IV. MEXANIK ISHLOV BERISHGA SARFLANGAN VAQTNI ANIQLASH
Ta’mirlanayotgan detallar mexanik ishlov berishda o‘ziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi, bularga xossalarning bir xil emasligi, ishlov beriladigan yuzadagi qatlamlarning notekis taqsimlanganligi.
Turli usullarda ta’mirlanadigan detallarga ko‘proq tokarlik va jilvirlash usullarida ishlov beriladi.
Tokarlik ishlov berish ko‘pchilik holatlarda, tiklash ishlari (qoplama qoplash, kukun purkash, elektrolitik qoplama qoplash) bajarilganidan so‘ng, ishlov berish uchun qoldirilgan qatlam 0,25 mm dan ortiq bo‘lishi, uning qattiqligi HRC 35-40 ni tashkil etadi. Bunday holatlarda kesuvchi asbob sifatida, odatda, qattiq qotishmadan tayyorlangan kesuvchi plastinalar (1-jadval) qo‘llaniladi.
1-jadval
Ta’mirlanadigan detallarga tokarlik ishlov berish sharoitlari
Ta’mirlash turi
|
Ishlov berish turi
|
Asbob materiali
|
Ishlov berish sharoiti
|
Kesish tezligi, v, m/min
|
Uzatish,
S mm/ayl
|
Kesish chuqurligi, t mm
|
Qoplama Qoplash
|
Dag‘al
|
T15K6,
T14K8, V8
|
46,0
27,5
19,0
138
104
67
|
0,2
0,3
0,4
0,15
0,20
0,30
|
1,0
2,0
3,0
0,25
0,50
0,75
|
Mayin
|
T15K6, T14K8, V8
|
Kukun materiallarini termik purkash
|
Dag‘al
|
T15K6,
T14K8, V8
|
20
|
0,30
|
0,50
|
Mayin
|
T15K6, T14K8, V8
|
40
|
0,15
|
0,20
|
Elektrolitik temirlash
|
Dag‘al
|
T15K6,
T14K8, V8
|
30
|
0,50
|
2,0
|
Mayin
|
T15K6, T14K8, V8
|
60
|
0,12
|
0,20
|
Toblangan detallarga ishlov berishda qattiq VK va TK (VK8 va T15K6) rusumidagi qotishmalardan foydalaniladi, bunda keskichning oldingi burchagi manfiy (γ=-10-15) burchak ostida va asosiy kesuvchi burchakning nishabligi esa λ = 5-10o ostida tayyorlanadi. Toblangan po‘latga ishlov berish sharoitlari: v = 80-120 m/min; S=0,1-0,2 mm/ayl.; t = 0,5-1 mm. Detallarga bir-necha o‘tishlarda ishlov beriladi.
Agarda yuza qattiq qotishma bilan qoplangan bo‘lsa, dag‘al ishlov berish VK6 va VK3 qattiq qotishmalari bilan quyidagi sharoitlarda ishlov beriladi: kesish chuqurligi – 0,3-0,6 mm; uzatish – 0,18-0,25 mm/ayl; tezlik – 30-35 m/min. Qoplamalarga mayin ishlov berishda, geksogonit-P bilan jihozlangan keskichlar qo‘llaniladi. Ishlov berish sharoiti: kesish chuqurligi – 0,25 mm gacha; uzatish tezligi – 0,02-0,05 mm/ayl.; kesish tezligi – 120-150 m/min ni tashkil etadi.
Detalga ishlov berishda sovutish suyuqligidan foydalaniladi: uning tarkibida 5-8% emulsola, 0,2% kalsilangan texnik soda va suvdan foydalaniladi.
Agarda yuzaning qattiqligi HRC 35-40 dan yuqori bo‘lsa yoki ishlov berilganidan so‘ng yuqori aniqlik va g‘adir-budurlik talab etilmasa, jilvirlash jarayoni qo‘llaniladi. Jilvirlash jarayonini qoplama qoplangandan so‘ng yoki qoplama qoplanib tokarlik ishlov berilganidan so‘ng (2 jadval) amalga oshiriladi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |