Mavzu:Abdulla Oripov she’riyatida sevgi-muhabbat mavzulari. I.Kirish. Abdulla Oripov ijodida mavzular hayotning o’zi qadar rang-barang . Ayniqsa , uning har bir satridagi xalqona hikmat va falsafa , betakror tashbeh va topilmalar bu she’riyatni yuksaklikka ko’taradi . Abdulla Oripovning asarlarida shoirona mushohadaning qamrovi keng : ezgulik va yovuzlik , shafqat va mehrsizlik , inson va tabiat , urush va tinchlik , ajdodlar va avlodlar , boshqa juda ko’p hayotiy , dolzarb masalalar uning ijodida yetakchi mavzulardir.Taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul otashin shoirning g’oyat serqirra ijodkor ekanini ta’kidlab :”Uning she’riyatida Oybekka xos poetik tashbeh , Cho’lponga xos hissiyot , Hamid Olimjonga xos jo’shqinlik , G’afur G’ulomga xos donishmandlik uyg’unlashib , 60-yillarda o’zbek she’riyatini odam qalbi bilan barobarlashgan pog’onaga ko’tarib qo’ydi “. Abdulla Oripov o’zi esa shoirlik kerdosini soddagina qilib , lekin qat’iy tarzda bunday bayon qilgan edi.
Men – shoirman , Istasangiz shu , O’zimniki erur shu so’zim . Birovlardan olmadim tuyg’u, O’gaga ham beraman ovozim .
Albatta, ijodining ilk pillapoyalariga qadam qo’yayotgan shoir uchun bu satrlar balandparvoz da’vodek tuyulishi mumkin . Ammo Abdulla Oripov she’riyatga chaqnoq yulduzdek porlab va o’ta shiddat bilan kirib kelganini tan olmaslikni iloji yo’q. XX asrning 60-yillari boshida Abdulla Oripovning matbuotda birin ketin e’lon qilingan “Sen bahorni sog’inmadingmi?”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni?”, “Dorboz”, “Munojat”ni tinglab” va “Mitti yulduz “ deb nomlangan ilk she’riy to’plamidan o’rin olgan va boshqa betakror she’rlari adabiyot ixlosmandlari o’rtasida qo’lma –qo’l bo’lib , ular tomonidan darhol yod olinganini, ba’zilari qo’shiq sifatida mashhur bo’lib ketganini juda yaxshi bilamiz. Qilni qirq yoradigan munaqqidlarning e’tirof etishlaricha , Abdulla Oripovning shoir sifatidagi salohiyati avvalo o’z eli , o’z yurtiga cheksiz mehr-muhabbati , hamisha xalq dardi bilab yonib, unda ilhom olib yashagani , binobarin , chuqur xalqchilligi , hayotiy salmog’i , milliy ruhi bilan belgilanadi . Taniqli adabiyotshunosh Umarali Normatovning guvohlik berishicha , bir guruh shoir va adiblar atoqli yozuvchimiz Abdulla Qahhorning bog’ida sayr qilib yurishganlarida Said Ahmad ustoz Abdulla Qahhorga :
Siz “Otmishdan ertakalar “ qissangizga mittigina boshlovchi shoir Abdulla Oripov satrlarini epigraf qilib keltiribsiz , - debdi andak quvlik bilan .
Shunda Abdulla Qahhor biroz sukut saqlab , xayolga tolib :
Bu borada ko’p o’ylab ko’rdim , - debdi.
So’ng : - Oldinroq Abdullajon iltimosimga ko’ra “Nurli cho’qqilar”ga epigraf uchun to’rt satr she’r yozib bergan edi. Bu galgisi butunlay boshqacha bo’ldi … Esimni taniganimdan beri meni qiynab kelayotgan , to’rt yil ter to’kib ifoda etmoqchi bo’lgan ko’nglimdagi , g’am -g’ussani siz “mitti” shoir degan bu bala (ustoz adib “bola “ so’zini qo’qonchasiga chiroyli , shikasta ovozda ‘‘bala” deb talaffuz etarkan ) to’rt satrda qoyil qilib aytib qo’yibdi. “Munojat”ni tinglab” she’ridan olingan o’sha satrlar asarga o’z-o’zidan tayyor epigraf bo’lib kirib keldi:
Eshilib , to’lg’onib ingranadi kuy,
Asrlar g’amidan so’ylar “Munojat”.
Kuyi shunday bo’lsa , g’amning o’ziga
Qanday chiday olgan ekan odamzod!
Bu satrlar go’yo ayni “O’tmishdan ertaklar “ uchun yozilgandek . Qissaning ma’no-mohiyatini - pafosini bundan aniqroq , yorqinroq ifodalaydigan boshqa bir so’z topish mumkinmi?!
Shu payt birdan quyosh bulut panasidan chiqib , tevarak-atrof yorishib yashnab ketibdiyu Abdulla Qahhorning bog’idan bulbulning shodon ovozi eshitila boshlabdi. Adib bir dam sehirli sadoga g’arq bo’lib turibdi-da :
Bulbulning sayrashini , yangroq ovozini eshitmagan , undan zavq olmagan zot yo’q . Ammo bulbulning o’zini ko’rganmisizlar? – deya savol tashlabdi.
Abdulla Qahhor bilan sayr qilayotgan Said Ahmad, Ozod Sharafiddinov va Umarali Normatov bulbulni ko’rmaganligini aytishibdi . Abdulla Qahhor fikrini davom ettiribdi:
Qishloqdagi hovlimizda bir tub qizil olma bo’lardi . Har yili bahorda gullaganida qo’shaloq bulbul gullar chamani orasida hafta davomida basma-basiga to’lib-toshib sayrashardi. Harchand urinmaylik , ularni ko’rolmasdik. Faqat men emas , oilamizdan hech kim ko’rmagan …
Abdulla Qahhor bosh barmog’ini ko’rsatib , bunday degan ekan:
Bulbulning jussasi shu barmoqning uchidek keladi. Uning yuragi jussasidan o’n barobar katta . To’lib , yurakdan sayraganida go’yo dunyoni titratadi. Anavi “mitti” shoir “bala”ning yuragi ham jussasidan o’n chandon kattadir-ov… “Mitti yulduz” kitobchasini varaqlab ko’ring . Shu mitti shoir qalb tubidan sharsharadek otilib chiqqan satrlar qalbni larzaga soladi.
Chindan ham , Abdulla Oripov o’z xalqining mag’rur ovozi bo’lib , uni dunyoga tanitishga xizmat qildi. Shunday betakror iste’dod egasi , hassos qalb sohibi bizning oramizda yashab o’tdi. Bunday benazir siymo bilan bir yurtda , bir zamonda yashab , uning she’rlarini uning o’z ovozi , nafasi bilan eshitish katta sharaf.
“Abdulla Oripov . – Shoir! Shoir bo’lganida ham anov-manovlardan emas . Xudo butun qilib berganlardan . Zo’r!” (Mirtemir, O’zbekiston xalq shoiri)
Shuning uchun ham xalqimiz uning har bir she’rini intiqlik bilan kutar , gazeta yoki jurnalda , kitob holida chop etilishi bilan ularni topib o’qir , yod olardi .
Biz XX asr o’zbek adabiyotini Abdulla Qodiriy , G’afur G’ulom , Oybek kabi mumtoz adiblarsiz, zamonaviy adabiyotimizni Said Ahmad , Erkin Vohidov singari ijodkorlarsiz tasavvur eta olmaganimizdek , ma’naviy kelajagimiz , farovon va buyuk istiqbolimizni Abdulla Oripov ijodisiz ham ko’z oldimizga keltira olmaymiz. Uning she’rlari xalqimizni adolat tantanasi , yorug’ kelajakka ishonch ruhida tarbiyalaydigan yuksak ma’naviy omil bo’lib xizmat qiladi. ( Islom Karimov, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti)
(Qalandar Abdurahmonov. “Buyuklar Kahkashonida” G’ G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2018)
Abdulla Oripov she’riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta’sirli qilib o’zbekcha ifodalay bilish shoir she’rlarining qimmatini oshiradi. Shoir deyarli hamisha she’riy ifodaning aniq va tuyg’ularga ta’sir ko’rsata oladigan bo’lishiga erishadi. Uning: «Oyoqyalang qo’ziday dovdirar elda maysa, Ko’m- ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut» kabi satrlarida qo’llanilgan tashbihlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Elda silkinayotgan qo’zichoqqa o’xshatilishi shoirning xalq turmushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko’rsatadi. Shu joyning o’zida ko’klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste’dod talab etadi. Abdulla Oripov ko’z oldiga keltirish mushkul,
ifodalash undan –da og’ir bo’lgan sezimlarni, mavhum tuyg’ularni tuyumli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: «Yorilmagan yaraday sevgi!» - deydi u. O’ta mavhum tuyg’uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.
Oripovning san’atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko’rgan yoki ko’rgan bo’lsa-da, payqamagan jihatlarini o’ziga xos tarzda aks ettira oladi. SHoirning iste’dodi nazarining o’tkirligi, tuyg’ularinng nozikligi, hissiyotining teranligida ko’rinadi. Ko’klamda o’rik g’o’ralarini hamma ko’rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma’lum. Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko’ra biladi: «Dilbar kelinchakning ko’ksida guli, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin». Sal e’tibor qilgan o’quvchi yosh kelinchaklarning ko’pincha o’rik dovuchchasiga boshqorong’i bo’lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin san’atga xos belgini ko’ra olish asl shoirlikning belgisidir. (Referat . Qo’qon 2011)
Prezident “O’zbek mumoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosida o’rganish va targ’ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlarini esga olib , “Bu zamonaviy adabiyotimiz uchun muhim bosqich bo’ldi , telvedeniye orqali kuzatdim , qardosh xalqlar ijodkorlari fikrini tingladim . Biroq ko’nglimning tub-tubida Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o’rni bilinayotganini his qildim”, dedi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni poytaxtda qurilayotgan bir qator inshootlar ,
ko’priklar , bog’cha-yu shifoxonalar , jumladan , Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga atab barpo etilayotgan ko’p qavatli uylar bilan tanishgan paytda ijod ahli bilan ham suhbatlashganda shu haqda gapirib o’tgan.
Davraga fayz berib turgan akademik Naim Karimov , O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Ibrohim G’afurov bilan alohida mehr , yuksak e’tibor va ehtirom bilan ko’rishar ekan , “Yana bir karra qaytarib aytaman : utozlarimiz yonimizda bo’lsa , xatolarimiz kamroq bo’ladi . Olib borayotgan ishlarimizda unum va baraka bo’ladi . Bu singari insonlarning borligi , safimiz turgani adabiyotimiz uchun ham bebaho hodisadir “, deya takidladi davlat rahbari.
Sizlar millat qonida oqayotgan har bir hujayrani ko’ra oladigan , xalq va Vatan taqdiriga eng xolis tashxis qo’yadigan iqtidor sohibisizlar . Bizning vazifamiz sizdek iste’dod egalariga shart-sharoit , imkoniyat yaratish , sizning zimmangizdagi ulug’ mas’ulyat esa tariximizdan bugunimizgacha , kelajagimizgacha o’tkir va odil qalam bilan adabiyotga muhrlashdir , xalqimiz , xususan , yoshlarimizni adabiyot orqali tarbiyalashdir , - dedi Prezident. (Shavkat Mirziyoyev: “Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o’rni bilinayotganini his qildim” )
I BOB
Abdulla Oripov she’riyatida mazmun rang-barangligi.
Barchamizga ma’lumki, Abdulla Oripov tarixda, dunyo adabiyotida o‘ziga xos nom qoldirgan tarixiy, buyuk shaxslardan biridir. Uning ijodini bugungi kunda butun dunyo o‘rganib kelmoqda. Uning ijodi serqirra. Serqirra adib bo‘lmish Abdulla Oripov barcha sohalarda qalam tebrata olgan ijodkordir.[1] Uning asarlarida yor vasfi, Vatanga bo‘lgan muhabbat, ajdodlarga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini sezish mumkin.
Uning ijodida Sohibqiron obrazi o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Shu sababdan Sohibqiron Amir Temur haqida ko‘plab asarlar bitdi. Ana shunday asarlardan biri “Sohibqiron” dramasidir. Drama 5 sahnadan iborat. Xususan, IV sahna Bibixonimning jome’ masjid ostidagi maydonga kelishi bilan boshlanadi. Voqealar rivojida Amir Temur jome’ masjid yoniga boradi, xaloyiqqa salomlar yo‘llaydi. Va xalqqa quyidagi murojaatini qiladi:
“…Yer yuzida yengilmas bir saltanat tuzdik, Qovushtirdik boshlarini ne-ne xalqlarning. Samarqandning qutlug‘nomi bizni har qayda Qo‘llab turdi, yo‘llabturdi g‘alaba tomon.
Do'stlaringiz bilan baham: |