O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MENEJMENT VA MARKETING”
FANIDAN
MAVZU: MENEJMENTNI TASHKIL QILISHNING ITALIYA TAJRIBASI
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi
J. O’ralov
Qabul qildi:
A. Nizomiddinov
Jizzax 2021
MUSTAQIL ISH
Italiya iqtisodiyoti
Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida,
Sitsiliya,
Sardiniya va kichik orollar qo‘ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. km. Aholi
soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. Poytaxti –
Rim. Asosiy dini katolik.
Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident. Qonun chiqaruvchi
hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir.
Italiya NATO bloki a’zosi. U G‘arbiy Yevropa integratsiyasining faol a’zosi.
Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim
imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi
ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM
qariyb 20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati
mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi.
Har xil
ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: sanoat va
qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo‘jaligi -4%.
Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida qariyib 18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha
fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam
ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda
asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, simob, boksid va
marmar qazib olinadi.
Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni
aksariyat mulkning yirik
monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-
«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil
etadi.
Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar
Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza»,
«Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi
kapital muammolarini nazorat qiladi.
Sanoat
Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha.
U mamlakat yalpi
ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat ishchilarining teng
yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining muhim ko‘rinishi
sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta miqdorda ishlab
chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks etadi. Hozirda neft,
neftkimyo, kimyo,
metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil,
mashinasozlikning