Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Binokorlikka oid dialektal so‘zlar



Download 114,99 Kb.
bet18/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

3. Binokorlikka oid dialektal so‘zlar.
Ābitärāzi // obitarozi -qurilgan inshootning yuzasini, eshik derazalarining past balandligini tekislash uchun ishlatiladigan tarozi turi;
Sinž // sinj - yog‘och poydevor;
Bālār // Bolor - imorat tomiga ko‘ndalangiga tashlanadigan yog‘och; to‘sin;
Mäklävitsijä // maklavitsiya - devorga rang surtishda ishlatiladigan to‘rtburchak cho‘tka turi;
Näždäk // najdak - jilvir qog‘oz. Qayroq qum qoplangan qog‘oz yoki mato. buyumlarning sirtini silliqlash, sayqallash, jilolash uchun ishlatiladi;
Sävābčä // savobcha - loy, sement kabilarni olib tashlash uchun ishlatiladiga kichik dastalik kosacha;
Välik // valik - g‘ildirakli yuritgichi bor cho‘tka turi;
Pärdevol // pardevor - tomdagi bolorlar orasini yopish uchun terilgan g‘ishtdevor;
Ɣorägil // g‘o‘ragil - tom bostirish uchun maxsus tayyorlangan loy
Tägir // tagir - birinchi suvoqlash;
Röjgir // ro‘ygir - ikkinchi suvoqlash;
Čäspäk // chaspak-eshikning oshiq -moshig‘i;
Pätälog // patalog - uyning tepasi, shift qismi;
Täpčän // tapchan - uy ichidagi so‘ri;
Pänžäkäš // panjakash -loysuvoq. Devorni panja bilan iz qoldirib suvoqlash;
Mädon // madon - hujra. Turli buyumlarni saqalaydigan xona yonidagi kichkina xona;
Teräskä // teraska - oldi katta shisha oynlali uy. Yoz kunlari uchun juda qulay, salqin keng uy ;
Ändävä // andava -loy suvoq va loy suvoqda foydalanadigan asbob nomi;
Čöpkori // cho‘pkori -yog‘ochdan qilingan imorat;
4. Kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi dialektal leksemalar.
Inson yashash va faoliyat ko‘rsatish uchun, albatta, kiyim-kechaklar zarurligi tabiiy holdir. G‘ijduvon shevasi vakillari boshqa sheva vakillari kabi kiyim-kechak nomlariga ham turlicha nom berishgan. Bu shevaga xos dialektal so‘zlarning ko‘payishiga turtki bo‘ladi. Dialektal so‘zlarning bu turi boshqa shevalardagi singari G‘ij.shevasida ham fonetik o‘zgarishlar bilan faol qo‘llanadi
Röpākčä // ro‘pokcha-chetlariga gul tikilgan belni bog‘laydigan to‘rtburchak mato.Ayrim shevalarimizda qiyiqcha, belbog‘ shaklida qo‘llanadi. Ko‘pincha to‘y marosimlarida kuyov bola, aza marosimlarida barcha erkaklar bog‘laydi. E, Sanobar,müllāgä röpākčä mäjdä-čüjdä täxlädiɳmi? Mullā bāvā ketäjkāniga beramiz.(Mullaga belbog‘ga mayda - chuyda tayyorladingmi? Mulla bobo ketadigan payt beramiz.)
Šäppösh // shappo‘sh -yupqa yozgi bosh kiyim turi. fors-tojik tilida "shab" -kecha, "po‘sh"-kiymoq.Kechqurun kiyib yotiladigan bosh kiyim. Mäjdäčägä birtä šäppöš āläjlik, sāčini ālämiz üšängä kijädi.(Mittivoyga bitta shappo‘sh olaylik, sochini olamiz,o‘sha paytga kiyadi)
Jäktäk // yaktak - yupqa astarsiz chopon. Jäktägiz könä bölipti, jäɳgisini tiltirämiz.(Yaktagiz eski bo‘libdi, yangisini tiktiramiz.)
Kelin uy bezaklari nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar
Sözäni // so‘zani - yig‘ilgan ko‘rpa to‘shaklarni ustini yopib turuvchi gullik mato. Kelinlärimgä hämmä sözäniläni özim qigänmän.(Kelinlarimga hamma so‘zanilarni o‘zim qilganman.)
Büɣčäpeč // bug‘chapech - yangi kelin kiyimlarini kuyovnikiga olib ketilayotganda ishlatiladigan, quroqlardan tikilgan kattaroq mato. Tuguncha. Ämmäm mäni sepimgä qurāqlädän büɣčäpeč tikib bergändilä(Ammam mani sepimga quroqladan bug'chapech tikib berganidila.)
Täkijäpeč // takiyapech - so‘zani ustidan yopiladigan,o‘lchami ham so‘zaninikidan sal kichikroq, popop gullari bilan bezalgan mato. Kelingä täkijäpečni bāzārdän āsä ärzon tušädi. (kelinga takiyapechni bozordan osa arzon tushadi.)
Ājnäxältä // oynaxalta - bu leksema ham yangi kelinchaklarning uy anjomlari soladigan xaltaga nisbatan aytiladi. Bu xalta darvishlar xaltasiga o‘xshash bo‘ladi,ammo hajmi kichikroq, ko‘rinishi ham kelinlarga xos turli gullar bilan bezak berilgan bo'ladi. Oynaxalta asosan, qaychi,ip igna, oyna kabi buyumlarni solib,tartiblash qo‘yish uchun ishlatiladi.
Devori käštä // devori kashta - devorni bezash maqsadida matolarga kashta tikib osilgan uy bezagi.
Pärpeč // parpech - chaqaloq o‘raydigan mato, fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘z. Adabiy tilda va boshqa ko‘pgina shevalarimizda yo‘rgak tarzida qo‘llanadi. Čäqälāqni pärpečläb qāysäɳ, qimirlämäj jäxši uxläjdi.(Chaqaloqni yo‘rgaklab qo‘ysang, qimirlamay yaxshi uxlaydi.)
Tār ip // tor ip - kelin kiyimlarini ilib qo‘yishi uchun uyning bir chetidan boshqa bir chetiga tortilgan ip. Kelin ko‘rdiga kelgan yanga- qizlarga kelin ko‘ylaklarini ko‘rsatishning bir usuli.
Kälpöš // kalpo‘sh - do‘ppi. O‘zbek milliy bosh kiyimi hisoblangan do‘ppi G‘ijduvon shevasida, umuman, Buxoro hududidagi barcha shevalarda kalpo‘sh tarzida aytiladi. Do‘ppi leksemasining bu shaklda ishlatilishi G‘ijduvon shevasiga ham fors-tojik tilining ta'siri borligini ko‘rsatadi. kälpöšni här xel gülligidän berijārdim, xā:lägäniɳni tänläb ālever.(do‘ppining har xil gulligidan berib yubordim, xohlaganingni tanlab olaver)
Ičikčä // ichikcha - yengsiz paxtali kamzul turi.G‘ijduvon hududida asosan bu leksema ayollar kiyadigan kiyim turiga nisbatan ishlatiladi.
Pešvä // peshva - ayollarning taziyada kiyadigan maxsus kiyimi.
Pešānäbänd // peshonaband - ro‘mol. Ko‘pincha katta yoshdagi buvilar tilida ishlatiladi.
Kültäpöšäk // kultapo‘shak -o‘rta va keksa yoshdagi ayollar taqadigan bosh kiyim. Beshik to‘yida bolani onasiga oq marlidan salla qilib boshiga o‘raladi. Kultapo’shak kiydiriladi, bu yosh kelinchak ayollar safiga kirganini bildiradi
Güppičä // guppicha - qalin,yengsiz, kalta chopon turi;
Mükki // mukki -paypoqning bir turi. Qishda oyoqni issiq saqlash uchun paypoq ustidan kiyiladigan to‘qilgan oyoq kiyim. Bäčäm mängäm bittä mukki töqib be,ävvälgisi jirtilip tämām bögän.(bolam mengayam bitta mukki to‘qib ber. Avvalgisi yirtilib tamom bo‘lgan. )
Bötti // bo‘tti - etik. Bu leksema asosan qariya buvijonlar tilida ko‘proq ishlatiladi. Böttiɳni kijgänmisän,Telmon, qār jāɣāpti-ku, äjāqiɳ sävuɣ jemäsin. (Etigingni kiyganmisan,Telmon, qor yog‘yapti-ku, oyog‘ing sovuq qotmasin.)
Läčäk // lachak - ko‘pincha keksa ayollar boshga o‘raydigan oq doka yoki surp; Bu so‘z bilan bog‘liq qarg‘ishlar ham sheva vakillari orasida faol qo‘llanadi. Lachaging alav osin,lachaging loyga qorishsin kabi qarg‘ishlar kampir buvilar nutqida uchrab turadi.
Püx römol // pux ro'mol -qishda ayollar bog‘laydigan qalin ro‘mol turi. Püx römāliɳni orä. Hävā xunük sävuq čiqārgän.(Pux ro‘molingni o‘ra . Havo qattiq sovuq bo‘lgan.)
Öšxöräk // oshxo‘rak - yosh bolalar ovqatlanganda ovqatini kiyimiga to‘kib qo‘ymaslik uchun bo‘yniga bog‘lab qo‘yiladigan mato;

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish