Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI BADIIY-ESTETEIK



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147
Bog'liq
5-сон

 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI BADIIY-ESTETEIK 
TOMONDAN RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 
 
Shayzakova N. S. – Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bolalarda estetik madaniyatni shakllantirish, ularning 
ijodkorligini rivojlantirishda ta’lim tizimining ahamiyati va pedagogik mazmuni ta’kidlangan. 
Kalit so‘zlar:
ta’lim jarayoni, tarbiya jarayoni, badiiy-estetik madaniyat, badiiy-estetik 
rivojlanish, ijodkorlik, badiiy-estetik qadriyatlar.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ 
ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ 
 
Шайзакова Н. С. – преподаватель Термезского государственного университета 
 
Аннотация.
В данной статье подчеркивается важность и педагогический контекст 
системы образования в формировании эстетической культуры у детей, развитии их 
творчества и творчества. 
Ключевые слова
: учебный процесс, процесс воспитания, художественно-
эстетическая 
культура, 
xудожественно-эстетическое 
развитие, 
креативность, 
художественные и эстетические ценности.
 
PEDAGOGICAL CONDITIONS OF ARTISTIC AND AESTHETIC DEVELOPMENT OF CHILDREN 
IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS 
 
Shayzakova N. S. – teacher of Termez State University 
 
Annotation.
This article emphasizes the importance and pedagogical context of the 
educational system in the formation of an aesthetic culture in children, the development of 
their creativity and creativity. 
Key words:
educational process, upbringing process, artistic and aesthetic culture, 
artistic and aesthetic development, creativity, artistic and aesthetic values. 
 
263


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Bugungi kunda yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalariga qaratilayotgan e’tibor 
mamlakatimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilinishiga va intellektual salohiyatli yoshlar 
safini kengaytirishga zamin yaratmoqda.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim va tarbiya jarayonini barobar olib borish 
bilan birga bolalarda shaxsiy sifatlarni qaror toptirish ularda badiiy-estetik didni 
shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, o‘yin faoliyati orqali ilmiy bilimlarni 
o‘zlashtirilishiga erishish kabi murakkab tizimli va ketma-ketlikdagi jarayonlardan ildam 
borilmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hozirda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish 
maktabgacha ta’lim jarayonini tashkil etishning yangi pedagogik vositalarini aniqlashtirishni 
talab etmoqda. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsini rivojlantirish asosi sifatida badiiy-
estetik madaniyat muammosi, eng avvalo, jamiyat tomonidan aniq belgilab berilgan bo‘lib, 
bularni Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy 
qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni 
shakllantirish; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, 
ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2019-yil 13-maydagi 391-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy tipdagi davlat va 
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida”gi Nizom)
1
larda ko‘rish mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018-yil 7-
iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim 
muassasasining o‘quv dasturida “Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda 
kompetensiyaviy yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda 
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni 
o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq 
bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutishi”
2
belgilab berilgan. 
Jumladan, “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 
yoshli bola quyidagi layoqatlarga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan: san’at va madaniyatga 
qiziqishni namoyon qiladi; milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi 
sifatida idrok etadi; san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi; 
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq 
qilish uchun foydalanadi; insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini 
tushunadi
3
.
Ijodiy shaxsni shakllantirish vositasi sifatida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning 
badiiy-estetik rivojlantirish maktabgacha ta’lim tashkilotlari tuzilmasida alohida o‘rin tutadi. 
Badiiy-estetik rivojlantirish insonning voqelikka estetik munosabatini, shu jumladan, 
dunyoni badiiy jihatdan anglash, san’at dunyosiga oshno etish, badiiy-ijodiy qobiliyatni, 
badiiy-estetik qadriyatlar tizimini maqsadga yo‘naltirilgan tarzda shakllantirishga imkon 
beradi. 
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda badiiy-estetik madaniyatning shakllanishi va 
rivojlanishi maktabgacha ta’lim nazariyasi va amaliyotining istiqbolli yo‘nalishi sifatida 
mazkur yosh davrida qiziqish, motivatsiya, ehtiyoj va faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. 
1
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 13 майдаги “Мактабгача таълим ташкилотлари фаолиятини 
янада такомиллаштириш тўғрисида”ги 391-сон Қарори. 
2
“Илк қадам” мактабгача таълим муассасасининг ўқув дастури. – Тошкент, 2018. – 43 б. – Б.9. 
3
“Илк қадам” мактабгача таълим муассасасининг ўқув дастури. – Тошкент, 2018. – 43 б. – Б.12. 
264


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Badiiy-estetik rivojlanish estetik tarbiya negizida amalga oshadi. Ta’lim-tarbiyaning 
boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o‘z diqqat-e’tiborini alohida shaxsga va ijtimoiy 
guruhga qaratadi. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror 
toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, 
e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazishni o‘z oldiga 
maqsad va vazifa qilib qo‘yadi.
Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida 
amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash 
joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo‘lgan. Masalan, 
qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, 
“ruh va badan” hamohangligini qaror toptirishga yo‘naltirilgan edi. Aflotun va Arastu kabi 
zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir-biridan farqli 
tomonlari bo‘lgani holda umumiylik ham mavjud bulib, u yagona estetik orzuni qaror 
toptirishga, yagona axloqiy xulq-atvor va fuqarolik xislat-fazilatlarini shakllantirishga xizmat 
qilgan edi. 
Avvallari estetik tarbiya o‘ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya’ni uni san’at 
asarlarini to‘g‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib, 
muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish doirasida in’iko etilar edi. Ba’zan estetik 
tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. 
Bularning barchasi badiiy-estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi.
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u estetik tarbiyaning asosiy 
mazmunini va maqsad, yo‘nalishlarini to‘la ifodalamaydi. Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi 
— munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir
1
. Estetik tarbiya bilan badiiy 
tarbiyani bir-biriga tenglashtirish ham, qorishtirish ham, qarama-qarshi qo‘yish ham xato 
bo‘lardi. Shuni nazarda tutish lozimki, estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmaydi, 
balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Estetik tomonsiz dunyoqarash chala, biryoqlama bo‘lib qolishi turgan gap, estetik 
dunyoqarash falsafiy, axloqiy va boshqa dunyoqarash sohalaridan bahramand bo‘lib, o‘z 
navbatida ularni ham boyitib turadi.
Bolalarni estetik tarbiyalash va rivojlantirish estetik tarbiya tizimi yordamida 
amalga oshadi. Estetik tarbiyani tashkil etish tizimida qator tamoyillar yotadi
2
. Estetik 
tarbiya va badiiy ta’limning hamma uchun umumiyligi shundaki, kattalar va bolalar 
ma’naviy hayotda, kundalik mehnat, san’at va tabiat bilan muloqotda, turmushda va 
shaxslararo munosabatda estetik hodisalar bilan doimiy ravishda o‘zaro munosabatda 
bo‘ladi. Ana shu jarayonda ularning go‘zalligi va xunukligi, fojiali va kulguli jihatlari 
namoyon bo‘lib boradi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, estetik savodlilik, ideallar, estetik 
rivojlanish va badiiy ta’limsiz, ishda mahsulotni estetik takomilga yetkaza olmasdan, 
shaxsning har tomonlama barkamol bo‘lib rivojlanishi mumkin emas.
Estetik tarbiyani tashkil etish tizimi yana barcha tarbiyaviy ishlarga yaxlit 
yondashuv tamoyiliga asoslanadi. Bolalarning estetik tarbiyasida san’atning barcha 
turlari o‘z-o‘zidan birga harakatlanadi, bolaga yaxlit ta’sir ko‘rsatadi. Bunday o‘zaro 
harakat badiiy asarlar, tasviriy san’at, musiqiy savodxonlikni oshirishda mustahkam 
1
Педагогический энциклопедический словарь – М.: Большая Российская энциклопедия, 2002. – С.313. 
2
Лихачев Б.Т. Педагогика – М.: ЮРАЙТ, 2003. – С.395-397.
265


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
aloqadorlik natijasida amalga oshadi. Bundan tashqari, estetik tarbiya fan, mehnat, 
jismoniy madaniyat, estetik munosabat va turmush go‘zalliklarini ochish hisobiga ham 
amalga oshadi. 
Estetik tarbiya tizimi bolalarning butun badiiy-estetik faoliyatini hayot, jamiyatning 
amaliy taraqqiyoti, bolalarda dunyoqarash va axloqiylikni shakllantirish jarayoni bilan 
o‘zaro aloqadorlik tamoyiliga tayanadi. Jamiyatning demokratlashuvi – go‘zallik va 
axloqiylik manbaidir.
Bola shaxsining estetik va umumiy shaklanishi o‘zaro aloqadorligi bolaning badiiy 
va umumiy psixik rivojlanishi birligi tamoyilini taqozo etadi. Bolalarning badiiy -estetik 
faoliyati ularda his etish, emotsiya, obrazli va mantiqiy xotira, nutq, fikrlashni jadal 
rivojlanishini ta’minlaydi. 
Estetik tarbiyaning amaliyligi to‘g‘ridan to‘g‘ri bolalarning badiiy-ijodiy va mustaqil 
faoliyati tamoyiliga amal qilinishiga bog‘liqdir. Milliy xalq o‘yinlari, xalq qo‘shiqlari, 
she’rlar, hikoyalar, ocherklar tadqiqotchilik ko‘nikmalarini hosil qiladi, bolalarning badiiy 
rivojlanishi, alohida va jamoaviy ijodkorligi vositasida ma’naviy hayot mazmuni 
shakllanadi.
Bolalarning butun hayotini estetiklashtirish tamoyili munosabat, faoliyat
bolalarning munosabatlarini go‘zallik qonunlari, ulardan quvonish hissini uyg‘otish 
asosida tashkil etishni talab etadi. 
Bolalarning estetik tarbiyasi tizimi ularning yosh bilan bog‘liq psixo-pedagogik 
o‘ziga xosliklarini hisobga olish tamoyili asosiga quriladi.
Estetik tarbiya insonning estetik ongini shakllantirish jarayonida uni axloqiy, mehnat, 
ekologik jihatlardan ham tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi. Shu munosabat bilan har 
bir maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachilar tomonidan o‘quv jarayonini tashkil 
etishda ta’limning interfaol usullarini amalda qo‘llash, ta’lim jarayoniga noodatiy 
yondashish asosida o‘quvchilarda badiiy-estetik madaniyatni shakllantirish tarbiyachi 
tomonidan kutilayotgan natijalarni muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish