Men shoirman, Istasangiz shu, O’zimniki erur shu so’zim. Birovlardan olmadim tuyg’u, O’gaga ham beraman ovozim



Download 78,86 Kb.
bet4/4
Sana15.08.2021
Hajmi78,86 Kb.
#148674
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Bulbul o`gay erur zog`lar orasida, Yugurik suv o`gay tog`lar orasida Muhabbat dardidan bemor qalblarmiz, O`gay bo`lsak ne tong sog`lar orasida.

Muhabbat haqidagi birgina ushbu to`rtlik uning uning mazmun-mohiyatini, bir hayotiy hikoya kabi ifodalab bergandik go`yo. Muhabbat-ilohiy tuyg`u va keng ko`lamga ega: Vatanga, onaga, ustozga, do`stga, farzandga, adabiyot yoki tabiatga bo`lgan muhabbat . . . . muhabbatning ruhiy holatini yurakdan his etib, o`tli va o`lmas baytlar, she’rlar, asarlar yaratgan sevimli shoirimiz, O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodiga nazar solar ekanmiz sermazmun ijod sohibining muhabbat mavzusiga har galgi murojaatni o`zgacha ruhda topilmalarga boy bo`lib yaratganining guvohi bo`lamiz.



Muhabbat shundayin sirli qudratli, Tog`lardan buyugi gullardan nozik Unig qadri hatto jondan azizroq.

Shoir 2012-yilda yozgan ,,Uyg`unlik” nomli sherida ushbu misralar bilan muhabbatning turli ranglardagi ko`ngil osmonimizdagi tasvirini bera olgan.

Misralar osha muhabbatning o`lmas, muqaddas, aziz tuyg`u ekani ezozlanadi. Insonning inju tuyg`ularining sultoni-muhabbatning turli ranglarini birma-bir ta’riflaydi.

So‘z ummonidan g‘avvos kabi go‘zal marjonlar topib, uni sadafdek tizgan shoirning oshiq qalbi ruhiyat manzaralarini shunchalik avaylab, ozor yetkazmasdan ta’rif-u-tafsif etadi.



Faqat muhabbatga topingin, ey, qalb, Sen mehr ko‘rgaysan o‘shal quyoshdan Axir bobolar ham demishlar qadim Muhabbat yaratgan dunyoni boshdan.

Yuqoridagi misralarda esa 18 ming olam muhabbatdan bunyod etilgani go‘zal tarzda tasvirlanadi. Qahramon shoirning ishq haqidagi o‘nlab sherlarida o‘ziga xos topilmalarni uchratish mumkin.

,,Birinchi muhabbatim”, ,, Gar muhabbatining”, ,,Seni ko`ray dedim”, ,,Agar sensiz”, ,,Layli va Majnun”, ,,Muhabbat”, ,,Nega meni sevmading”, ,,Ayriliq qo`shig`i”, ,,Sevgidan so`ylarding”, ,,Ilk sevgi” kabi she’rlarning bugun muxlis va kitobxon yuragidan joy olib, yod bo`lib ketganidan ham bilish mumkinki, O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haqiqiy ishq va muhabbat ko`ychisidir.



  1. (,,Birinchi muhabbatim” – G`ofur G`ulom nomidagi nashryot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2019. Muallif- A.Qodirov)

  2. (,,Saylanma- ,,Tafakkur qanofi” nashryoti. Toshkent-2019. Muallif-A. Oripov.)

3. Abdunazarova Gulmira. Ilmiy-amaliy tadqiqotlari.
Shoir butun she’riyati singari muhabbat lerikasi ham o’ziga xosligi, teranligi , tuyg’ularning tabiiyligi , hayotiyligi , real voqelikka monandligi bilan ajralib turadi .

Sevgi haqidagi hazin , mungli ohanglar har qanday oh-vohlar , o’ldim-kuydimlardan tamomila yiroq. Javobsiz muhabbat iztirobi, alami , chuqur insoniy kechinmalar , chinakam sevgi orzumandi bo’lgan katta qalb egasining dard-u dunyosi , hasratlari, yonish-o’rtanishlar , iztiroblari shoir muhabbat lerikasining mazmunini tashkil etadi. Ilk ijod namunalaridan bo’lmish “Sen bahorni sog’inmadingmi” she’rida hali muhabbat g’avg’olariga , qizlarning “qo’lidagi qonli xanjarlariga” , “o’zini ming bitta bozordan olib , ming bitta bozorga solgan , tirnoqlar bezagi sahardan shomgacha” ermagi bo’lgan tannozlarning makr-u hiylalariga ro’baro’ bo’lmagan , sevgida xiyonat qilishning azobini tortmagan , ishq kasridan “ holi zabun “, “toleyi tola-tola” bo’lmagan , pok sevgi sog’inchi, intizorligi bilan to’liq toza qalbning bahor nasimidek hayotbaxsh , tog’ buloqlaridek musaffo tuyg’ulari bayon etiladi .

“Eslash” , “Derazangni qoplar oqshom zulmati” , “Chuvaladi o’ylarim sensiz”, “Xayr endi…” , “Yo’lim boshlar…” , “Yondim-u va lekin hijron tunida…” , “Yomg’irli kun edi…” kabi o’nlab she’rlarini ko’ngilxushlikdan butunlay begona chinakam ishqning dardchil talqini , oshiq qalb o’rtanishlarining ko’tarinki , yuksak pardalarda ifodalangan ohi , nidosi deyish mumkin .

“Yo’lim boshlar, ketarman bir kun…” deb boshlanadigan she’rda muhabbat iztirobi , qiynoqli sevgi “yorilmagan yaraday sevgi” degan o’xshatish vositasida ta’riflanadi. Kechagina bir tan , bir vujud bo’lgan ikki insonning hayot yo’llari qarama-qarshi qutublar tomon ajralib ketmoqda . Ular endi bexosdan uchrashib qolsalar ham , o’zlarini mutlaqo begona odamlardek tutushga mahkum . Yorilmagan yara qanchalik azob bergani singari , bir qarorga kelmagan sevgi ham shuncha azobli , qiynoqli . Biroq bir tomon bir qarorga kelgan ham ikkinchi qalbda qolgan jarohat izi , iztirobi yorilmagan yaradan ham battar og’riqli . O’tmishga aylanayotgan mas’ud damlarni unutish esa mushkul . She’rda ana shu insoniy dard , fojiaviy lirik xususiyat tabiiy yoritiladi:


Ko’chalarda yor emas endi To’qnashamiz begona bo’lib .

Nahot bizdan qolmas hatto mung

Nahot bo’lmas biror xotirot?

Ishonmayman , muhabbatdan so’ng

Begonalik boshlansa nahot?!
Shoirning muhabbat mavzusida bir qancha she’rlarida azaliy tuyg’uning mana shunday ziddiyatli , murakkab jihatlari poetiklashtiriladi . “Otello” , “Go’zallik “ , “Men seni kuylamoq istayman “ kabi bir qancha she’rlarda shoirning muhabbat haqidagi ideallari mujassam topgan . Lerik qahramon butun qalb bag’ishlangan , bor vujud fido qilingan muhabbatnigina tan oladi . Shu bilan birga “chiroy olamining tengsiz sayqali “ bo’lgan go’zallik , malak siymolar da’fatan yurakdan g’am-alamni ketkazib samoviy hislarga cho’mdirsa ham estetik kategoriya sifatida go’zallikning ichki mohiyati , pari ruxsorning ma’naviy olami birlamchi o’rinda turadi . Shoir nazdidagi sevgi talqini , vafo va sadoqat tushunchalari ma’naviy qadriyatlarimiz , milliy urf-odatlarimiz chashmasidan suv ichadi . “Ayol” she’ridagi “o’n to’qqiz yoshida beva qolgan kelinchak”ning jangchi yoriga sadoqati kimlargadir erish tuyulishi, g’arbcha yashash tarziga unchalik ham mos kelavermasligi mumkin. Biroq sharqona mezonlardan kelib chiqib vafo, sadoqat timsoli yorning xotirasi oldida o’z huzur-halovatidan kechishning yuksak namunasi sifatida talqin qilinadi . Xuddi shunday talqin “Jo’nar bo’ldim men bundan diltang” deb boshlanadigan she’rning ham ruhiga singdirib yuborilgan . Ma’shuqa hayotda o’zi tanlagan yigitni yurakdan sevadi . Uning uchun har narsaga tayyor. Hatto osmondagi yulduzga aylansa ham yorining yoniga tushishning ilojini topishga o’zida kuch topa olishiga ishonadi. Biroq birgina monelik (“Otam oq yo’l bersaydi bizga “) uning o’z orzusiga yetishishi yo’lida o’tib bo’lmas to’siqqa aylangan. Xalqimizda “ota rozi – xudo rozi “ degan naql bor . Sharqona odob-axloq qanchalik og’ir bo’lmasin ota roziligini olmasdan qaltis qadam tashlashdan o’zini yulduzdek yorning bag’riga otishdan tiyadi .

Shoirning “Muhabbat” she’ri bunday boshlanadi :


Hayot mendan ayamadi ne’matlarini,

Ne istasam berdi doim , hech bir tonmayman.

Faqatgina bir g’am o’rtar yuraklarimni ,

Men muhabbat taqdirimdan maqtanolmayman.


Lerik qahramon o’zining inkor etilgan , javobsoz qolgan sevgisi tarixini hech nimani yashirmasdan to’kib soladi . U yonib , otashin ehtiros bilan sevganu , biroq ko’ngil shishasi “yo’q”, degan birgina so’zdan chil-chil singan . Mana shundan uning dunyosi qorong’u . Vujudni g’am anduh o’rab olgan , kayfiyati tushkun . Biroq :
O’tar ekan hamma narsa , yo’q ekan turg’un,

Hatto sevgi nelargadir bo’larkan taslim .

Bugun hayot nimaligi , sevgi yo’rig’i –

Bari ma’lum , hammasiga yetadi aqlim.


She’rda Odam Ato va Momo Havodan meros mo’jizaviy tuyg’uning odam ba’zan hatto o’z-o’ziga ochiq iqror bo’lishga botinavermaydigan pinhoniy jihatlari qalamga olinadi.

Abdulla Oripov muhabbat lerikasida sevgining fojeiy holatlari yorqin ochib berilgan . Buning misoli “Muhabbat” yoki bo’lmasam “Birinchi muhabbatim” she’rlari . Shoir bu fojeiy sevgi talqini orqali muhabbatning eng ehtirosli, teran va xarakterli qirralarini ochib berishga muvaffaq bo’lgan . Bir jihatdan olganda , sevgi yo’lidagi to’siqlar qanchalar qattiq, og’ir bo’lsa , uning ichki quvvati shunchalar ko’p namoyon bo’ladi . Oson erishilgan va baxtli-saodatli sevgi o’z keskinligiga ko’ra fojiali sevgi bilan tenglasha olmaydi.

“Muhabbat” she’rida mahabbatning ana shu qirrasi mohirona ochib berilgan . Lerik qahramon butun dardu hasratlarini ochiq-oshkora izhor qiladi , sevgisining samimiyligiga . tuyg’ularining tabiyligiga inontiradi.

She’rda shoirning zamonaviy voqelik materiali asosida sevgi mavzusiga o’ziga xos yondoshishi , o’z tafakkuri yog’dusi bilan qarshi mujassam topgan . Lerik qahramon muhabbatni hayotning buyuk ne’mati , tabiat in’omi deb biladi, “goho pinhon , goho asov daryoday toshib “ , chin yurakdan samimiy sevganligini oshkora izhor qiladi. She’rda dunyoday qadimiy bu tuyg’uga bandi bo’lgan qalbning o’rtanishlari , ziddiyatli o’y-fikrlari, ichi qarama-qarshiliklari ehtirosli ifodalangan . Ohista bir maromda boshlangan ohang misrama-misra taranglashib , keskinlashib boradi. Bora-bora yurak hayqirig’iga , o’tli nidoga aylanadi. Lerik qahramon goho “sevgi yo’rig’i”ni anglab yetgandek bo’ladi . Ya’ni muhabbat – bu har bir yoshning qalbiga mehmon bo’ladigan o’tkinchi bir havas , lov etib yonadi-yu , tashvishli hayotning boshqa sinovlari oldida taslim bo’ladi , degan o’ylarga botib , o’zini yupantirmoqchi bo’ladi.

She’rda “baxtli muhabbat “ ga muyassar bo’lmagan qalbning dardu hasratilari , umid-ishonchi , iltijosi hech qanday kuch , pandu nasihat , zo’rlash bilan vos kechtirib bo’lmaydigan ilohiy tuyg’uning sehru-jozibasi chuqur , murakkab kechinmalar tarzida beriladi . Birovni majburan jinoyatga undash , biror o’ziga yoqmagan yumushni bajarishga ko’ndirish mumkin emas , majburan ayriliqqa giriftor qilingan sevgi ham baribir bir umir qalbda qoladi. Uni hech qanday kuch yurak javharidan ayira olmaydi . Mana shu holat she’rda o’zining jozibali ifodasini topgan .

Abdulla Oripovning muhabbat lirikasiga sevgi drammasini , qalb kechinmasining o’zini bera bilish , sevguvchi yurak hujayralarining tebranishlarini , titrog’ini ifodalay bilish xosdir . Bu jihatdan “Birinchi muhabbatim “ she’rini yurakda armon bo’lib qolgan muhabbat haqidagi mungli, hazin kuyga qiyoslash mumkin. Har bir misra , har bir satr , har bir o’xshatish armonli muhabbatning lirik qahramon qalbida , o’yu fikrida qoldirgan asoratini chuqurroq ochib berishga qaratilgan. Lirik qahramonning nazarida cheksiz falakda kezib yurgan oy ham porlamaydi , bo’zarib botadi , Zuhra yulduzi ham miltirab zo’rg’a nur taratadi . Uning ma’yus , g’amgin ruhi butun borliqni shu tarzda idrok qiladi . “Muhabbat” she’ridagi singari bu she’rda ham lirik qahramon o’z o’tmish hayotini bo’yab-bejab , “sayqanlashtirib “ o’tirmaydi, borini to’kib soladi .


(azkurs,org . sayti.)
Charxi kajraftorning gardi bilan yurakka , iymonga zid yo’l tutganligini yashirib o’tirmaydi.
O’tdi yoshlik zavq bilan, gohi to’polon bilan,

Gohida yaxshi bilan,gohida yomon bilan.

Ayri ham tushdi ba’zan qalb bilan,iymon bilan,

Lekin seni yo’qotdim,birinchi muhabbatim



Mangu g’aflatda qotdim,birinchi muhabbatim.
She’rda mahabbat tuyg’usi minglab ko’z ilg’amas iplar bilan muhit, jamiyat bilan chambarchas chatishib ketganligi , tiriklik , borliq dunyo gohida anglash g’oyatda mushkul sir-sinoatlarga to’laligi , quvonch va g’am inson hayotida hamisha egizak yurishi teran ma’noli falsafiy quyma satrlarda san’atkorona muhrlanadi.

Mustaqillik sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat tubdan o’zgardi. Islom dinining insonparvarlik xususiyatlarini ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o’zgarish A. Oripov ijodida ham o’z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy an’analarini davom ettirish hikmatomuz hadislar talqinida yozilgan qator she’rlarning lirik qahramonlari misolida yigirmanchi asr oxiridagi o’zbek she’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi.

A. Oripov lirikasi orqali o’zbek she’riyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblari manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she’riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, bahtiyorlik haqida ko’tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzu she’r emas, balki she’rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she’rning qanday yozilishidan ko’ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanaladi. Abdulla Oripov tuyg’ulari quruqshagan o’zbek she’riyatiga o’ychil va g’amchil o’y olib kirdi. Bu odam shoirning o’zi edi. Binobarin, bir odam to’g’risida hayqirish, baqirish noqulay bo’ladi, u haqda pichirlab she’r o’qish lozim edi. CHunki shovqin, baland tovush odamni o’zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.

O’tgan asrning 60-70 yillarida Abdulla Oripov she’riyati o’zbek millati tuyg’ularining quruqshab qolishdan saqlab qoldi. SHuning uchun ham shoir o’zbek she’riyatida o’z davrini yaratdi, deyish mumkin. CHunki chinakam iste’dodgina davrning to’siqlari, cheklovlarini yengib o’ta oladi. Har qanday zamon unga o’z ta’sirini o’tkazadi.

Abdulla Oripov she’rlaridagi beadad samimiyat, tuyg’ular chinligi kishini beixtiyor o’ziga asir qiladi. SHoir she’rlari kayfiyat va hisiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg’ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she’r emas, balki ayrim misralarning zalzila paytidagi ruhiy holatini: «Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz» tarzida beradi.

Shoir vatan manzarasini yaltiroq so’zlarsiz, hayqirig’-u da’vatlarsiz samimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun’iylik yo’qligi, yolg’on bo’lmagani uchun ham ta’sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy sezimlarning ishonarli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.

She’rning mohiyati va qimmatini uning mazmuni emas, shu mazmun qatiga singdirilgan dard va uning poetik talqinidagi

mahorat, o’ziga xoslik hamda shulardan nur bo’lib taraluvchi pafos belgilashiga

«Ayol» she’ri yana bir yorqin misoldir.

O’n to’qqiz yoshida beva qolib, sadoqat tufayli, muhabbat tufayli o’z vijdoniga qarshi borolmay, butun umr tanho yashayotgan Ayol qalbida nimalar ro’y berishi mumkin? SHoir shu Ayol vujudidagi kechinmalarni ma’naviy go’zallik, ma’naviy qudrat darajasida yuksaltirib talqin etishga erishadi3:

Sevgidan yetimu umrdan yarim, Qurigan ko’ksida yolg’iz belanchak. Abadiy firoqni, hayhot, do’stlarim, Abadiy visol deb bildi kelinchak…

Yillar ham o’tdilar, hamon u yolg’iz, Mung’ayib termular botuvchi kunga. Ey, nomard tabiat, bormi senda his,

Qaytadan baxt bersang bo’lmasmi unga?!
Nahot, ishq qismati buncha berahm,
Bunchalar buyuksan vafo shevasi.

Sengadir hurmatim, senga sharafim, Qahramon jangchining sodiq bevasi.
She’rdan maqsad faqat sadoqatli ayol sha’nini ulug’lashgina emas. Shoir bu masalada ham xayotning achchiq, shafqatsiz haqiqatini unutmaydi. Muhtarama zotlar ichida barcha birdekmi? Bu nomga dog’ tushirib yurganlar yo’qmi? Shoir suratu siyratlarini fosh etgan holda bunday ayollarning ham umumlashma qiyofasini yaratadi

1.G. Oripova Referat Qo’qon 2011

2. Нўмон Раҳимжонов. «Мустақиллик даври шерияти» «Фан». 2007 й

3. azkurs,org . sayti

Xulosa.


Abdulla Oripov ijodiga nazar tashlab xulosa qiladigan bo’lsak , Vatanga bo'lgan , Onaga bo'lgan va albatta, yorga bo'lgan muhabbatni yaqqol ko'rishimiz mumkin. A. Oripovni tabiat kuychisi yoki tabiatning shoir –rassomi deyish qiyin. Uning lirikasida sof peyzaj she’rlar kam. Lekin hayotning boqiyligini his ettirishi, va shu asosda, inson tirikligining mezoniga aylanishi jihatidan ham tabiat uzviy bog’liqlikda namoyon bo’ladi.

Sirtdan qaraganda ushbu fikrlar erish tuyulishi, shoir lirikasida kuz, bahor, tun, tabiat haqida so’z borsa-yu, peyzaj yo’q bo’lishi mumkinmi, degan e’tiroz tug’ilishi tabiy. Gap shundaki, shoir she’rlarida tabiat maxsus tasvir ob’ekti sifatida namoyon bo’lmaydi. Garchand, shoir she’rlarida tabiatni jonlantirish detallar tarzida mavjud bo’lsa-da, u psixologik holat va manzaralar mazmunini ifodalash uchun xizmat qiladi. («Barglar soyasida o’ynaydi bahor, uyqudagi qizning bedor tushlari»). A. Oripov lirikasida tabiat belgilaridagi insoniy jihatlarni tasavvur etish emas, inson hayotidagi tabiat xossalarini kashf etish ustivor. Abdulla Oripov she‘riyatini xalq ruhining milliy til bilan munosabati nuqtai nazaridan tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu masala shoir she‘riyatida uch xil yo’sinda namoyon bo’ladi.

Birinchidan, shoir she‘rlarida til, milliy til va milliy ruh munosabati, inson qalbi va nutqi yaxlit uyg’unlikda badiiy shakllarda bayon qilinadi. Shoir she‘rlarining zamondoshlari qalbidan o’rin olishi va kelajakda yashab qolish sabablaridan biri ham albatta shu omil bilan izohlanadi.

Ikkinchidan, shoir o’z she‘rlarida bu ijodiy tamoyiliga amal qilib, o’zbekona ruhni milliy til vositasida go’zal ifoda etadi. Shoir she‘riyatida til, ruh yaxlit idrok etilishi bilan birga ona tili ulug’lanadi. O’zga tillarga ham hurmat yuksak darajada bo’lib, buning ibtidosi, albatta, ona tiliga hurmat ekanligi e‘tirof etiladi. Shoir she‘riy asarlari orqali bu ehtiromni ko’rsatdi, albatta. Shu bilan birga Abdulla Oripov tillar orasida ijtimoiy tengsizlik hukm surgan mustabid tuzum davrida ona tili xususida maxsus she‘r yozib, milliy tilning ijtimoiy mavqei himoyachilaridan biri sifatida maydonga chiqdi.

Xullas, Abdulla Oripov she‘riyati tilini poetik o’rganish bir necha aspektlarda olib borilishi mumkin va ularning har birida ijodkorning betakror poetik idroki, poetik so’z qo’llash mahorati namoyon bo’ladi. Shoirning chuqur falsafiy ruh, salmoqdor xalqona badiiy idrok uyg’un bo’lgan she‘riyatida poetik so’z qo’llashida yuksak nutqiy mahoratiga ega ekani ko’rinadi.

1.Asqarova Zilola Bitiruv malakaviy ishi QARSHI – 2012

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.Qalandar Abdurahmonov. “Buyuklar Kahkashonida” G’ G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent – 2018.

2. G. Oripova Referat Qo’qon 2011

3. Shavkat Mirziyoyev: “Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o’rni bilinayotganini his qildim”.

4. Mirvaliyev S., O‘zbek adiblari., Toshkent: “Fan”, –1993.

5.Oripov A., Sohibqiron., Toshkent: “Yosh avlod”, –2019.

6. Abdunazarova Gulmira. Ilmiy-amaliy tadqiqotlari.

7.Afoqova N. Abdulla Oripov lirikasida badiiy san‘atlar: Filol.fan.nomzodi...dis. –Toshkent: 1997.

8.Ashurova G. Abdulla Oripov she’riyatida an‘ana va badiiy mahorat (obraz, gʻoya va tasvir).



9.Matyoqib Qo’shjonov. Onajonim she’riyati. Toshkent. O’qituvchi nashryoti. 1984 y.) 10.Ozod SHarofiddinov «SHe’riyat qalb yolqini» «Hayot bilan hamnafas» kitobi. Toshkent. Yosh gvardiya nashriyoti. 1983 y.

11.Abdulla Oripov. Yillar armoni. Toshkent. G’. G’ulom nashr. 1984.

12.,,Birinchi muhabbatim” – G`ofur G`ulom nomidagi nashryot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2019. Muallif- A.Qodirov

13.,,Saylanma- ,,Tafakkur qanofi” nashryoti. Toshkent-2019. Muallif-A. Oripov.

14. Asqarova Zilola Bitiruv malakaviy ishi QARSHI – 2012

15. azkurs,org . sayti.
Download 78,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish