*************************Oqsil va nuklein bobi.***********************
1. Oqsillarga xos xususiyatlar.
1. Quyidagi moddalarning qaysi biri oqsillarning sifat reaksiyasi uchun ishlatiladi?
A) H2SO4 (suyul) B) HNO3(kons.) C) FeCl3(eritma) D)ZnCl2(eritma)
2. Qaysi yuqori molekulali birikmalarga qanday reaktiv yordamida biuret reaksiyasini amalga oshiriladi? 1. Polistirol 2. Oqsil 3. Etil spirt 4. Mis sulfat 5. Ammoniy gidroksid
A) 1,3 B) 1,4 C) 2,3 D) 2,5 B) 2,4
3. Oqsil moddalar tarkibidagi oltingugurtga sifat reaksiyasini amalga oshirish uchun qaysi moddalar qo’llanadi?
A) NaOH, CuSO4, B) Pb(CH3COON)2 , NaOH
C) HNO3(kons.) D) H2SO4(kons.) E) ZnSO4, K2SO4
4. Denaturasiyada oqsilning qaysi strukturalari saqlanib qoladi, qaysilari buziladi?
A) birlamchi struktura saqlanib qoladi, ikkilamchisi buziladi
B) birlamchi struktura saqlanib qoladi, qolganlari buziladi
C) ikkilamchi struktura saqlanib qodadi, birlamchisi buziladi
D) birlamchi va ikkilamchi struktura saqlanadi, uchlamchisi buziladi
E) xammasida strukturalari buziladi
5. Oqsil molekulalari faqat qaysi xolatlar tufayli hosil bo’ladi?
A) vodorod bog’lar B) peptit bog’lar C) karboksil va aminoguruxlar orasidagi bog’lanish
D) murakkab efirlar bog’i E) yuqoridagi xamma turdagi bog’lar xisobiga
6. Proteinlar gidrolizlanganda, qanday moddalar olinadi?
A) glitserin va sovun B) aminokislotalar C) spirt va kislota, D) glikol va amid E) spirt va aminokislota.
7. Oqsillar denaturasiyasi deb nimaga aytiladi?
A) ularning turli kimyoviy moddalar va fizik jarayonlar ta’siri natijasida tabiiy xususiyatini yo’qotishi
B) oqsillarning xar qanday ta’sirga chidamli bo’lishi
C) oqsilning nativ xolatga kelishi
D) kimyoviy moddalar ta’sirida oqsillardan yuqori molekulali moddalar hosil bo’lishi
8. Oqsil moddalar qaysi sinf birikmalaridan tashkil topadi.
A) Karbon kislotalar va diaminlardan B) aminlar va oddiy efirlardan
C) aminokislotalardan D) oksikislotalar va aminokislotalardan
E) karbon kislotalar va aminlardan
9. Oqsil tarkibidagi aromatik aminokislota qoldig’i borligini qaysi reaktivdan foydalanib aniqlash mumkin?
A) natriy gidroksid eritmasi B) konsentrlangan nitrat kislota eritmasi
C) xlorid kislota eritmasi D) qo’rg’oshin (II) nitrat eritmasi E) mis (II) sulfat eritmasi
10. Peptid bog’lar qaysi qismlar orqali hosil bo’ladi?
A) karboksil guruxlar B) radikallar
C) qo’shni aminokislotalarning amino va karboksil guruhlari
D) aminoguruxlar E) radikalar va karboksil guruxlar
11. Oqsilning ikkilamchi strukturasi uchun qanday bog’lanish turi xos?
A) qutbsiz kovalent B) qutbli kovalent C) ionli D) vodorod bog’lanish E) elektrostatik tortishuv
12. Oqsilning uchlamchi strukturasini hosil qilishda qatnashadigan funksional guruxlar va kimyoviy bog’lar turini tanlang.
1) peptid bog’; 2) disulfid ko’prik; 3) tuz ko’prik; 4) murakkab efir ko’prik; 5) ichki molekulyar vodorod bog’lanish; 6) ion bog’lanish; 7) molekulalararo vodorod bog’lanish; 8) qutbsiz kovalent bog’lanish
A) 1,3,4,8 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4,5 D) 2,3,4,6 E) 2,3,4,7
13. Oqsillarga qaysi moddalar ta’sir etganda suvda erimaydigan cho’kma hosil bo’ladi?
1) rux sulfat; 2)natriy xlorid; 3)simob nitrat; 4) magniy sulfat; 5) qo’rgoshin atsetat; 6) temir(III) sulfat; 7) konsentrlangan nitrat kislota
A) 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 4, 7 C) 1, 3, 4, 7 D) 2 ,3, 4, 5 E) 3, 4, 6, 7
Do'stlaringiz bilan baham: |