Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi



Download 114,99 Kb.
bet13/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

7. Frazeologik dialektal so‘zlar – o‘zbek sheva, dialektlarida mavjud bo‘lgan, adabiy tilda uchramaydigan iboralardir. Misollarga murojaat qilsak:
Äjāɣini täjigä ālli-urish , do‘pposlash. Bäččäligimgä räisni māllärini bilmäj šünäj qilib qājādim. Änäkün bät mäni šünäj äjāɣini täjigä ālājdi:. Bir ümr esimdän čiqmäjdi // Bolaligimda raisni mollarini bilmay shunday qilib qo‘yodim. Ana keyin meni shunday oyog‘ini tagiga oldi. Bir umr esimdan chiqmaydi. Berilgan gap tarkibidagi äjāɣini täjigä ālli // oyog‘ini tayiga oldi -dialektal frazeologizmi urish , do‘pposlash, kaltaklash ma'nosida kelyapti.
Tišimni etib jüripti - jahlini chiqazib yurmoq. Biror insonning yaqini o‘sha odamga yoqmaydigan ishlar qilib yuribdi,ammo bu odam bu nobaqbul ishlarni qilma deb o‘z yaqiniga aytolmaydi, andisha qiladi, ko‘nglini og‘ritishdan qo‘rqadi. Shu ma'noda biror boshqa kishiga gapirib qolganda falonchi tishimni etib yuripti iborasini qo‘llaydi.
Tili bir qärič -har gapga bir gapi bor, ko‘p gap qaytaradigan xotin qizlarga nisbatan qo‘llanadigan ibora. Özi mižmüriq bosa, jāshijam māndān kičik, lekin til bir qärič, tilni tijišni bilmäjdi // o‘zi mijmuriq bo‘lsa, yoshiyam mendan kichik, lekin til bir qarich, tilni tiyishni bilmaydi.
Gülgä ötirdi-uzumning gullashi. Bājläb čiqqännän kijin 5-mäjdän üzümlä gülgä ötirädi. Üšä gülgä ötirgän päjt hič kim kirmäsligi keräk // Bog‘lab chiqqandan keyin 5-maydan uzumlar gulga o‘tiradi. Ushbu gapimiz uzumchilik sohasida ishlovchi sheva vakilidan yozib olingan. Uzumning gulga o‘tirishi bu uning gullashi ma'nosida ishlatilar ekan. Albatta bu so‘z so‘zlovchi tomonidan izohlab, tushuntirib berilgandan so‘nggina bizga ham ma'nosi tushunarli bo‘ldi. Bu iboraning antonimi esa guldan chiqdi ekanligi ham shu sheva vakili bilan suhbat jarayonida aniqlandi. Ya'niki gulini to'kdi ma'nosida. Änä šü bilän gülgä ötirsä ägär, 25-mäjgä borib güldän čiqädi // Ana shu bilan gulga o‘tirsa agar,25-mayga borib guldan chiqadi
Ärqäsi tütdi-jazavasi qo‘zimoq E: bäčäm änävi Sänjär devnägä gäpirib bömäjdi, qitti zijāti gäpirsäɳ bir ärqäsi tütädi, hič kim bäžärāmäjdi kijin üni. /eee bolam anavi sanjar devonaga gapirib bo‘lmaydi, ozroq gapirib qo‘ysang bir orqasi tutadi hech kim bajarolmaydi keyin. Gap mazmunidan anglashilyaptiki, Ärqäsi tütmoq // arqasi tutmoq iborasi juda jahli tez, badjahl odamlarga nisbatan ishlatiladi.
Hävā jüdā: issiq. Köčädän jürägim küjib kellim, tez-tez su: be./Havo juda issiq . Ko‘chadan yuragim kuyib kellim,tez-tez suv ber. Yuqoridagi gapda qo0llangan Jürägi küjmoq iborasi sheva vakillari nutqida chanqamoq ma'nosida ishlatilishi gap mazmunidan ham ko‘rinib turibdi. Yozning issiq kunlarida harorat shunchalar baland ko‘tariladiki,bu qizish natijasida inson tanasining ichki qismida bo‘lgan yurak ham qizib chanqash holati yuz beradi.
Tümšüɣini āsdi-juda xafa bo‘ldi. Kičkinä kelinni üjgä qājib ketgänim üčün bir hafta tümšuɣini āsib jürdi // Kichkina kelinni uyga qo‘yib ketganim uchun 1 hafta tumshug‘ini osib yurdi. Bu ibora ham salbiy ma'nodagi ibora bo‘lib kimdandir xafaligini bildirish uchun chehrasini ochmay, qovoq - tumshuq qilib yuradigan insonlarga qarata aytiladigan dialektal frazeologik so‘zdir.
Källämni šiširmä - boshimni qotirma. Biror muhim ish bilan band kishi xayolini boshqa narsalar bilan chalg‘itadigan odamni o‘zidan uzoqlashtirish ma'nosida qo‘llaydigan ibora. Kärim, ükä, mäni källämmi šiširmä, qoliɳdän kesä qi ! // Karim, uka, meni boshimni qotirma, qo‘lingdan kesa qi !
Kallam bilan javob beraman -aytgan so‘zim chin ma'nosida. Har qilgan ishiga, gapirgan gapiga javob bera oladigan, mas'uliyatli shaxslarga nisbatan qo‘llanadi. Gapirgan gapi rostiligi isbotlash uchun o‘rtaga boshini qo‘yib qasam ichganligini bildiruvchi frazeologik dialektal so‘zdir.
Süqmä qāšiq-har gapga va ishga qo‘shiladigan kishi. Adabiy tildagi burnini suqdi, tumshug‘ini suqdi iboralariga to‘g‘ri keladi. Süqmä qāšiqlik qilib hämmä gäpgä qošileveräsäne:, Väsilä // Suqma qoshiqlik qilib hamma gapga qo‘shileversanee, Vasila.
Yuqoridagi iboralar va ularning ma'nolariga e'tibor bersak, tekshirilayotgan shevamizda salbiy xarakterdagi frazeologik dialektal so‘zlarni ko‘proq uchratamiz. Ijobiy ma'nodagi iboralar ham bu sheva vakillari nutqida ishlatiladi, ammo bunday ma'nodagi iboralar adabiy tildagi frazeologizmlar bilan deyarli o‘xshash va hammaga tushunarli bo‘lgani uchun ularni tadqiqotimizga kiritishdan biroz chekindik.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish