Men shoirman, Istasangiz shu, O’zimniki erur shu so’zim. Birovlardan olmadim tuyg’u, O’gaga ham beraman ovozim



Download 78,86 Kb.
bet3/4
Sana15.08.2021
Hajmi78,86 Kb.
#148674
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Demangiz, dunyoning tashvishi qolib,

Oʻzini har yonga uradi shoir. Togʻday ogʻir yukni kiftiga olib, Qushday yengil boʻlib yuradi shoir.

Xalqim, moziy oʻtdi, tole koʻrmading, Pishirding oʻzingga benasib taom.

Kiygizding birovga, oʻzing kiymading,

Yulduzni kashf etib nom olding avom.

Aynan ana shu misralardagi san‘atga diqqatini qaratgan adabiyotshunos olim M.Olimov: Tamomila boshqa oilaga mansub tilning yoki biznikidan uzoq turkiy tilning vakili bu oʻxshatishlarni shoirning oʻz topilmasi deb oʻylashi ham mumkin. Lekin ular – xalqniki. «Togʻday ogʻir», «qushday yengil» ta‘birlari ijod ahlining holatini tasvirlash uchun juda qoʻl kelganini bu oʻrinda koʻrish mumkin. Shoir zoti bir qarashda juda xushchaqchaq, baxtiyor, saodatli boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ular zimmasiga juda ulkan missiya yuklangan boʻladi. Ikkinchidan, bu soʻz birikmalarida zidlashuv mavjud, shoir tazoddan foydalanadi.
(1.Afoqova N. Abdulla Oripov lirikasida badiiy san‘atlar: Filol.fan.nomzodi...dis. –Toshkent: 1997.)

(2.Ashurova G. Abdulla Oripov she’riyatida an‘ana va badiiy mahorat (obraz, gʻoya va tasvir).)


Jamiyat taraqqiyotida har bir avlod o’zidan oldingi avloddan ma’lum tomonlari bilan ozmi-ko’pmi farq qiladi. Ayni vaqtda keyingi avlod avvalgisining davomidir. Lekin insoniyat uchun eng muqaddas bo’lgan vatan, erk, haqiqat, ezgulik, go’zallik tuyg’usi hamisha tabarruk an’nana sifatida avloddan avlodga ko’chaveradi. Har bir davrda har bir avlod ana shu muqaddas an’analarga o’z ishlari, so’zlari, e’tiqodlari, fikrlari bilan sodiq qoladi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, zamonaviylik ham tarixiy kategoriya. Bugungi kunimiz – kelajak uchun tarix. Sehrli so’z san’ati bugungi kunlarimiz va davr nafasini o’z bag’riga muhrlab, ulardan boqiylikka daxldor mazmun topadi. Kelajak avlod poetik so’zda mujassamlashtirilgan ijtimoiy-siyosiy voqelikdan, xalq hayoti va taqdiridan, dardi-tashvishi va sevinchlaridan voqif topadi. Avlodlar silsilasida o’z hayoti, taqdiri va izlanishlari o’rtasidagi bog’liqlikni ko’radi.

Istiqlol davri lirikasida poetik so’zning tarix yarata olish kuchi, imkoniyatlari qay darajada o’z ifodasini topmoqda? Hozirgi o’zbek lirikasida ma’naviy-ahloqiy qadryatlar talqinidagi yangi sifat ko’rinishlari qanday belgilarda namoyon bo’lmoqda? Bugungi she’riyatimizdagi lirik qahramonlarning Vatan, ona yurt haqidagi tasavvur va tushunchalari milliy istiqlol g’oyalari bilan boyitib, jamiyat, millat taqdiri ma’nolari hisobiga ko’lamdorlik kasb etayotir. Bugungi lirikamizda zamondoshlarimiz tuyg’ulari, fikr-mushohadalari o’z talqinini topayaptimi? Badiiy umumlashmalar qay tarzda namoyish etilyapti?

A.Oripov lirikasida O’zbekiston - xalq – tabiat obrazlari uyg’unlikda ochiq bir kitobdek ko’z o’ngingda namoyon bo’ladi. A. Oripov shoir ona yurtining yoniq she’rlarini ehtiros bilan, mehr bilan o’qitayotgandek tuyuladi. Darhaqiqat, A. Oripov she’rlarining asosiy mavzui – ona yurt, O’zbekiston, Vatandir. Aslida Vatan, xalq, ona yurt, tabiat – bular bir zaminda yuzaga kelgan tushunchalar. Yolg’iz Vatanni sevib xalqni, tabiatni sevmay bo’lmaydi. Ona yurtga, so’lim va dilbar go’shalarga muhabbatdan ulkan va salobatli Vatan tushunchasi o’sib chiqadi.

Ey aziz yurt, hurriyat-davron muborakdir senga, O’zbekiston – beg’ubor osmon muborakdir senga. Necha yuz yil sen kurashding mustaqillik oni deb, Sen ani topding, ulug’ imkon muborakdir senga…
A. Oripov lirikasida ko’pincha xalqimiz tarixiga murojaat etish, milliy xarakter asoslarini anglab etishga intilish, bolalik xotiralarini ko’z o’ngida jonlantirish, tiklash, ona yurt manzaralariga estetik munosabatda bo’lish orqali

Vatan obrazini bunyod etadi. Xususan, bolalik tasavvurlarining bokira xotiralaridan sizib chiqadi. Lirik xarakterning asosini, dunyoni his etishi va tuyishining hayotiyligini ta’minlaydi.

Bolalik yillarim eslayman oz-oz – Bosiq uyqu ichra yotganda olam, Tonglar qulog’imga kelardi ovoz:

«G’aflatda yotmagin erkatoy bolam»… Yillar o’tdi, biroz ulg’aydik, bu kun – Vatan xizmatiga bir qadar dastyor.

Olam tashvishidan yurakda to’lqin, Vatan qudratidan qalbda g’urur bor.

Shoir she’rlaridagi tabiat manzaralari Vatan qiyofasini to’ldiruvchi detallargina emas. Tabiat – shoir nazdida Vatanning bir bo’lagi; kechinmalar va inson kuch-qudratining asosli, nihoyat, doimo yangilanib, barq urib turuvchihayot timsoli. A. Oripovning lirik qahramoni tabiat og’ushiga singib, farahli sururi qo’ynida ko’rinmay ketmaydi. Bugungi qaynoq hayot oqimi zarblarini tuyishda, voqea-hodisalar jarayonini estetik baholashda tabiat odil haqiqat bo’lib gavdalanadi. Shoirning bolalik xotiralarida ham tabiat xossalari o’znining yorqin bo’yoqlar bilan davr nafasini shunchaki aks ettirmaydi, balki voqelik ta’sirida ko’nglida kechgan tuyg’u va hissiyotlar, fikrlar silsilasi bilan uyg’unlik kasb etadi. Shu boisdan ham bog’larda lov-lov yongan xazonlar – kuzning barglari ham shohlarda yaltiragan mezonlar shoirning o’ylar bo’lib ko’rinadi.

Yana dalalarga boshlaydi havas, Bog’larda xazonlar yonadi lov-lov. Do’stlarim, bu kuzning barglari emas, Mening yuragimdan to’kilgan olov.

A. Oripovni tabiat kuychisi yoki tabiatning shoir –rassomi deyish qiyin. Uning lirikasida sof peyzaj she’rlar kam. Lekin hayotning boqiyligini his ettirishi, va shu asosda, inson tirikligining mezoniga aylanishi jihatidan ham tabiat uzviy bog’liqlikda namoyon bo’ladi.

Sirtdan qaraganda ushbu fikrlar erish tuyulishi, shoir lirikasida kuz, bahor, tun, tabiat haqida so’z borsa-yu, peyzaj yo’q bo’lishi mumkinmi, degan e’tiroz tug’ilishi tabiy. Gap shundaki, shoir she’rlarida tabiat maxsus tasvir ob’ekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Garchand, shoir she’rlarida tabiatni jonlantirish detallar tarzida mavjud bo’lsa-da, u psixologik holat va manzaralar mazmunini ifodalash uchun xizmat qiladi. («Barglar soyasida o’ynaydi bahor, uyqudagi qizning bedor tushlari»). A. Oripov lirikasida tabiat belgilaridagi insoniy jihatlarni tajassum etish emas, inson hayotidagi tabiat xossalarini kashf etish ustivor.

Tabiat inson hayotining jisman asosini belgilabgina qolmay, ma’naviy hayotining ham asosiy tayanchidir. A. Oripov lirikasida inson va tabiat talqini ana shunday falsafiy mazmunga ega. Shoir tabiatning o’zgartirib turuvchi avzoyida hayotning azaliyligini, umrning ezguligini ko’radi. Tabiat og’ushida umr, taqdir, ezgulik falsafasi sizib chiqadi. A. Oripov tabiat falsafasidan umrlar hikmatini o’qiydi. Xususan, tabiat manzaralarida inson hayotining ma’nosini ko’rarkan, shu asosda ular odam hayotiga xos mazmun kasb etadi. SHoir poetik dunyosida tabiat hayotning asosi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa insonga umr mazmunini eslatib turadi. Xalq va uning tarixi bilan uzviy aloqadrlik insonga tabiat bilan bog’liqlik ato etadi, degan fikr A. Oripovning inson va tabiat

mavzuidagi she’rlarida nurlangan mazmunni ifodaladi. Xalq va tarix xotirasidan mahrumlik isnonga tabiat tomonidan o’limtik yolg’izlik keltiradi.

… Shamol shovullaydi qadim bog’larda,



Buyuk, ko’hna dunyo ko’pchiydi og’ir. Men uning qo’ynida kezdim savobday, Qorlardan lolarang olovlar yoqdim.

Bir zum shahanshohlik tekkan gadoday,- Umr o’tar, dedim dunyoga boqdim.

Quchoq och, dilbarim, shu gul nahorga, Tumanli tuyg’ular bosmasin og’ir.



Iltifot qilmaslik jajji bahorga, Nuroniy kuz bizni siylamas axir.

A. Oripov lirikasida kuz obrazi alohida o’rin tutadi. U kuz faslining tabiatida xalqimiz mehnatining ezga mohiyatini ko’radi, inson qalbining rangin holatlarini yaratadi.

Shoir o’y-mushohadalarida faqat o’tmishgina emas, kelajak ham Vatan bilan, avlodlar hayoti bilan bog’liq. Inson o’zidan keyin bu dunyo kimlarning qo’lida qolishini, avlodlarni kelajakda nimalar kutayotganligini o’ylamasligi mumkin emas.Zotan, lirik qahramon ona xalqining o’tmishiga ko’z tikib, kelajagi haqida o’y surgisi kelarkan, uning bugungi hayoti tashvishli kechinmalar bilan namoyon bo’ladi. Kelgusi avlodlarga azamat xalqdan Vatan taqdiriga qayg’urish bilan yo’g’rilgan.

Shu o’rinda A. Oripov lirikasida epiklik unsurlarining kuchayib borayotganligini ta’kidlash joiz. Epiklik deganda shoir she’rlari mundarijasini tashkil etgan Vatan, insoniyat, ona sayyora singari tushunchalar bilan belgilanmaydi. Badiiy umumlashmalarning ijtimoiy-falsafiy salmoqdorligi, teranligi ushbu sermiqyos mazmunni asoslaydi. Shoir ijodidagi ana shu sifat

o’zgarishi, xususan, falsafiy teranlik bilan quyuqlashib borayotgani hozirgi lirikamiz taraqiyotidagi muhim mayllardan biridir.

A. Oripov kichik bir hayotiy detaldan, olis o’tmish xotiralaridan falsafiy mazmun kasb etuvchi badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uning ijodidagi falsafiy ma’nodorlik, chunonchi, Erkin Vohidov lirikasida o’quvchini hayot va voqelik belgilari xususida nozik kayfiyatga soluvchi, tuyg’ularga chulg’ovchi musiqiy ohang, holat, kayfiyat va kartinalar asosiga quriladi. A. Oripovda esa ushbu omillar o’zgacha. SHoir poetik obrazlarining o’ziga xosligi – bu hayotiy konkretlilikka egaligidir. Poetik obrazlar aniq hayotiy holat, dalil va detallardan vujudga keladi.

Xalqimizning buguni va ertasi haqidagi hissiy tafakkur shoir qalbidagi mushohadakor kechinmalar silsilasini yuzaga keltiradi. Yorqin obrazlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Olis tarix zarvaraqlaridan zamondoshlarimizning davr voqeligini va jamiyat bilan bog’liqlikdagi kechinmalar manzarasini yaratadi. A. Oripov lirikasidagi mushohadakorlikning o’ziga xosligi iftixor va ehtiros tuyg’ularining badiiy pafosga yo’g’rilganligida ko’rinadi. Shoir uslubida namoyon bo’lgan ushbu bo’yoqlar, xususan, falsafiy teranlikning publisistik jo’shqinlik bilan omuxtaligi umumbashariy g’oyalar talqini bilan belgilanadi. Shoir she’riyatidagi insonparvarlik g’oyalari badiiy tafakkurga yangi sifat belgilari olib kirganligini ham ko’rishimiz mumkin.

A. Oripov lirikasida kuchli oqimga aylangan ijtimoiy-falsafiy g’oyalarning chuqurlashgani umuminsoniy qadriyatlar ulug’lunishi bilan belgilanadi. Bu hol badiiy tafakkurda ramzli obrazlarning serqatlam mazmundorligi kuchayganligini ko’rsatadi. Bu hol A. Oripov lirikasida falsafiy- publisistik ruhning, R. Parfii she’rlarida chuqur psixologik kechinmalar asos iga qurilgan. O. Matjon lirikasida o’y-mushohadakorlik bilan publisistik ohangning bo’rtirib ko’rinishiga olib keldi. Ushbu xususiyatlar she’riyatimiz hayotiyligining kuchayib borayotganligidan dalolat beradi.

Bu xususiyat A. Oripovning «Istiqlol qo’shig’i», R. Parfining «Ona Turkiston», «Meni erk shoiri denglar», O. Matjonning «SHayx Najmiddin Kubro monologi»,

«Quyoshning shohidligida», SH. Rahmonning «Endi jim turasiz», S. Sayyidning

«Hurriyat epkinlari» singari turkumlari mundarijasini tashkil etadi. Xususan, A. Oripov lirikasida ma’naviy-axloqiy masalalar talqinidagi badiiy umumlashmalar uchun xos bo’lgan mazkur belgilar hayotiy dalillar asosida yuzaga kelgan obrazlarga tayanadi.

A. Oripovning lirik qahramoni bugungi voqelik xossalarini, turmushdagi nohushliklarni estetik baholar ekan, ularga bashariy qadriyatlar nuqtai nazaridan yondashadi. Ya’ni, Vatanning buguni va istiqbolini o’tmishsiz tasavvur qila olmaydi. Moziy xotiralari boqiy qadriyat sifatida bo’y ko’rsatadi.

Yosh qalbim zamonlar dardiga to’lug’, Tarixni o’ylayman men gohi onlar.



Bu yurt g’amlari ham naqadar ulug’, Bu yurt shavkati ham ne bir o’g’lonlar, Farzandlar o’yida Vatanning dardi, Farzandlar Vatan deb topshirarlar jon.

A. Oripov zamondoshlari qalbining yangi qatlamlarini poetik tadqiqi etishda yangi-yangi ifoda vositalarini topadi. Ya’ni, satrlarni fikriy va hissiy obrazlar bilan boyitishga alohida diqqat qiladi. Shu boisdan, falsafiy-publisistik ruh bilan yo’g’rilgan lirikasi o’quvchida chuqur o’y-mushohadalar uyg’otadi. O’quvchi bilan yuzma-yuz so’zlashish, sidqidildan katta ishonch va samimiyat tug’diradi. Vatan, istiqlol haqidagi she’rlar shoirning badiiy-estetik dunyosini tayin etish bilan barobar, hayotiy nuqtai nazaridan ham voqif etadi.

Ijod jarayoni g’oyat sirli va murakkab. Shu boisdan ham asl ijod hamisha individual va betakrordir. Shakl va mazmun bog’liqligining o’z qonuniyatini bo’lganidek, novatorlikning ham umumiy mezoni bor. Ijodning betakrorligi shaxs va jamiyat psixologiyasini, voqelikning yangi manzaralari va qirralarini,

qalbning yangi qatlamlarini badiiy-falsafiy o’rganish, o’zlashtirish bilan belgilanadi. Ana shu jarayonda yuzaga kelgan estetik ideal va fikr ma’no yangiligi badiiy ijodning o’ziga xos betakror tabiatini belgilab beradi.

Zotan, har bir shoirning o’zig xosligi dunyoni yangicha ko’rishi, o’ziga xos san’at vositalari bilan ko’rsatishida namoyon bo’ladi. So’nggi yillar she’riyatimizda hayot va voqelikni turli xil poetik janr va formalarda aks ettirish mayli kuchaydi. Xususan, E. Vohidov ijodida lirik va liro-epik poema, g’azal, R. Parfi lirikasida sonet, A. Oripov lirikasida esa liro-epik, dramatik poema hamda to’rtlik, sakkizlik singari xilma-xil poetik janr va shakllardagi izlanishlar ko’zga tashlanadi. A. Oripovning she’riyati tom ma’noda novatorlik maqomiga ega. Zero, novatorlik faqat shakl bilan belgilanmaydi.

So’nggi yillar she’ritida shakl orqasidan quvish, shaklbozlik berilishdek salbiy bir tamoiyil ham palak yozib borayotir. Xususan, biron-bir yangi shaklda doimo yangi gap aytish mumkin, degan chalkash fikrdir. Ma’lumki, so’z san’atkorining muvaffaqiyati faqat poetik shakllar rang-barangligidagi izlanishlar bilan belgilanmaydi. Zero, ijodning novatorligi doimo g’oyaviy- estetik mazmun yangiligi bilan tasdiqlanib kelgan. Poetik janr va shallar xilma- xilligi voqelikning yangi tomonlarini jamiyat psixologiyasi va inson taqdiri bilan uyg’unlikda yoritsagina fayziyot mohiyat kasb etadi.

A. Oripov-tom ma’noda milliy shoir. Chunki shoir ijodida millat hayoti, uning kayfiyati, orzu-istaklari, turmush tarziga doir rang-barang jihatlar asosiy o’rinni egallaydi. A. Oripov fikrlari va ehtiroslari shoiridir. Uning ijod qamrovi keng, fikri teran, badiiy mushohadalari kuchli, ehtirosi jshqin, parvozi yuksak. Shoir she’riyatida falsafiy teranlik bilan jo’shqin lirizm uyg’unlashib ketgan. Uning «O’zbekiston», «Munojot»ni tinglab, «Avlodlarga maktub», «Bahor»,

«Birinchi muhabbatim», «Yuzma-yuz», «Kuz» va boshqa she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol namoyon bo’ladi. Bu fusunkor va teran she’rlar o’zbek milliy adabiyotining mumtoz namunalari bo’lib, ular yuksak badiiyligi, mantiqning kuchliligi, ohangning yoqimliligi, lirik tuyg’ularining go’zalligi bilan ajralib turadi.

A. Oripov o’z she’rlarida ramziy obrazlardan, kinoya, kesatiq va pichinglardan mohirona foydalanadi. Kundalik oddiy voqealar va mitti detallardan katta ijtimoiy xulosalar chiqaradi va bularni tasvirlashning yangi- yangi yo’llarini kashf etadi.

Abdulla Oripov she’riyati hayot haqiqatini sinchkovlik bilan kuzatish, tahlil etish natijasida hosil bo’lgan bunday teran mazmunli badiiy umumlashmalarga va ajoyib poetik xulosalarga boy.

SHoir o’zining qator she’rlarida ayol haqida shu kungacha aytilmagan, lekin aytilishi shart bo’lgan teran fikrlarni topib, ularni mahorat bilan aks ettiradi.

Xullas, A. Oripov she’riyati rang-barang poetik ko’chimlar, obrazli poetik topilmalar, chuqur falsafiy mazmunning oliy in’ikosi sifatida badiiy mukammal darajadagi qimmatga egadir. SHoir qo’llagan har qanday poetik ko’chim va poetik topilmalar lirik qahramon ruhiyatining turli qirralarini kashf etishga, qalb atalmish sirli va murakkab dunyosini yoritishga, she’rning badiiy-estetik mohiyatini to’la ta’minlashga muhim va asosiy hissa bo’lib qo’shilgan.

    1. (Matyoqib Qo’shjonov. Onajonim she’riyati. Toshkent. O’qituvchi nashryoti. 1984 y.)

    2. (Ozod SHarofiddinov «SHe’riyat qalb yolqini» «Hayot bilan hamnafas» kitobi. Toshkent. YOsh gvardiya nashriyoti. 1983 y.)

    3. (Abdulla Oripov. Yillar armoni. Toshkent. G’. G’ulom nashr. 1984)

II BOB

Shoir ijodida ishiq-muhabbat mavzusining o’ziga xos talqini



Muhabbat kuychisi, ,,Uyg`unlik” she’ri


Download 78,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish