2. DNK va RNK ga oid.
1. DNK molekulasining qo’shaloq spiralida timinli nukleotidga komplementar bo’lgan nukleotidni aniqlang. A) sitozin B)guanin C) timin D)urasil E) adenin
2. DNK molekulasining geterosiklik asosini tashkil etuvchi birikmalar qatorini aniqlang
A) adenin, guanin, urasil, timin B) guanin, sigozin, urasil, timin
C) adenin, timin, sitozin, urasil D) adenin, guanin, sitozin, timin
E) guanin, sitozin, timin, urasil
3. DNK molekulasining qo’shaloq spiralida sitozinli nukleotidga komplementar bo’lgan nukleotidni aniqlang.
A) timinli nukleotid B) sitozinli nukleotid C) adeninli nukleotid
D) guaninli nukleotid E) uratsilli nukleotid
4. DNK molekulasidagi nukleotid zvenolar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
A) uglevod qoldig’i bilan B) azotli asos qoldig’i bilan
C) fosfat kislota qoldig’i bilan D) uglevod va azotli asos qoldiqlari bilan
E) uglevod va fosfat kislota qoldiqlari bilan
5. DNK molekulasining qo’shaloq spiralida uratsilga komplementar bo’lgan nukleotidni aniqlang?
A) adeninli B)guaninli C) timinli D) sitozinli E) komplementar nukleotid yo’q
6. DNK molekulasining qo’shaloq spiralida Adenin(A) – Sitozin (S) -Timin(T) - Timin(T) -Sitozin(S)-Guanin(G)-Adenin(A)-Timin(T) ga komplementar bo’lgan nukleotidlarni aniqlang.
A) T-A-G-S-T-T-S-A B) G-T-S-S-T-A-G-S C) T-G-A-A-G-S-T-A
D) G-A-S-S-A-T-G-S E) T-G-S-S-G-A-T-S
7. DNK molekulasining qo’shaloq spiralida guaninli nukleotidga komplementar bo’lgan nukleotidni aniqlang.
A) timinli B) guaninli C) uratsilli D) sitozinli E) adeninli
8. DNK molekulasining qo’shaloq spirali qanday bog xisobiga vujudga keladi?
A) qo’sh bog B) peptid bog C) σ-bog D) vodorod bog E) π-bog
9. DNKning A-G-S-T-A-A-T-S-G-T-A-S zanjiriga mos keladigan komplementar zanjirni toping.
A) S-A-T-G-S-S-A-S-A-T-T-G B) G-T-G-G-U-U-G-G-G-A-G-S
C)U-S-A-G-A-A-T-G-A-G-T-S D)A-G-S-T-A-A-T-S-G-T-A-S
E) T-S-G-A-T-T-A-G-S-A-T-G
10. DNK molekulasining qo’shaloq spiralini vujudga keltiruvchi vodorod bog’lanish azotli asosini tashkil etuvchi qaysi geterosiklik birikmalar orasida vujudga keladi?
A) timin- sitozin B) adenin-guanin va timin-adenin C) satozin-guanin
D) timin-adenin E) timin-adenin va sitozin-guanin
11. DNK va RNK molekulalari tarkibi jixatidai bir-biridan nima bilan farq qiladi?
A) uglevod qoldig’i bilan B) fosfat kislota qoldig’i bilan
C) azotli asos qoldiqlari bilan D) uglevod va azotli asos qoldiqlari bilan
E) fosfat kislota va azotli asos qoldiqlari bilan
12. RNK molekulasidagi nukleotid zvenolar bir-biridan nima bilan farq qiladi?
A) uglerod qoldig’i bilan B) fosfat kislota qoldig’i bilan
C) azotli asos qoldig’i bilan D) uglerod va azotli asos qoldiqlari bilan
E) azotli asos va fosfat kislota qoldiqlari bilan
13. DNK gidrolizida qaysi modda hosil bo'lmaydi? A) uratsil B) fosfat kislota C) timin D) dezoksiriboza
Do'stlaringiz bilan baham: |