Tänör // tano'r - adabiy tilda tandir. Bu leksema fonetik o‘zgarishga uchragan holda G‘ijduvon shevasida qo‘llanadi. Tänörim qizidi, tez -tez nānläni jāpip āläj.(Tandirim qizidi,tez-tez nonlarni yopib olay.)
Pöstäk // po‘stak - oshgan xamir yoki xamrosh kabilarni yoyish, ularga shakl berish uchun ishlatiladigan dasturxonsimon uy anjomi. Pöstäk intizār bölib, āčiq qālip ketsä,üjdän bäräkä ketädi. Išiɳni bölib ɣäbärri jiɣištirip täšä.(Po‘stak intizor bo'lib,ochiq qolib ketsa,uydan baraka ketadi. Ishingni bo‘lib g‘abarri yig‘ishtirib tasha.)
Ševän // shevan - bu leksema ham shevaga xos bo‘lib,lag‘mon, ugra,qayish kabilarning xamirini tekis, chiroyli yoyilishi uchun supra ustiga qo‘yib ishlatiladigan taxtasimon uy buyumi. Xämrāšni jāzib bölip,ševänni čaɳ bomäsin deb xältäsigä sāllim.(Xamroshni yozib bo‘lip, shevanni chang bo'masin deb xaltasiga sol
Öɣirčä // o‘g‘ircha-biror narsani maydalash uchun ishlatiladigan, yog‘och yoki metaldan yasalgan idish. O‘zbek adabiy tilida bu kabi uy-ro‘zg‘or buyumi hovoncha deyiladi. O‘g‘ircha bu shevada ko‘proq murchni mayadalab, kukunsimon qilish uchun ishladi. Bijim här dājim ezilmägän qim:ät mürčlädän ālip kelip ,öɣirčäjä ezib išlätäjdilä. Äččig'i jäxši čiqädi deb (Buvim har doim bozordan ezilmagan qimmat murchlardan olib kelib,o‘g‘irchaga ezib ishlataydilar. Achchig‘i yaxshi chiqadi deb.)
Klavat // klavat so‘zi bu shevada yog‘och yoki metal buyumdan ishlangan bo‘lib, to‘rt oyoqli, yoz kunlarida soya-salqin joyga o‘rnatilib, ustiga to‘shak to‘shab o‘tiriladigan uy- ro‘zg‘or buyumidir. O‘zlashgan so‘z. Klävätgä žoj täxlä, kečgä zor jäxtäkkinä bolädi (Klavatga joy taxla,kechga zo'r yaxtakkina bo'ladi). Ushbu so‘zning kärvāt // karvot shakli ham bu sheva vakillari nutqida uchraydi. Bu sheva so‘zlari o'zbek tiliga ruschadan o‘zlagan karavot so‘zining fonetik jihatdan o‘zgargan ko‘rinishdir.
Tikuvchilikda, ko‘rpa qavishda, qalin bo‘lgan narsalarni tikish uchun ishlatiladigan yo‘g‘on igna adabiy tilda juvoldiz deb ataladi, bu shevada esa tivānä ignä // tivona igna deyiladi. Tivānä ignäm sinni, bäšqäsi jāɣejdi,girdixānä körpälärimni tikāmäjāpmän.(Tivona ignam sindi,boshqasi yog‘eydi, girdixona, ko‘rpalarim tikomayapman.) Üjmoq // uymoq - ish tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metall buyum. Bu so‘z o‘zbek tilining izohli lug‘atida angishvona tarzida berilgan. Üjmāq išlatïšni orgänsäɳ tïkïš änča āsān bolädi.( uymoq ishlatishni o‘rgansang tikish oson bo‘ladi). Bizning e’tiborimizni tortgan holatlardan yana biri tadqiqot olib borilayotgan hududda ko‘rpachalarni har xil nomlar bilan atalishi bo‘ldi. Girdixānä //girdixona - dasturxon, xontaxta atrofiga solib o‘tirish uchun mo‘ljallangan, ensiz, uzun ko‘rpachaga nisbatan ishlatiladigan leksema. Dävrixānä //davrixona -mehmon kelgan paytdagina to‘shaladigan yangi ko‘prachalar bu sheva vakillari nutqida shunday nomlanadi. Bistär // bistar - fors-tojik tilidan o‘zlashgan leksema , ko‘rpato‘shak. Adabiy tilda eskirgan so‘z, lekin o‘rganilayotgan shevada ma'no saqlangan. Yangi kelin-kuyovlar uchun tikiladigan ko‘rpa turi. Yosh oila uvali-juavali bo‘lsin deb ichiga tariq solinadi. Män kelinimgä hämmä girdixānä-ju dävrxānäläni,kättä körpä-ju, bistärlärigäčä tiktirip täx qilib qoydim.(Men kelinimga hamma girdixona-yu davrixonalani, katta ko'rpa-yu, bistarlarigacha tiktirib tayyor qilib qo‘ydim)
Kämpäl // kampal - kuz va bahor faslida, ustimizga yopib yotish uchun mo‘ljallangan, ko‘rpaga nisbatan yupqa, bir kishilik ko‘rpa.
Täxpöš // taxpo‘sh-beshik ichiga to‘shaladigan ikki qavat ko‘rpachaning nomi.Tojik tilidan o‘zlashgan bo‘lib "taxta" va " po‘sh" leksemalaridan iborat.
Däkänäčä // dakanacha uyning kiraverish poygak qismiga, oyoq tagiga to‘shalgan kichikroq to‘rtburchak ko‘rpacha nomi.
Čäɣüt // chag‘ut - uvada paxta. Ko‘rpachalarning eskirgan uvadasi chiqqan paxtasi. Boshimizga qo‘yib yotishga mo‘ljallangan uy-ro‘zg‘or buyumi adabiy tilda yostiq deb yuritiladi, ushbu sheva vakillari ham jästüq // yastuq deb,fonetik o‘zgarishga uchragan holda aytadilar. Uning suyanchiq lo‘la yastuq kabi turlari mavjud. Lo‘la esa, yonboshlab yotganda suyanish uchun moslashtirilgan bo‘lib, shakli ham shunga mos uzun, qovunsimon bo‘lib, yumalatishga moslashgan bo‘ladi. Mehibon yastuq degan yostiq turi ham mavjud. Bu yostiq kelin-kuyovlar uchun katta qilib alohida tikiladi.
Činivār // chinivor - chinnilar to‘plami. Har bir ayolning bisotida bo‘ladigan kosa, likopcha, choynak, piyola kabi idishlardan tuzilgan bir to‘plam.
Däsmāl/dasmol - qozon sochiq.
Dästäxān/Dastaxon – non va ovqatlar qo‘yiladigan material. Me:mānlaja kättä güllik dästäxānni jāz.(Mehmonlaga katta gullik dasturxonni yoz)
Täväxčä // tavaxcha- likopcha. Qand- qurs,shirinliklar soladigan kichikroq likop. Känfit, bādāmläni täväxčälägä sālib täxläb qoy. Me:mānlä kegän väx pätirläb qāmäjsän.(Konfet, bodomlarni likopchalarga solib tayyorlab qo‘y. Mehmonlar kelgan vaqt shoshilib qolmaysan.)
Läli // lali - qand-qurs, meva-cheva kabilarni solib, dasturxonga qo‘yish uchun mo‘ljallangan keng idish. Adabiy tilda patnis deb ataladi. Lälidägi närsäläni bāxär bolip me:mālägä etib qoj.(patnisdagi narsalani ehtiyot bo‘lib mehmonlaga etib qo‘y.)
Bādbezäk // bodbezak - yelpig‘ich. Yelpish uchun ishlatiladigan yarim doira yoki doira shaklidagi buyum. G‘ijduvon tuman shevasida bu leksemaning qishloqlar bo‘yicha ma'no farqlarini uchratdik. Xususan, Ko‘shk qishlog‘ida bādbezäk leksemasi osmonda uchiriladigan varrak ma'nosida ishlatiladi. Yelpish uchun ishlatiladigan buyum esa adabiy tildagi singari yelpig‘ich tarzida qo‘llanadi. Tumanning boshqa qismida, ya'niki, tojik tilida ham so‘zlasha oladigan Zarangari QFY aholisi varrak uchun bādbäräk, yelpig'ich uchun esa bādbezäk kabi alohida alohida leksemalarni qo‘llashadi. Demak, bu leksemamiz sheva vakillari nutqida qo‘llanganda, uning omonimlik xususiyati kelib chiqmoqda.
ɣulbä // g‘ulba - tashqaridagi katta ariqdan uy ichiga suv olib kirish uchun foydalaniladigan quvur.sheva vakillari orasida bu leksemaning ɣulvā/g'ulvo shakli ham ishlatiladi. Kečgä ɣulbäni āčib qojsäk jer änčä sü:gä töjadi. (Kechasi g‘ulbani ochib qo‘ysak yer ancha suvga to‘yadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |