IV SEMESTR
1-mavzu: O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari.O`qish malakasi haqida tushuncha
Reja:
1.O’qish darslarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati.
2. O’qish malakasi haqida tushuncha.
3.Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida tarbiyaga yetaklovchi xalq og’zaki ijodi namunalari.
Tayanch so`z va iboralar:
O’qish darslari, ta’lim – tarbiyaviy ahamiyat, o’qish malakasi, o’qish kitobi, xalq og’zaki ijodi, ma’naviy, axloqiy, jismoniy, mehnat tarbiyasi, vatanparvarlik ruhida “Aqlli bog’bon” ertagi.
1.O’qish darslarining ta’lim – tarbiyaviy ahamiyati.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim- tarbiya vazifalari o’quvchilarga bilim va ko’nikmalarni egallash, komil inson uchun zarur bo’lgan sifatlarni shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O’quv materiallari obolalarga ta’lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo’lgan borliq haqidagi bilimlarni o’z ichiga olgan holda badiiy va ommabop adabiyotlar uchun xos bo’lgan mavzular bilan tanishtiradi.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim - tarbiyaviy vazifalar umumiy ravishda hal qilinadi. Bolalarning atrofni o’rab olgan muhit haqida, vatanimizning , xalqimizning mustaqillikdan oldingi va hozirgi hayoti haqida bilimlari kengayadi: milliy dunyoqarashi, ijobiy, axloqiy sifatlari shakllanadi, ular aqliy va ma’naviy jihatdan kamol topadilar.
Boshlang’ich sinfdagi “o’qish kitobi” buni tasdiqlaydi.Bu darsliklarning mazmuni va metodik materiallari o’zaro bog’liq holda beriladi.
Ta’lim - tarbiyaviy vazifalarni birgalikda amalga oshirish uchun o’qish darslarida matnni o’qishgina emas, balki matn ustida qanday ishlash kerakligi ahamiyatlidir.
Sinfda o’qish darslarida ta’lim – tarbiya vazifalarini o’quvchilarga bilim va ko’nikmalarning ma’lum yig’indisini egallashni ularda milliylik uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi.
O’qish kitobiga kiritilgan asarlar mazmunida vatan haqidagi bilimlari, tushunchalari o’quvchilar sinfdan sinfga o’tishlari bilan shakllanib, boyib boradi.
Vatan deganim bu -
Yurak deganim
Yurakka vatan kerak deganim
Vatan deganim bu –
Yurak deganim
Birov – birovga kerak deganim.
Aslida vatan bu-
Tug’ilgan joyim ,
Birinchi qadamim
Yetgan tuprog’im.
Vatan uchun sharafli o’tmishi va qahramonlari hozirgi kun o’qish kitoblarida muhim mavzu sanaladi. O’quvchilarda “Vatan” tushunchasi Ona Vatan tabiati haqidagi aniq tasavvurni chuqurlashtiradigan, Vatanimiz O’zbekistonda yashovchi turli millat kishilarining o’zaro munosabatlari haqidagi asarlarni o’qish jarayonida shakllanib boradi. “Vatan” tushunchasi o’quvchilarning qabul qilish va umumlashtira olishiga muvofiq bo’lgan aniq materillar orqali singdiriladi.
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida “Vatan” mavzusiga alohida nomlar bilan bo’limlar ajratilgan.Masalan, 1-sinf o’qish darsligida “ O’zbekiston - mening vatanim” , 3- sinfda “Ona bitta, vatan yagona “ bo’limlari kabi.
Bu bo’limlardagi mavzular ham o’ziga xos. Mavzular orqali o’qituvchi o’quvchilarga Vatan - bu yer, suv, paxta dalasi, tog’larigina emas, balki, avvalo, o’z mehnati bilan el boyligiga boylik qo’shuvchi, erkin hayot yaratuvchi, o’z kuchi va hayotini ayamasdan dushmanlardan ona yerni himoya qiluvchi kishilar xalq ekanini tushuntirishga erishadi.
Vatanni madh etuvchi mavzularga:
1-sinfda –
Vatan bu-
Buyuklar vatani.
O’zbekiston askarlari.
Yagonadir vataning sening.
2- sinfda –
Ona yurtim oltin beshigim.
Ona vatan
3- sinfda Vatanni suymak.
Vatanimiz gerbi
Mustaqillik ahillikdan
Vatan iftixori
Toshkentim-onam
Vatan mo’tabardir kabi.
O’qish kitoblariga kiritilgan tabiat va kishilar mehnati haqidagi yuksak badiiy asarlarni o’qib tahlil qilish bilan birga bolalar o’z bilimlarini borliq haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitadilar, ularda tabiatga muhabbat tuyg’usi tarbiyalanadi. Ular tabiaat boyliklariga ehtiyotkorona va do’stona munosabatda bo’lishga odatlanadilar.
So’nggi axborot
Anvar Obidjon
Bo’lib o’tdi qishloqda
Kecha zo’r shamol.
Natijada ro’y berdi
Anchayin kor-hol.
Uzum boshi aylanib,
Bo’p qoldi kasal,
Shoxdan yiqilib olma
Yotibdi o’sal.
Hatto gilos lat yedi,
Bo’lsa ham abjir.
To’qnashuvda anorga
Chaplandi anjir…
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatish bo‘yicha K.Qosimova, S.Matchonov, X. G‘ulomova, Sh. Yo`ldosheva, Sh.Sariyev muallifligida oliy ta'lim talabalari uchun yaratilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“1 darsligida, T.Ashrapova, M.Odilovalarning pedagogika bilim yurtlari uchun nashr etilgan “Ona tili o`qitish metodikasi“ darsligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Bundan tashqari, S.Matchonov, X. G‘ulomova, M.Suyunov, H. Boqiyevalarning “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish“ qo`llanmasida, S.Matchonov, X. G‘ulomovalarning “Boshlang‘ich ta'lim“ jurnalida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga o‘rgatishga doir qator maqolalarida o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini takomillashtirish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda o‘qishning inson hayotidagi o‘rni asoslab berilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini tashkil etish bo‘yicha T. G‘afforova, X.G‘ulomovalarning “1-sinfda o‘qish darslari“, T. G‘afforova va boshqa mualliflar hamkorligida yaratilgan “2-sinfda o‘qish darslari“, M.Umarovaning “3-sinfda o‘qish darslari“ S.Matchonov, X.G‘ulomova, Z. Doliyevlarning “4-sinfda o‘qish darslari“, S.Matchonov va boshqalar ” Boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish” metodik qo`llanmalarida2 o‘quvchilarni o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |