FUTURE TEACHERS
Yulchiboeva D.E. – The lecturer of the Kokand State Pedagogical Institute
Annotation.
This article highlights the importance of ensuring the relationship
between psychological and pedagogical Sciences. The relationship between psychology and
pedagogy is proved by well-founded examples.The complementarity of the principles of
psychology and pedagogical Sciences has been studied scientifically.
Keywords:
psychology, pedagogy, communication, the principle of continuity,
diagnostics, pragnostics, psychological and pedagogical discipline, professional competence.
187
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Pedagogik monitoring yordamida psixologik-pedagogik integratsiya protsessini
baholash uchun umumiy pedagogik baholash sistemalaridan foydalaniladi (uzoq davom
etuvchi metodi, bilimlar metodi, tekshirishning turli xillari va h.k. ), shuningdek,
tekshirilayotgan protsess holatining metod va formalari (informatsiyani kodlashtirish va
dekodlashtirish, testlar va ishni tekshiruv ishlari, terminalogik kesishuvlar, intellektual
kartalar bilan ishlash, anketalash va sh.k. )
1
.
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda oʻquv fanlararo aloqadorlikning
tarbiyaviy ahamiyatiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʻquv fanlararo aloqadorlik taʼminlangan pedagogik sharoitda oʻqitish jarayonida
tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda oʻqituvchining tutgan oʻrnini alohida ajratib
koʻrsatish lozim.
Oʻquv fanlararo aloqadorlik taʼminlangan sharoitda oʻquvchilarning egallagan
bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari,
qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Oʻquv fanlararo aloqadorlikni
turli oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari, darsliklar mutanosibligini taʼminlovchi
didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal surʼatda rivojlanishi olimlar oldida
murakkab muammolarni qoʻymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari
haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni taʼlim mazmuniga kiritish, barcha fanlardan oʻzaro
aloqadorlikda eng zarur bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm-
fanning turli sohalari uchun muhim boʻlgan bilimlarni oʻquvchilar egallashlari uchun yuksak
bilim va mahoratga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda zarurdir.
Asosiy ishlab chiqarilgan bilim monitoringi prinsiplari.
Ular ichida
2
:
1. Uzluksizlik prinsipi. Bu monitoring butun dinamik rivojlanuvchi sistema sifatida
qarash degani. Bu sistemada nafaqat sonli xarakter, balki sifatli xarakterdagi struktur-
funksional oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi. Monitoring bir sifatdan ikkinchisiga oʻtish
momentlarini belgilashi lozim, jumladan, bilim va protsess tendensiyalarini korreksiya qilish
va toʻgʻrilash yoki boʻshashtirish holatlarini.
2. Ilmiy prinsip.
Bu kuzatishning asoslangan xarakteristikasiga tayangan holda kuzatishi degani. Bu
holatga maishiy turmush tomonidan yondashishni man etadi.
3. Tarbiya yoʻnalishining prinsiplari. Pedagogik monitoring butun maqsad
hisoblanmaydi, balki bilim protsesslarini chuqur oʻrganishga va pedagogik boshqaruvning
ishonchli uskunasi sifatida qoʻllaniladi. Shaxsni har qanday darajadagi kamsitadigan
texnologiyalarda pedagogik monitoringning metodlari, prinsiplari qoʻllanishi man etiladi.
4. Diagnostika maʼlumot yoʻnalishi prinsiplari. Kuzatuv jarayonida olingan
informatsiya bilim protsessini oldindan ishlab chiqarilgan koʻrsatkich va kriteriyalariga toʻgʻri
kelishi kerak.
1
Musayev U. Integratsiya - ta’lim jarayonini optimallashtirishning muhim prinsipi. //Xalq ta’limi jurn. 2016, №
6. 4-7-b.
2
Курбонов Ш.Э. Социально-педагогические особенности Национальной модели программы по
подготовки кадров. //Дисс... на соиск. ученой степени доктора пед. наук
-Ташкент, 2018.-203 стр.
188
Do'stlaringiz bilan baham: |