruza hafa bo’lib yig’ladi.
O’qituvchining bergan savoli to’g’rimi?
Nazorat savollari:
1.Boshlang’ich sinflarda qanday tarbiya turlari o’rgatiladi?
2.O’qituvchi uchun eng muhimi nimada?
3. Sinfda o’qish darslarining ta’lim- tarbiyaviy ahamiyati qanday?
4.Boshlang’ich sinflarda asosan qaday mavzular ilgari suriladi?
5.Nima o’quvchilarga kuchli ta’sir ko’rsatadi?
6. 3-sinf darsligida berilgan ,,Qaysar buzoqcha” masalida qanday g’oya ilgari surilgan?
2-mavzu: O’qish malakalarining sifatlari: ongli, ifodali o’qish.
Reja:
O’qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo’llari.
Ifodali o’qish metodikasining asoslari.
Davlat ta’lim standartida o’qish malakalarining sifatlariga qo’yilgan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: |