NIKOH VA OILA MUNOSABATLAR HAQIDAGI TUSHUNCHA HAMDA UNING MAVJUD
HOLATI
Rasuleva N.Z. – Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nikoh, oila muqaddasligi, oilalarning ijtimoiy va
etnopsixologik xususiyatlari tushunchalari tadqiq qilingan
.
Oila huquqiy munosabatlarini
tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar ilmiy manba sifatida tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: oila, nikoh, etnopsixologiya, muloqot, qadriyat, shaxs, ajrim, oila instituti.
КОНЦЕПЦИЯ БРАКА И СЕМЕЙНЫХ ОТНОШЕНИЙ И ЕГО ГОСУДАРСТВА
Расулева Н.З.
–
преподаватель Ташкентского государственного стоматологического
института
Аннотация.
В этой статье рассматриваются понятия брака, семейной
неприкосновенности, а также социальные и этнопсихологические характеристики
семей. Нормативные документы, регулирующие семейные правоотношения,
проанализированы как научный источник.
Ключевые слова:
семья, брак, этнопсихология, общение, ценности, личность,
развод, институт семьи.
UNDERSTANDING MARRIAGE AND FAMILY RELATIONSHIPS, AS WELL AS THEIR STATUS
Rasuleva N.Z. – teacher of Tashkent State Dental Institute
Annotation.
This article discusses the concepts of marriage, family abstinence, social
and ethnopsychological characteristics of families. As a research source, the author analyzes
the normative documents, which regulate family relationships.
270
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Key words:
family, marriage, etnopsychology, conversation, valuation, personality,
divorce, family institute.
Barqaror tarzda ravnaq topayotgan mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va
farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oila institutini har tomonlama
rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har bir oilani, undagi sog‘lom ma’naviy
muhitni asrab-avaylash, er-xotin, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnilar
o‘rtasidagi mehr-oqibat hissini shakllantirish bo‘yicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar
amalga oshirib kelinmoqda va ular amalda o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan
boshlab uning inson huquqlariga oid asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirgan xalqaro
huquqiy hujjatlar – Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi” hamda “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qoidalariga mos
ravishda oilani mustahkamlash, uning har bir a’zosi haq-huquqlarini himoya qilish, oilaviy
munosabatlarda o‘z huquq va erkinliklaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun imkoniyatlar
yaratishga yo‘naltirilgan milliy qonunchilik bazasi yaratildi va yurtimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarga hamohang tarzda doimiy ravishda takomillashib bormoqda.
Oila huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (63-modda);
– O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi;
– O‘zbekiston Respublikas Fuqarolik protsessual kodeksi;
– Oliy sud Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan
nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-sonli
Qarori;
– Oliy sud Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga
oid ishlarni ko‘rishda qonunchilikningqo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 8-sonli Qarori;
– Oliy sud Plenumining 2011-yil 20-iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid
ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli Qarori;
– “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi
Yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 31-dekabrda 2547-son bilan
ro‘yxatga olingan).
Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi yana bir muhim huquqiy hujjatlardan biri –
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida ham oila, onalik, otalik va bolalik davlat
himoyasida ekanligi haqidagi qoida mustahkamlandi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyundagi “Ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi
anjumanda so‘zlagan nutqida jamiyatimiz hayotida, xalqimiz orasida uchrab turadigan,
ayniqsa, oila va nikoh sohasida duch kelinayotgan o‘ta dolzarb, og‘riqli va o‘tkir muammolar
to‘g‘risida, xususan, turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila
muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlarining uchrab turganligi, yosh oilalar orasida
arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib borayotganligi, begunoh bolalar yetim bo‘lib,
mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolayotganligi haqida
gapirib, “... oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar,
271
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga
solmoqda”, degan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |