"Yoz yomg‘iri"



Download 40,02 Kb.
Sana15.07.2022
Hajmi40,02 Kb.
#802570
Bog'liq
zuhriddin mahmatqulov


O‘lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” asarida nechanchi yil voqealari aks etgan? Qissadagi voqealar tasviri va ishoralar orqali 197... 22 avgust sanasini asoslang, aniq sanani keltirib chiqaring.O‘z mulohazalaringizni akademik yozuv qoidalari asosida huquqiy esse shaklida ifodalang (hajmi 700-1000 so‘z).
“Yoz yomg‘iri”
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻlmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim”, “Urush farzandi” singari asarlarida maʼnaviy azoblardan yurak-bagʻri alamga toʻlib ketgan insonlar obrazi tasvirlanadi. Bunday xarakterlar insonni chuqur, nozik anglamoqni taqozo etadi. Odamni bilmoq olamni anglamoqdir. Shu maʼnoda Oʻlmas Umarbekov turli badiiy vositalardan mohirona foydalana oladigan katta ijodkor edi.
Adib mohir qissanavis sifatida ham kitobxonlar orasida keng tanilgan. Uning oʻndan ortiq qissalari zamonaviy, tarixiy, ishqiy-sarguzasht va harbiy mavzularda yozilgan. “Kimning tashvishi yoʻq”, “Urush farzandi”, “Sevgim, sevgilim”, “Yoz yomgʻiri”, “Choʻli iroq” kabi qissalari shakl va mazmuniga koʻra eʼtiborlidir. Xususan, uning “Sevgim, sevgilim” qissasi oʻtgan asr oltmishinchi yillar adabiy tanqidchiligida juda koʻp bahslarga sabab boʻlgan. Buning boisi, qissada tasvirlangan voqea va taqdirlarning fojiaviyligida edi. Bu davrgacha yozilgan zamonaviy qissa, hatto romanlarda voqea va xarakterlar tasviri, ularning yechimi oʻzgacha kechgan. Yaʼni, asarda tasvirlangan voqea va qahramonlar taqdiri har qancha fojiaviy holatda boʻlmasin, oxir oqibatda, katta magʻlubiyatlar, qiyinchiliklardan soʻng “baxtli” kelajak “inʼom” etilardi. “Sevgim, sevgilim”da esa ana shu “qoida” buzilib, oʻzgacha tasvir usuli qoʻllandi.
“Sevgim, sevgilim” qissasi muhabbat mavzuida bitilgan eng yaxshi asarlar jumlasiga kiradi. Muhabbat, shafqat, mehribonlik, saxovat, eʼtiqod, din, odob-ahloq, izzat-ikrom, tavoze, muruvvat, jasorat, gʻayrat-shijoat, bagʻrikenglik, xilm va nafsni oʻldirish – hammasi odam bolasining ziynati, koʻngil bezagi, boyligi. Aytish mumkinki, sanalgan xislat-fazilatlarning barchasi oʻz ziddiga ega. Masalan, qaydaki muhabbat bor ekan, oʻsha joyda nafrat ham mavjud. Qolaversa, biz koʻpincha muhabbat deb oʻylaydigan tuygʻu oniy, oʻtkinchi, nafsoniy-hirsiy boʻlishi mumkin. Chin muhabbatsiz tiriklikni tasavvur etish qiyin. Muhabbat boʻlmasa, insonga mol-dunyo, obroʻ-eʼtibor tatimaydi. Yosh oʻtib muhabbat oʻladi, oʻrniga izzat-ikrom keladi, deyishadi. Shunday boʻlishi mumkinmi? Muhabbat oʻrnini izzat-ikrom bosa oladimi? Yoʻq! Muhabbat zamirida maʼnaviyat turgandagina, u oʻlmasdir. Eʼtiqod zamirida maʼnaviyat turgandagina, u olijanobdir. Saxovat, mehr-shafqat zamirida maʼnaviyat turgandagina, ular odamiylikning ulugʻvor fazilatlariga aylanadi. Muhabbat insonning eng qudratli ruhoniy, jismoniy dunyolarini har tomonlama qamrab, chulgʻab olguchi, oʻziga boʻysundiruvchi hissiyot.
Oʻlmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim” qissasi bosh qahramoni Oʻktam endigina institutni bitirib, yosh agronom sifatida uzoq qishloqlardan biriga ishga yuborilgan. U yerda oʻsha jamoa raisi Usmon akaning qizi Oypopuk bilan tanishib, chin ishq-muhabbat izhoridan mast boʻlishadi. Qissa quyidagi samimiy, haroratli satrlar bilan boshlanadi:
“Yoshlik endigina qanot chiqargan uchirma qushga oʻxshaydi. Hech narsadan tap tortmaydi, hech narsadan choʻchimaydi. Butun borliq unga yangicha, sirli boʻlib tuyuladi. Hamma narsani koʻrgisi, bilgisi, hamma narsada oʻzidan qandaydir iz qoldirgisi keladi. Lekin bu izning qanday boʻlishini, unga sevinch baxsh etadimi, yo gʻam keltiradimi, toʻgʻrirogʻi, bilishni istamaydi. Agar shu istak unda hamma narsadan kuchli boʻlganda edi, oʻzini bunchalik tutmasmidi?! Kim biladi, balki men xato qilayotgandirman. Rostini aytganda, buning hozir mendan boshqa hech kimga ahamiyati yoʻq. Biroq men oʻzimni uchirma qushdek his qilib, oʻsha paytlar notanish joylarga ketib qolganimdan sira afsuslanmayman.”
Oypopukning otasi Usmon aka urush qatnashchisi. Shu yolgʻiz qizini deb uylanmagan. Usmon aka boshliq xoʻjalik esa uning saʼy-harakati va tashkilotchiligi tufayli boy-badavlat jamoalar qatoriga koʻtarilgan. Shunday baxtiyor va farovon onlarda baxtsiz tasodif roʻy beradi. Usmon aka bilan doʻsti Qosim aka hibsga olinadi, sababini hech kim bilmaydi. Shunda Oʻktam ozgina ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyadi, bu ehtiyotsizlik unga juda qimmatga tushadi.
Birgina ehtiyotsizlik bilan aytilgan gap ikki sevishganlarnigina emas, butun ikki oilani baxtsizlikka boshlaydi. Oypopukning taqdiri fojiaviy tus olgach, hamma narsa barbod boʻladi, orzu-armonlar puchga chiqadi. Oʻktam qancha afsus-nadomatlar chekmasin, hayotini avvalgi holatga qaytara olmaydi.
Oddiy hayot sinovidan oʻtolmaslik oqibatida har ikki yosh oʻrtasidagi ishonch yoʻqoladi va fojia yuz beradi. Shunda Oʻktam: “Inson ishonch bilan tirik. Unga ishonish kerak. Agar insonga ishonmasa, falokat yuz beradi, afsuski, men buni keyin tushundim. Mendaqalar esa ozmi? Men ularga achinaman. Insonga ishonaman, ular nima foyda koʻrishadi? Nima orttirishadi. Faqat gʻam va iztirob. Men-chi? Men gʻam va iztirobdan tashqari yolgʻizlik orttirdim. Gʻamim bir umrga yetadi, yolgʻizligim esa men bilan doim esh”, deydi. Bu xulosa, bu saboq faqat asar qahramonining sevgi va unga sadoqati haqidagi iztiroblari emas, balki yozuvchi olgʻa surgan gʻoyaning qahramon ruhiy tugʻyoni orqali ifodalanishi ham edi. Ayni chogʻda shaxsga sigʻinish davri fojialarining oddiy qishloq ahliga keltirgan kulfati umumlashmasi deyish ham mumkin. Qissada yozuvchi odatdagidek tasvir yoʻnalishidan chiqib, fojiaviy taqdirlar tasviri orqali sevgi, imon, sadoqat, burch, masʼuliyat, odamiylik kabi noyob tuygʻularni har qanday holatda omon saqlab qolish, parvarishlashga daʼvat etadi. Bu hayot haqiqatiga mos edi.
Oʻlmas Umarbekov bir qator ajoyib qissalarida janrning yangi qirralarini kashf etadi. Bunga “Yoz yomgʻiri” qissasini misol qilib keltirish mumkin. Oʻzbek adabiyotida bu vaqtda detektiv janr deyarli shakllanmagan edi. Oʻlmas Umarbekovning “Yoz yomgʻiri” qissasi syujet toʻqimasining murakkabligi, favqulodda voqealarning keskinligi, sarguzasht xarakteri bilan eʼtiborni oʻziga tortadi. Qissa qizgʻin bahslarga sabab boʻldi.
“Yoz yomgʻiri” qissasidagi voqealar tramvay haydovchisi bilan bir yoʻlovchining butalar orasida oyogʻi koʻrinib yotgan oʻlikni tasodifan koʻrib qolishidan boshlanadi. Ana shu sirli jinoyat sabablarini ochish, fojia manbalarini oʻrganish va uni kitobxon muhokamasi vositasida umumiylashtirish qissadan hissa chiqarishga yetaklaydi. Ham asar janrini, ham unda yozuvchi tomonidan ilgari surilgan maʼnaviy-axloqiy muammolar yechimini topishga chorlaydi. Qiziqarli syujet va detallar asosida voqealar rivojini ochib beradi.
Asarda jinoyat ishini ochish jarayonidagi izlanishlar, militsiya xodimlari va izquvarlar olib borgan mashaqqatli qidiruvlar juda ishonarli va qiziqarli qilib tasvirlangan. Asar soʻngida jinoyatchilarning asl basharalari oʻta mohirlik bilan ochib beriladi.
Qissa qahramonlarining ruhiyati, ularning ichki kechinmalari yozuvchi niyatini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Munisxonning eri Rahim Saidovning oʻzi ham dastlab xotinidan shubhalanadi: “Rahim Saidov qoʻliga oʻz avtoruchkasini oldi. Nimadan boshlash kerak? U oʻylanib qoldi. U hech mahal bunday noqulay ahvolga tushib qolishin xayoliga keltirmagan edi. Falokat, motam, aldanish… Nahotki Munisxon, sevikli xotini uni yosh boladek oʻynatib kelgan. Oʻzining undan boʻlak, faqat oʻzi biladigan oʻzga hayoti boʻlgan? Nahotki, uning hamma kulib boqishlari, ishdan kelganda yugurib borib quchogʻiga otilishlari, hamma iliq faqat sevimli odamga aytadigan gaplari boʻhton, koʻzboʻyamachilik boʻlsa!?
Rahim Saidovning xoʻrligi kelib ketdi, oldidagi oppoq qogʻozga “taq” etib yosh tomchiladi”.[2]
Bu satrlar qahramon ruhiyatini ochib beruvchi chizgilardir. Darhaqiqat, asar qahramonlaridan biri Rahim Saidov oʻta mushkul ahvolda qolgan. Uning sevimli yostiqdoshi, suyangan togʻi, nahot oʻzga bilan boʻlgan? Odamga, ayniqsa, erkak kishiga bundan ogʻir kulfat yoʻq, uning or-nomusi bir pul endi. Ayolining xiyonati erkak uchun oʻlim bilan teng. Bunday yashagandan koʻra oʻlgani ming marta yaxshi. Qissada mana shunday inson ruhiyati bilan bogʻliq tasvirlar lavhalar, ogʻriqli holatni ochib berishlar nihoyatda taʼsirchan chiqqan. Bu parchalarni kitobxon beeʼtibor va loqayd oʻqiy olmaydi. Adib, hatto Rahim ich-ichidan kuyib-yonayotganligini uning oppoq qogʻozga “taq” etib koʻzyoshi tomganini shunday jonli tasvirlaganki, buni oʻqigan kitobxon larzaga tushadi. Axir, erkak kishining yigʻlashi oson emas.
Mana Rahim Saidov ruhiyatida kechgan boʻronlar tasvirlangan yana bir lavha: “U nima deyishini bilmadi. Militsiya idorasidan chiqqandan beri u xotiniga achinmasdi ham, undan nafratlanmasdi ham. Lekin koʻz oldidan kapitan koʻrsatgan buyumlar ketmasdi, qulogʻi ostida uning gaplari jaranglardi.
“Xotiningizni hamma tanishlarini bilarmidingiz? Hech kimdan gumoningiz yoʻqmi? Nahotki, hech narsa sezmagansiz?..
Qanday uyat! Qanday dahshat!.. Hech kimga aytib ham boʻlmaydi buni! Balki bular hammasi taxmindir? Militsiya masalani har tomonlama tekshiradi. Yaxshimi, yomonmi ajratib oʻtirmaydi. Ular hamma narsani taxmin qilishga, hammadan gumon qilishga majbur. Bu ham shunday boʻlsa-chi? Kapitanning savollaridan uning oʻzidan ham gumon qilishayotgani maʼlum boʻlib qoldiku? Rahim Saidov oʻz xotinining qotili. Tavba, aql bovar qilmaydi. Shunday ekan, Munisni ham har narsada gumon qilishlari mumkin. Lekin taqinchoqlar kimniki?
Munisni koʻmib kelishgan kuni hamma tanish-bilishlar anchagacha oʻtirishdi. Hech kim hech narsa soʻragani yoʻq. Uyalishdimikin? Shunday qimmatbaho narsalarni soʻrashga kim uyalardi?”
Rahim Saidov oʻzi soʻrab-surishtirishlarni boshlaydi. Atelyedagi va sartaroshxonadagi tanishlaridan Munis haqida maʼlumot yigʻishga kirishadi. Rahim Saidovning bu harakatlari oila obroʻsi, erkaklik shaʼni uchun kurashning, oʻzi sevgan ayolning or-nomusi uchun kurashning bir koʻrinishi edi.
“Kapitan qancha oʻylanmasin, bu savolga javob topolmadi. Uning taxminlari koʻp edi. Birinchi taxmin – muhabbat. Olloyorov Saidovani yaxshi koʻrib qoladi. Uni qoʻlga olishga harakat qiladi. Saidova koʻnmaydi, eri bor. Buni Olloyorov ham biladi. Nima qilish kerak? Saidovaning molga oʻchligini payqagan Olloyorov qimmatbaho sovgʻalar qila boshlaydi. Aftidan, Saidova shunga koʻnikadi, keyinchalik esa oʻrganib qoladi. Nega eridan ajramaydi? Shunday qilish oson edi. Er-xotinni bogʻlaydigan bolalar yoʻq oʻrtada. Buning ustiga Olloyorov yolgʻiz. Balki unga uylanishni Olloyorov istamagandir? Shunday yashash unga qulay tuyulgandir?
Kapitan oldidagi qogʻozga nimanidir yozmoqchi boʻladi, lekin uning boʻsh yeri qolmagan edi. Tortmasidan yangi qogʻoz olib, bitta belgi qoʻydi. Diqqat bilan qaraganda bu belgi oʻq-yoy teshib oʻtgan yurakni eslatardi.
Ikkinchi taxmin – Saidovaning oʻzi. Ollyorov bilan ishqiy aloqada boʻlmagan. Saidova undan qarzga mol ola boshlagan. Nihoyat, qarz koʻpayib ketgan. Olloyorov unga ishonmay qoʻygan. Fojia shunda yuz bergan. Kapitan yana bir belgi qoʻydi. Birozdan soʻng unga savol qoʻydi.
Kapitanni chuqur oʻylantirib qoʻygan uchinchi bir taxmin ham bor edi. Ular ishqiy munosabatda boʻlishlari ham mumkin. Olloyorov oʻzi shu narsalarni sovgʻa qilgan. Saidova olgan. Lekin evaziga nima bergan? Oʻzinimi? Nahotki, u shunchalik qimmat tursa? Olloyorovning atrofida chiroyli ayollar koʻp boʻlgan, hozir ham koʻp. Nega u Saidovani tanlaydi? Pulga oʻch odam bekordan-bekorga serxarajat boʻlmaydi.
Kapitan qogʻozga “sh” harfidek uchinchi belgi qoʻydi-da, uni doiraga oldi…”.
Muallif shu tariqa asar qahramonlarining ichki dunyosi, ruhiy kechinmalari, oʻylari orqali voqealar rivoji qanday kechayotganligi haqida fikr yuritadi.
Qissaning “Yoz yomgʻiri” deb nomlanishida ham katta ramziy maʼno bor. Zero, yozda yoqqan yomgʻir bexosiyat, zararli boʻladi. Ekin-tikin, bogʻ-rogʻlarga shira tushadi, katta maʼnaviy-iqtisodiy zarar keltiradi. Asarda esa jamiyatda yuz berib turadigan va boylik, zebu ziynatga intilish orqali turli fojialarga mubtalo boʻladigan shaxslar-taqdirlar kechmishi kitobxon uchun saboq tariqasida koʻndalang qoʻyiladi.
Umuman olganda, Oʻlmas Umarbekov asarlarida tasvirlangan har bir qahramon oʻzgacha bir olam. Farzandi uchun jonini fido qilishga tayyor ona, ilk sevgi mojarolarini boshdan kechirayotgan oshiq, oʻqituvchi, savdogar va yana boshqa kim boʻlishidan qatʼi nazar, ular ongu shuurida, yurish-turishida Oʻlmas Umarbekov qalami bilan chizilgan boshqacha bir ruh manaman deb koʻzga tashlanib turadi. Bular adibning qahramonlar ruhiyatini chuqur anglab, ularning siymosini toʻlaqonli aks ettira olganligini koʻrsatuvchi jonli manzaralar, inson suvratlaridir.
“Yoz yomg’iri” asarini o’qish davomida menda Munisxon Saidovaning o’limida Anatatoliy Nazarovichni aybdor degan fikr tug’ildi. Chunki, Olloyorov tergovga chaqirilgan vaqtda ham va boshqa paytlarda ham tergovchilarni juda ko’p marotaba aldashga urindi. Rostini aytmadi. Lekin, yolg’onlari tez fursatda fosh bo’ldi,uzoqqa bormadi.Yolg’onning umri kalta deganlari shu bo’lsa kerak. Olloyorov tergov davomida o’zini boshqacha tutardi. Tergovchiga xushomad qilardi va hokazo.

Yuqorida qotillikning sabablari nima degan savol o’rtaga tashlangan ekan. Bu savolga javobni turlicha berish mumkin. Mening fikrimcha turli sabablar bor.Munisxon Saidova zamonaviy ayol edi.U oilaning yolg’iz, erka farzandi edi.Onasi uni hech kimga ishonmasdi. Qizining har qanday qilig’ini tog’ri qabul qilardi. Hech qachon qizini nohaq deb bilmasdi. Munisxonning otasi esa qizining xatolarini joyida aytar edi. Lekin rafiqasi har doim qizini yonini olar edi. Erining tog’ri fikrlarini ham noto’ri deb aytar edi. Munisxon kiyim-kechak, taqinchoq va boshqa buyumlarga qiziqar edi. Ko’cha-ko’yda bironta bir moda kiyim yoki o’zida yo’q taqinchoqni ko’rib qolsa, uni olmasdan qo’ymasdi. Uyiga kelganda Rahim Saidovdan shikoyat qilar edi. Menga hech narsa olib bermaysiz, qiziqishlaringiz yo’q deb javrar edi. Arzimagan narsadan janjal chiqarar edi. Bu asarni o’qish davomida Munisxon obrazini yomon ko’rib qoldim. Chunki u to’qlikka-sho’xlik qilgan edi. Har doim yangi janjal chiqarar edi. O’zining eri bo’la turib boshqa bilan ishqiy munosabtda bo’lgan. Bu mening nazdimda nafaqat mening nazdimda balki har bir erkak nazdida kechirib bo’lmaydigan gunohdir.


Sirli qotillikning sabablaridan biri Munisxonning ixtironi Olloyorovga bermaganligi va Munisxonning Olloyorovni militsiyaga aytib berish bilan tahdid qilishidir. Olloyorov Rahim Saidovning ixtirosini xotini orqali egallamoqchi bo’ladi. Lekin Munis bunga ko’nmaydi. Militsiyaga aytib beraman deb tahdid qiladi. Buning oqibatidan qo’rqqan Olloyorov bira to’la ishni yopish maqsadida Munisxonni o’ldirib qo’yadi. Olloyorovning nazdida Munisxonni o’ldirish orqali barcha muammolar yechim topadigandek. Lekin jinoyat hech qachon muammolarga yechim bo’la olmaydi. Balki, undanda katta yangi muammoni keltirib chiqaradi.
Asarni o’qish davomida, endi asarni o’qib boshlagan paytimda menda Rahim Saidov qotil degan fikr tug’ilgan edi. Chunki Munisxon o’lgan kuni er-xotin urushib qolishgan edi. Jahl ustida o’ldirib qo’ygan deb ham o’ylagan edim. Chunki insonning jahli chiqqan paytida aqli ketadi, inson beixtiyor yomon ishlar qilib qo’yishi hech gap emas. Asarni o’qish davomida esa bu fikrimdan qaytdim. Chunki Rahim Saidov o’qimishli, aqlli, yaxshi inson edi. Rahim Saidov hech qachon Munisxon bilan o’rtasidagi urushni boshlashda asosiy rol o’ynamagan edi. Ya„ni har bir janjalning sababchisi Munisxon edi. Janjal chiqarishga yetarli sabab bo’lmasa ham janjal chiqarar edi. Albatta, bu sabablar Rahim Saidovni qotil emasligini isbotlashda yetarli emas. Ammo, Rahim Saidov sodda, hech qachon vaziyatga bunaqa keskin tus bermasdi. Ya‟ni Munisxonni o’ldirishgacha bormasdi demoqchiman. U janjal chiqqan paytlari nari borsa ajrashish fikri tug’ilardi unda. Hattoki tergovchi Aliyev ham qotil Rahim Saidov emasligini sezardi va qotil u bo’lib chiqmasligini xohlardi ich-ichidan.
Chunki Munisxon o’lgandan keyin Rahim Saidov ezilgan, ko’p kuyingan edi. Bu uning yuzidan shundoqqina sezilib turar edi.
Sirli qotillik sabablarini topish uchun masalaga turli tomondan yondashish talab etiladi. Chunki biz xayolimizga keltirmagan jihatlar ham qotillika aloqasi bo’lishi mumkin. Mening fikrimcha Munisxonning kiyim-kechak, taqinchoqlarga o’chligi ham qotillikning sabablaridan biri. Chunki Munisxonning kiyim-kechaklarga o’chligi Anatoliy Nazarovich bilan tanishishiga sabab bo’ladi. Anatoliy Nazarovich Munisxonning shu jihatidan foydalanib u bilan tanishib oladi va u bilan boshqa munosabatlarga kirishadi. Oxiri Olloyorov Munisxonni o’ldiradi.
Asarda Xafiz ismli Rahim Saidovning do’sti ham edi. Munisxonning o’limida undan ham shubhalanishimiz mumkin. Chunki Rahim Saidov ustida ishlayotgan ixtironi to’la-to’kis o’zlashtirib olish uchun bu ishga qo’l urgan bo’lishi ham mumkin. Va yana Munisxon juda chiroyli, kelishgan ayol edi. Xafiz Munisxonni zo’rlamoqchi bo’lganda Munisxon uni rad etganda jahl ustida Munisxonni o’ldirib qo’ygan bo’lishi ham mumkin degan taxminga ham borishimiz mumkin. Ammo Xafiz Rahim Saidovning bolalikdagi do’sti. Ular yoshlikdan birga katta bo’lishgan. Maktabda, Universitetda birga ta„lim olishgan qadrdon do’stlar. Bir umrlik do’stining xotiniga ko’z olaytira olmaydi. Chunki do’stligi u uchun undan ko’ra ustunroq. Ixtirodan ko’ra ham do’stini afzal biladi. Chunki Munisxon o’lganda Xafiz do’stiga suyanchiq bo’ladi. Rahim Saidovni ko’nglini ko’tarishga harakat qiladi. Ixtiroga ham Rahim Saidovning familiyasining bosh harfini tushirmoqchi bo’lishadi.
Uzoqdan qotillikning sabablarini taxmin qiladigan bo’lsak, Rahim Saidovning beparvoligini ham qo’shishimiz mumkin. Chunki Rahim Saidov xotinidan hech shubhalanmadi. Xotini unga xiyonat qilishini xayoliga ham keltirmadi. Rahim Saidov uyida yo’q paytlarda Munisxonning nima qilishi bilan qiziqmadi. Ba„zi paytlarda Rahim Saidov bir haftalab komandirovkaga ketardi. Munisxon esa uyda yolg’iz qolar edi. Shu tariqa Munisxon boshqa erkaklar maishat qiladigan bo’ldi. Ya„ni Anatoliy Nazarovichni nazarda tutmoqdaman. Voqeaning oxirida Anatoliy Nazarovich qotilligi
isbotlanadi. Anatoliy Nazarovich uyida so’roq qilinayotganda ko’r onasi daraxtning tagidan pichoqni kovlab oladi. Bu pichoq bilan Olloyorov Munisxonni o’ldirgan edi. Qotilligining sababini esa Rahim Saidovning ixtirosini Munisxonning unga bermaganligi hamda Munisxonning militsiyaga aytib bermoqchi ekanlgini sabab qilib ko’rsatadi. Albatta bu bir bahona. O’zini oqlash uchun aytyapti. Oqibatda yosh oila parokanda bo’ldi. Ularning hayoti “yoz yomg’iri” dek tez o’tib ketdi. Farzand ko’rishga ham ulgura olishmadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’lmas Umarbekov “Yoz yomg’iri” qissasi
2. www.ziyo.net
Download 40,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish