Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


G'ijduvon shevasi leksikasida dialektal so'z turlari



Download 114,99 Kb.
bet6/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

1.2. G'ijduvon shevasi leksikasida dialektal so'z turlari.
"O‘zbek dialektologiyasi" fanida dialektal so‘z masalasiga jiddiy e'tibor berilmoqda. Hatto, dialektal so‘z maqomi masalasida ham fikr yuritilmoqda.6
Shevalarda asosiy tadqiq obyekti nima deganda, dialektal so‘z deymiz. Sababi, sheva fonetikasi haqida gapiriladimi, morfologiyasi haqida gapiriladimi baribir sheva so‘zlari asosiy e'tiborda turishi tabiiy. Chunki sheva fonetikasida so‘zdagi unli - undoshlar, fonetik hodisalar e'tiborda bo‘ladi. Xullas, sheva so‘zlari ham fonetikanimg ham morfologiyaning tayanch obyekti sanaladi. Morfologiyadagi qo‘shimchalar haqida gapirganda ham dialektal so‘zga qo‘shiladigan va shakl-ma'noga ta'sir qiladigan bo‘lganini bilish uchun ham sheva so‘zlarini tayanch vosita hisoblanadi.
Dialektal so‘z dialektologik leksika va dialektal leksikografiyaning asosiy terminlaridan biri hisoblanadi. Dialektal so‘z haqida gapirganda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi: shevalarga xos so‘z, so‘z birikmasi va iboralar adabiy tilda juda kam qo‘llanishi yoki umuman qo‘llanmasligi bilan ajralib turadi. “O‘zbek tili”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tili leksikologiyasi” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda dialektal so‘z va dialektal ma’nolar to‘g‘risida mulohaza yuritilmagan. Bir o‘rinda “dialektal xususiyatli so‘z” degan jumla uchradi.7Shuningdek, dialektal so‘zlarning turlari to‘g‘risida ham biron bir fikr yo‘q.Sheva so‘zlari termini uslubiy xususiyatlarga ko‘ra takroriylikning oldini olish uchun ikkinchi bir termin bilan dialektal so‘z deyiladi. Ularning badiiy asarlarda qo‘llanish shakllari esa dialektizmlar hisoblanadi. Dialektal so‘z sheva so‘zlari ichida uning leksik-semantik va semantik (dialektal ma’no) xususiyatlari bilan farqlanishi, adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan orfoepik va orfografik me’yorlari bilan adabiy til me’yori va talablariga bo‘ysunmasligi, unda kam ishlatilishi yoki umuman qo‘llanmasligi, ularning tarkibidagi leksik ma’no esa ma’nolar tizimida kam uchraydigan dialektal ma’no ekanligi bilan adabiy tildagi leksik birliklardan farqlanishi bilan ajralib turadi. Ushbu fikrni misollar tahlilida ham ko‘rish mumkin.
Kelišimgä pāvürxānädän ä:qāt ālib kelämän , qäräközlärimgä . Üjgä bögän künlärim kečäsi sämbösä,tüxümbäräk piširämän. Kündüzi bāzārgä čiqārämän. // Kelishimga povirxonadan avqot olib kelaman qaroko'zlarimga. Uyga bo'gan kunlarim kechasi sambo'sa, tuxumbarak pishiraman. Kunduzi bozorga chiqoraman. Ushbu dialektal matndan shu narsa anglashilib turibdiki, sambo'sa va tuxumbarak so‘zlari sheva vakillaridan birining nutqida qo‘llangani uchun hamda ularni shevaning boshqa vakillari tushunishgani uchun ham u dialektal ma’noga ega bo‘lgan deyish mumkin.
Demak, dialektal so‘zlar o‘zicha shakllanmaydi, balki dialektal matn(lar) va u(lar)ning tarkibida shevaga xos leksik birliklar bilan birga qo‘llangani uchun u bir qancha sheva vakillari tushunadigan dialektal ma’noga ega bo‘ladi. Mana shu jarayonlardan keyingina u dialektal so‘z hisoblanadi. Bundan anglashilib turibdiki, dialektal so‘zning maqomi bir jihatdan uning boshqa so‘zlar o‘rtasidagi mavqei va ahamiyatidir. Sheva leksikasi haqida gapirilganda dialektal so‘z, dialektizm va dialektal xususiyatlarining xilma-xilligi haqida o‘z davriga mos holda maxsus to‘xtalingan. Ammo shevaning dialektal leksikasidagi dialektal ma’no(lar) termini va tushunchasi haqida shu vaqtgacha, ya'niki, XXI asrning 20-yillarigacha biron bir mulohaza yo‘q. Bizningcha, sheva leksikasining leksik birliklarida, albatta, dialektal ma’no mavjud. Shuning uchun ular sheva va lahjalararo farqlangani kabi adabiy til leksikasidan dialektal ma'nosi bilan tubdan farqlanib turishi tabiiydir. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, dialektal so‘zlar bu – sheva so‘zlarining boshqa so‘zlar orasidagi huquqi, qo‘llanish va ishlatilish imkoniyati; talqini, tavsifi, izohi va etimologiyasi; o‘ziga o‘xshagan boshqa so‘zlar ichidagi, ham adabiy tildagi so‘zlarga nisbatan dialektal ma’nolari bilan ma’no munosabatlari strategiyasidagi betakroriy mavqeyi va shu mavqeyini asoslaydigan amaliy, shuningdek, nazariy jihatlar nuqtai nazardan dialektal leksika hamda dialektal leksikografik talablarga muvofiq ilmiy tadqiq etilishidir. T.Enazarov va boshqalar tayyorlagan “O‘zbek dialektologiyasi" o‘quv qo‘llanmasi 2012-yil nashr etilgan. Bu qo‘llanma oldin yaratilgan ilmiy adabiyotlardan farq qiladi, nisbatan dialektal so‘zlar masalasiga doir amaliy va nazariy qoidalar bilan to‘ldirilgan. Tadqiqot ishimizning ilk bobini yoritishda ushbu qo‘llanmadagi fikrlarni o‘rganish foydadan holi emas, deb bilamiz. Qo‘llanmaning kirish qismida shevashunoslikka oid amalga oshirilgan ishlar xususida tanqidiy-tahliliy fikrlar bildirilgan. Bu qo‘llanma bir-biriga bog‘liq bo‘lgan o‘n bitta qismdan iborat ekanligi mualliflar tomonidan qayd etilgan. Sohaga oid mavzularni mazmundorlik va keng qamrovli masalalarga munosabat bildirilish nuqatayi nazardan kelib chiqqan holda ushbu qo‘llanma bir muncha puxta ishlab chiqilgan. Shuningdek, dialektal so‘zlar turlarga ajratish masalasiga e'tibor qaratilganligini inobatga olib, berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganib chiqdik. Qo‘llanmaning "O‘zbek shevalari leksikasi va so‘z yasalishi "mavzusida dialektal so‘zlar turlarga ajratilib chiqilgan hamda har biriga qisqa nazariy tavsif berilgan. Xususan, quyida ularning har birini maxsus keltirishni va munosabat bildirishni o‘rinli hisoblaymiz:
1.Etnografik dialektal so‘zlar. O‘zbek adabiy tilida ham, shevalarimizda ham xalqimizning asrlar davomida shakllangan juda qadimgi turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va ma'naviy madaniyati bilan aloqador ko‘pgina so‘z, terminlar mavjud. Lekin bu xil so‘zmushtaraklar adabiy tildagi etnografizmlar ham, adabiy til va shevalar uchun bo‘lgan adabiy-dialektal etnografizmlar ham, faqat sheva, dialektlarga xos etnografik so‘zlar ham bir-birlaridan farqlangan holda tatqiq etilmagan8.
Bunday so‘zlar adabiy tilda kam, shevalarda anchagina uchraydi. Demak, etnografik-dialektal so‘zlarning dialektal lug‘at ( DL) larini tuzish lozim.9

Bu holatda etnografik dialektal so‘zlarga munosabat bildirishda uning xususiyati to‘liq izohlanadi. Etnografik dialektal so`zlarning dialektolgik lug'atini tuzish lozim. Bunday lug‘atlar tuzish va umuman shevaga oid lug‘atlar yaratish masalasini darslikda "Dialektologik lug‘atshunoslik muammolari” sifatida alohida mavzuda o‘rganish to‘g‘riroq bo‘ladi, nazarimizda.


2.Leksik-semantik dialektal so‘zlar. Shevalardagi so`zlar adabiy tildagi, shuningdek, boshqa biror sheva, dialektdagi xuddi o‘sha xil so‘zlardan ma'nosiga ko‘ra farqlanadigan bo‘lsa, ular leksik-semantik dialektal so‘zlar guruhini tashkil etadi.
3. Leksik-fonetik dialektal so‘zlar, ya'ni shevada jiddiy fonetik o‘zgarishlarga uchragan so‘zlar. F.Abdullayev fonetik o‘zgalik ma'nodagi o‘zgalik bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday so‘zlar lug‘atga kiritilishi kerak, deydi. Ayrim dialektologlarimiz esa DLda fonetik o‘zgarishli, ammo ma'no o‘zgaligiga ega bo‘lmagan so‘zlar mustaqil so‘z sifatida berilmaydi deyishadi. Bu fikrga qo‘shilish qiyin, chunki shevalarimizda mavjud bo‘lgan xilma-xil fonetik hodisalar sababli adabiy tildagi ba'zi so‘zlar shu qadar o‘zgarib ketadiki, hatto ularning qanday so‘z ekanligini izohsiz aniqlab bo‘lmaydi:
a) Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa shevalarda jdav so‘zi bor. Bu so‘z y->dj- hamda g‘ > -v tovushlari o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lgan adabiy tildagi yog‘ so‘zining aynan o‘zidir. 10
Dialektal so‘zlarning bu turi haqida gapirayotganda dialektolog olimlarning qarama-qarshi fikrlarini keltirish bejizmas. Maqsadimiz o‘zbek xalq shevalarini tadqiqot qilish ekan, dialektogik elementlarni bee'tibor qoldirmasligimiz zarur. Bizning nazarimizda esa dialektal so‘zlarning bu turini o‘rganish va lug‘at tarkibiga izohlar bilan kiritib, shevalarni asl holatda talqin qilish imkoniyatini saqlab qolish kerak.
4. Leksik-derivatsion dialektal so‘zlar. Adabiy tilda yoki faqat shevalarda mavjud bo‘lgan xilma-xil so‘z yasovchi affikslar shevalardagi so‘zlarga yoki adabiy til va shevalar uchun mushtarak so‘zlarga qo‘shilishi natijasida sheva, dialektlarda adabiy tilda uchramaydigan dialektal so‘zlar vujudga keladiki, ularni leksik-derivatsion dialektal so‘zlar deb atagan ma'qul.11

5. Morfologik dialektal so‘zlar. Adabiy tilda va shevalardagi so‘z o‘zaklariga forma yasovchi affikslarni qo‘shish orqali vujudga kelgan morfologik-dialektal so‘zlar turli xil bo‘lib, ular odatda, forma yasovchi affikslarning birgalikda qo‘llanishi, turli xil fonetik o‘zgarishlarga uchrashi yoki faqat shevalarga xos forma yasovchi affikslarning qo‘shilishi natijasida shevalarda (adabiy tilda uchramaydigan) opangla -opanglar; otaluvi - otalari; hammaliysi - hammalari singari anchagina morfologik dialektal so‘zlar paydo bo‘lgan. Morfologik dialektal so‘zlar haqidagi fikrlarni qabul qilsa bo‘ladi, albatta.


6. Frazeologik-dialektal so‘zlar. O‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan, adabiy tilda uchramaydigan yoki uchrasa ham, ma'no farqlanadigan frazeologik iboralar, birikmalar bir butun, yaxlit holdagina biror ma'noni, odatda, qo‘shimcha ko‘chma ma'noni anglatadi. Ilmiy manbalarda dialektal so‘z tushunchasi haqida yangicha qarashlar ilgari surilmoqda. Natijada, dialektal so‘zning quyidagi ko‘rinishlari borligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Biz tadqiqot ishimizda mazkur dialektal so‘zlarning turlari xususiyatlarini, farqli jihatlarni dialektal misollar bilan izohlashni o‘rinli deb hisoblaymiz:

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish