Difratsion panjara yordamida gazli lazer nurlanishning to’lqin uzunligi va eritrotsitlarning diametrini aniqlash».
Mavzu rejasi:
Spontan nurlanish.
Majburiy nurlanish.
Geliy neon lazer qurilmasining ishlash printsipi.
Lazerlarning tibbiyotda qollanilishi.
Mavzu mazmuni:
Moddalarning nurlanish chiqarishi, uni tashkil qilgan atom, yadro molekulalar ichidagi jarayonlar xisobiga boladi. Uygongan xolatga otgan atomlar, …, asosiy xolatga otganda nurlanish chiqaradi. Chiqarilgan nurlanish energiyasi asosiy va uygongan xolatlar energiyalarining farqiga teng E2 – E1=E=h (1)
Uygongan xolatdan asosiy xolatga atom xech qanaqangi tashqi tasirlarsiz otsa, bunday otishga spontan otish, nurlanishga spontan nurlanish deyiladi. Spontan nurlanishga ketgan ketgan vaqt 10-8s atrofida boladi. Spontan nurlanishda nurlangan foton ixtiyoriy tomonga yonaladi.
Eynshteyn 1920 yilda yoruglikni majburiy kuchaytirish mumkinligining nazariyasini yaratdi. Ushbu nazariyaga kora uygongan xolatga otgan atomga, asosiy va uygongan xolatlar energiyalari farqiga teng foton bilan tasir qilinsa atom asosiy xolatga majbyriy otadi. Majburiy nurlanishda tashqi tasir tashqi tasir etuvchi foton va nurlangan foton kogerent oladi va bir tomonga yonaladi. Bu esa kuchaygan yoruglikdir.
Yoruglikni majburiy kuchaytirishning toliq nazariyasini 1939 yilda Fabrikant yaratdi. Yoruglikni kuchaytiruvchi qurilmalar 1964 yilda yaratildi. Ingliz tilidagi adabiyitlarda bu qurilmalar LAZER, rus tilidagi adabiyotlarda lazerlar yoki OKG (optic kvant generatorlari) deb yuritiladi. Lazer nurlanishlari xosil qilinishida ishchi modda ornida metastabil energetic xolatga ega atom yoki molekulalardan foydalaniladi. Metastsbil xolat nisbatan turgun xolat bolib, ushbu xolatdagi atom yoki molekulalarning ortacha yasash vaqti 10-3s atrofida boladi. Uygongan xolatga otgan atom yoki molekula nurlanish chiqarib yoki chiqarmay metastsbil xolatga otadi. Metastabil xolatga ega atom yoki molekulalar gazlarda, suyuqliklarda, qattiq jismlarda mavjud. Shuning uchun lazerlarni qattiq jismlardan, gazlardan, suyuqliklardan yasash mumkin. Lazer jarayoni boshlanishi uchun metastabil xolatdagi atomlar soni asosiy xolatdagi atomlar sonidan kop bolishi kerak. Bunga erishish uchun yordamchi moddalardan foydalaniladi.
Geliy neon lazer qurilmasida neon ishchi, geliy yordamchi modda boladi. Ularning solishtirma miqdori 1:10. Gazlar aralashmasi diametri kichik bolgan shisha ballonga kichik bosimda solinadi. Atomlarni uygongan xolatga otkazish uchun shisha ballonga qoyilgan elektrodlar yordamida potentsiallar farqi xosil qilinadi. Gaz razryad yuzaga keladi. Geliyning uygongan atomlari neon atomlari bilan toqnashishi va spontan nurlanshida chiqargan nurlanishlarining neon atomlari tomonidan yutilishi natijasida lazer jarayonlari sharti bajariladi, xamda lazer jarayoni boshlanadi. Lazer nurlanishlarini kerakli yonalishda kuchaytirish uchun trubka tashqarisiga kozgular (resonator) qoyiladi.
Tibbiyotda lazerlar, xirurgiya, oftalmologiya, stomatologiya,.., soxalarida qollaniladi. Mashgulot maqsadi:
Talabalarga yoruglikni majburiy kuchaytirishning fizik asoslari, geliy neon lazer qurilmasining ishlash printsipi va lazerlarning tibbiyotda qollanilish sohalarini tushuntirib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |