MIKSOTROF MIKROORGANIZMLAR — Bir vaqtning o‘zida har xil tipdagi (avtotrof va geterotrof) oziqlanish xususiyatiga ega bo‘lgan organizmlar; masalan, xivchinlilar.
MIMIKRIYA — Taqlid, o‘simliklar yoki hayvonlarning rang va shakl jihatidan yashab turgan atrof – muhitiga o‘xshab ketish hodisasi; tabiiy tanlash natijasida shakllanadi. Bu hodisadan organizmlar o‘zini himoya qilish uchun foydalanadi.
MONITORING — Ogohlantiruvchi, odamning xo‘jalik faoliyati natijasida atrof – muhitda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni kompleks kuzatish, baholash, paykash va oldindan bilish, odam hamda boshqa tirik organizmlar salomatligiga salbiy ta’sir qiluvchi hollarni aniqlab, uni oldini olish sistemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |