I bob. Sheva leksikasi va dialektal so‘z turlari
1.1. Sheva leksikasi tushunchasi.
Ма’lumki, dialektologiya tilshunoslikning keng qamrovli, bahs-munozaraga boy, adabiy til qatlamini doimiy boyitib boruvchi sohasi sanaladi. Magistrlik dissertatsiyamizning dastlabki bobida sheva leksikasi bu sheva sozlari, dialektal so‘zlar esa sheva so‘zlarining matnlardada qo‘llanilgan ko‘rinishlari sanalishini e’tiborga olish lozimligini ta’kidlamoqchimiz.
O‘zbek shevalari o‘zbek milliy tilining tarkibiy qismi sifatida umumiy leksik qatlamga egadir har bir shevaning leksik qatlami o‘sha shevaning hayotiy zarur so‘zlarini qamrab oladi. O‘zbek shevalari leksikasi keng tushuncha bo‘lib, u quyidagi ma’nolarda tushunilishi mumkin:
1. O‘zbek tilining shevalaridagi lug‘at qatlamining barcha sohalariga
oid so‘zlar yig‘indisi.
2. Muayyan shevaga xos barcha so‘zlar yig‘indisi.
3. Har bir shevaning o‘ziga xos so‘zlari. Bunday so‘zlar o‘zbek adabiy tilida kam qo‘llanadi yoki qo‘llanmaydi, lekin ular adabiy tilning boyish manbalari hisoblanadi.
“O‘zbek tili leksikologiyasi‘” nomli kitobda o‘z qatlam, qadimiy turkiy til so‘zlari deb berilgan leksik birliklarning juda ko‘pchiligi hozirgi o‘zbek shevalarida qo‘llaniladi. Shu kitobning “Og‘zaki nutq leksikasi” nomli bo‘limida sheva so‘zlari og‘zaki nutq leksikasi deb berilgan. E. Begmatovning “Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари” nomli kitobida sheva leksikasi haqida gapirilmaydi, lekin
sheva so‘zlaridan bir qanchasi berilgan4
Ma’lum hududda qo’llanilib, shu hudud (territoriya) aholisi (vakillari) uchungina tushunarli bo’lgan so’zlar sheva so’zlari yoki dialektal leksika deyiladi. Bunday so’zlar badiiy adabiyotlarda dialektizmlar ham deb yuritiladi.
Sheva so’zlari adabiy tildan uch xususiyatiga ko’ra farqlanadi:
a) fonetik xususiyatiga ko’ra: aka-oka, bola-bala, dada-doda, kovush-govush,edi-jedi. b) leksik xususiyatiga ko’ra: kartoshka-barang, yong’oq-g’o’z, g’isht-karvich, buzoq-o’jak, narvon-shoti. v) grammatik xususiyatiga ko’ra: oshni-oshti, kelyapti-kevotti, boramiz-boravuz, bobomga-boboma.
Dialektolog olimlar sheva leksikasi haqida gapirganda dialektal so‘z,
dialektizm va dialektal xususiyatlarining xilma-xilligi haqida
gapirishgan.
Dialektal so‘z bu - shevalarda faol qo‘llanib, adabiy til sathida kam
yoki umuman qo‘llanmaydigan leksik birliklardir. Bunday leksik birliklar sheva
vakillari nutqida faol ishlatiladi. Shuning uchun ham ular
qatnashgan matnlar dialektal matnlar hisoblanadi. Ular o‘zbek
dialektolog olimlarining asarlarida maxsus o‘rganilmagan, tadqiqotlar
olib borish jarayonida sof leksik dialektal so‘zlar, frazeologik va leksikfonetik o‘zgarishlarga uchragan dialektal so‘zlarni u yoki bu darajada
qayd etib o‘tishgan. “Sheva leksikasini o‘rganish bir shevaning yoki
o‘xshash shevalar guruhning leksikologiya tahlili bilan birlikda o‘sha
shevaning umumiy xususiyatini yaratish -jamlash
imkoniyatini beradi”5.
Mazkur lahja vakillari, asosan, shahar va shahar tipidagi shevalarni va
dialektlarni qamrab oladi. Fanda bu lahja qisqacha qarluq lahjasi deb ham
yuritiladi. Bu lahjaga kirgan shevalarning aksariyati turkiy tillarga xos
bo‘lgan singarmonizmni yo‘qotgan. Bundan shimoliy o‘zbek shevalarimustasnodir.Bu lahjaning boshqa lahjalardan farqi uning singarmonizmni saqlashiga ko‘ra ikki guruhga ajralishidir, ya’ni shahar va shahar tipidagi shevalarda singarmonizm qonuni amal qilmaydi (uning ayrim
ko‘rinishlarigina mavjud bo‘ladi), shimoliy o‘zbek shevalarida esa
singarmonizm saqlanadi. Shuning uchun ham shahar va shahar tipidagi
shevalarda unlilar 6, 7 tadan (э/а, o/o, y/u, ъ/i, e/e, a/a, э/a) oshmaydi. G‘ijduvon tuman shevasida esa farqli ravishda 8 ta unli (e, i, ā, ä, u, ü, o, ö) mavjud. Orqa qator unlilar (a, ï ) ishlatilmaydi.
Bu lahja shevalari uch guruhga bo‘linadi:1. Toshkent guruhi shevalari. Bunga Toshkent, Parkent, Piskent, Yangiyo‘l kabi shevalari kiradi.2. Farg‘ona guruhi shevalari. Farg‘ona vodiysida joylashgan hududlar kiradi.
3. Samarqand-Buxoro guruh shevalari. Bu guruhga Samarqand, Buxoro, Qarshi, Koson, Chust, Xo‘jand kabi shevalar kiradi.
Fonetik xususiyatlari:
- а unlisi boshqa shahar shevalaridan farqli ravishda o unlisiga yaqin, ya’ni qisman lablangan: oldim ~ оllim, bozor~ ba(o)za(o)r-so‘zning ikkinchi bo'ginida adabiy tildagi i unlisi “u” ga o‘tadi: xotin ~ xatun, dori ~ doru;
- y/x/h undoshlaridan oldin adabiy tildagi u unlisi o ga o‘tadi: uyqu ~ ojqu, suhbat ~ sohbät, guruh ~ guroh;
- s/ g‘/g /y undoshlaridan oldin "o" unlisi "u"ga o‘tadi: o‘gay ~ ugaj, o‘sma~ usma, bog‘ma ~ bug‘ma;- ba’zi so‘zlarda i unlisi “e”ga o‘tadi: mix ~ мex, tig‘ ~teg‘, umid ~ umed;
- x, h undoshlari farqlanadi: хоn~ xan, hol ~ hal;
- l undoshi bilan tugagan so‘zlarga d undoshli affiks qo‘shilganda, progressiv assimilatsiya yuz beradi: oldim ~ allim, keldim ~kellim, aldap ~ allap;
Morfologik xususiyatlari:
- jo ‘nalish kelishigi affiksi o‘rin-payt kelishigi ma’nosini ham ifodalaydi: U katta akasija xurmaja qa
- hozirgi zamon davom fe’li ~ āp affiksi bilan ifoda qilinadi: kelyapman ~ kelāppan, s‘rayapsan ~ sorāpsän,ko‘ryapti ~ ko‘rāpti;- uzoq o‘tgan zamon fe’lida tuslovchi affikslar qatnashmasligi
mumkin: man kelgan / san kelgan / u kelgan // biz kelgan / siz kelgan
/ ular kelgan;- o‘tgan zamon hikoya fe’lida - aplar (bo‘lishsizi-mas) sifatdosh affiksi tarkibidagi p/r, bo'lishsizidagi s undoshlari j undoshiga o‘zgaradi: kelar edim ~ keläjdim, kelmas edim ~ kemajdim, kelar ekan ~ kelajkan, kelmas ekan ~ kemäjkan, kelmas emish ~ kemajmis
Do'stlaringiz bilan baham: |