BIOSESTON – Suvdagi muallaq (suzib yuruvchi) tirik organizmlar.
BIOMUHIT – Organizm uyushmalari hosil qiladigan yoki ular ta’sirida o‘zgargan muhit. Biomuhit ma’lum biogeotsenoz yoki ekosistema tarkibiga kiruvchi turlar uchun qulay sharoit yaratadi.
BIOSFERA – Tarkibi, struktura va energetikasi qadimgi hamda hozirgi organizmlar faoliyati bilan bog‘liq Yer qobig‘i. Biosfera atmosferaning quyi qismini, gidrosfera va litosferaning yuqori qismini qamraydi. Ular moddalar va energiya migratsiyasi natijasida vujudga keluvchi murakkab biokimyoviy halqalar orqali chambarchas bog‘langan.
BIOTA – Biron – bir katta hududda yashovchi, tarixiy shakllangan tirik organizmlar majmui. Biotada turlararo ekologik munosabatlar tushunilmaydi.
BIOTIK FAKTORLAR – Tirik omillar, tirik organizmlarni o‘z hayot faoliyati bilan o‘zaro bir – biriga ta’siri. Masalan, inson faoliyatining tabiatga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |