Ii bob. O’zbekiston xalq rassomi rahim ahmedov hayoti va ijodi II rahim Ahmedovning hayotiy biografiyasi



Download 91,5 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi91,5 Kb.
#788344
  1   2   3
Bog'liq
Р.Ахмедов ijodi


II BOB. O’ZBEKISTON XALQ RASSOMI RAHIM AHMEDOV HAYOTI VA IJODI
II.1. Rahim Ahmedovning hayotiy biografiyasi

O’zbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov 1921 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1937—1941 yillarda P. Benkov nomidagi Respublika badiiy o’quv yurtida, 1947—1953 yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik institutida o’qidi.


Taniqli musavvirlar Iskandar Ikromov, O’rol Tansiqboevlardan keyingi avlod vakili bo’lgan Rahim Ahmedov o’zbek tasviriy san’atiga 50-yillarning boshlarida kirib keldi. Ilk asarlarini institutda o’qib yurgan kezlaridayoq yaratdi. O’z ijodini portret janrida boshlagan rassom asarlarida oddiy dehqonlar, cho’ponlar, qishloq ayollari va atoqli san’at arboblarining qiyofalarini tasvirladi.
«Cho’pon yigit», «Xalq bastakori — qo’shnaychi Ahmadjon Umrzoqov», «Surxondaryolik qiz» va boshqa asarlar rassom ijodining dastlabki namunalaridir. Bu tasvirlarda xalq hayoti va turmushining oniy lavhasi, ko’rinishi o’z ifodasini topgan. Rassomning 50-yillarda chizgan «Ona o’ylari» asari chuqur psixologik ifodaliligi bilan tomoshabin diqqatini o’ziga jalb etadi.
Bu portretda ifodalangan onaning ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari ishonarli ifodalangan. Rаhim Ahmedovning 60—80-yillarda yaratgan asarlarining ham ko’pchiligini portretlar tashkil etadiki, bular «Zveno boshlig’i», «Bahor ayyomida», «Furqat portreti», «Ayol portreti», «Bahor», «Rassom B. Boboev portreti», «Rassom Salimjonova portreti» kabi asarlardir. Shuningdek, «Birinchi maosh», «Tushki dam olish», «Tong, Onalik», «Qo’shiq» asarlarini ham shu yillarda yaratdiki, ularda xalqimizning hayoti, turmush tarzi, bepoyon mamlakatimizning go’zal tabiat manzaralari nihoyatda nafis, latofatli, yorqin bo’yoqlarda did bilan tasvirlangan.
Ayniqsa, rassomni elga tanitgan, unga shuhrat keltirgan «Tong, Onalik» asarida yosh onaning pok qalbi, go’zal qiyofasi, baxtiyor onalik kayfiyati rangin bo’yoqlarda chizilganki, bu asarni tomosha qilgan kishida asarga nisbatan iliq taassurot uyg’otadi.
Musavvir ijodida manzara asarlari ham alohida o’rin tutadi. Uncha katta bo’lmagan, ixchamgina manzara suratlarida tabiat o’z go’zalligini ko’z-ko’z qiladi. Bu o’rinda uning tog’ manzaralariga bag’ishlangan qator asarlarini, xususan, birgina «Qish» manzarasini eslashning o’zi kifoya.
Rahim Ahmedov asarlari 1948 yildan boshlab xalqaro ko’rgazmalarda ko’rsatila boshlandi. Asarlari Moskvadagi Tretyakov galeriyasi, O’zbekiston Davlat san’at muzeyi ko’rgazma va panoramalar direktsiyasida saqlanmoqda. Rassom uzoq yillar ijodiy ishni davlat va jamoat ishlari bilan baqamti olib borib, mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga ham o’z hissasini qo’shdi. 1965—1994 yillarda O’zbekiston Rassomlar uyushmasining raisi vazifasida ishlab, Respublikada tasviriy san’atning rivoj topishida hormay-tolmay izlanish olib borayotgan musavvirlarga bosh-qosh bo’ldi.
U ko’p yillardan buyon San’at institutida professor -o’qituvchi vazifasida faoliyat ko’rsatib, yosh musavvirlar tayyorlashga o’zining munosib hissasini qo’shmoqda. Rahim Ahmedovning o’zbek tasviriy san’ati ravnaqidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1961 yilda unga «O’zbekiston xalq rassomi» unvoni berildi. Mustaqillik yillarida esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Download 91,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish