GIPERMORFOZ – Ortiqcha metamorfoz, muhitning tez o‘zgarishi tufayli organizm bilan uning orasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida organizm yoki uning biror organining ma’lum yo‘nalishdagi filogenetik rivojlanishi.
GIPOGALIN – V.N. Jukinskiy va boshqalar (1980) tavsiya etgan klassifikatsiyaga ko`ra yer ustki suvlarining sho`rlanish darajasi 0,10 – 0,50 mg/kg bo`lgan suvga aytiladi.
GIPOMORFOZ – Evolyusiya jarayonida organizm tuzilishining soddalashuvi. Bunda ko‘pincha ixtisoslashuv belgilari yo‘qoladi.
GUMUS – Chirindi, tuproqdagi nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari hamda ularning hayot faoliyati mahsulotlarini parchalanishidan vujudga kelgan organik birikmalar. Gumusga boy bo‘lgan tuproqlar unumdor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |