TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
5. Pragnostik (maʼlumot beruvchi monitoring prinsiplari). Pedagogik monitoringning
maʼnosi pedagogik protsessni nomaʼlum bir momentda yoki maʼlum vaqtda belgilangan
darajada holatini koʻrishi uchun emas, balki tendensiyalar haqida bir toʻxtalishga kelishish
uchun, bilim olish protsessini u yoki bu tomonining rivojlanishini koʻrish uchun,
xohlamaydigan holatlarini transformatsiyasi, blokirovkasi yoki toʻxtashi, pedagogik bilimning
ijobiy tomonlarini qoʻllab-quvvatlashni oldindan koʻra olish qobiliyatlarini oshirish uchun
foydalaniladi.
Shartli prinsiplar qatoridan oʻchirmasdan turib, biz psixologik-pedagogik
integratsiya spetsefik prinsiplarini ishlab chiqardik. Ularning maʼnosi tekshiruvni tashkil
qilishdangina emas, balki protsessual-texnologik protsesslarini ishlashini koʻrib chiqmoqdan
iboratdir.
1. Natija olish va regulyarlik prinsiplari. Regulyativ funksiyasini bajarishi uchun
optimal realizatsiya sistemasi. Bu boʻlajak oʻqituvchining shakllanishida asos boʻlib xizmat
qiladi. Kuzatuvning baza komponenti quyidagicha boʻladi:
-har xil oʻz rivojlanishining perspektivasini aniqlashni bilish;
- variantli holatlarda optimal qarorni tanlashni bilish;
- oʻz-oʻzini korreksiya qilish uchun rang-barang metodlardan foydalanishni bilish;
- bilim olish holatini kuchaytirish uchun xotira, qabul qilish, iroda, nutq, fikrlash
qirralarini ishlata bilish;
- istak, odat, qiziqishga bogʻliq holda natijani oldindan bilish.
2. Bilim berish metodlarini ilgʻorlashtirish va oʻquv materiallarining strukturalarini
qayta ishlash uchun didaktik kelishuv prinsipi belgilangan. Bu prinsip integratsiya
bilimlarining etapma-etap shakllanish metodlarini optimal va toʻgʻri yoʻnalgan birligi, ilm
rivojlanishining prenspektlarini hisobga olgan holda oʻquv prinsiplari dinamikasi va
dialektikasini toʻgʻri yoʻnaltirishni, pedagogik birlikka amal qilishni oʻz ichiga oladi. Demak,
bu prinsip uskunaviyligi, bilim kengashlarining sistematikligi va diskrementligini boshqarish
yoʻli bilan integrativ xarakterni kasb etadi.
3. Tizim integral yondashuv prinsiplari – protsessni nafaqat qator elementar
yigʻindisini, tomonlar xususiyati sifatida, balki sifatli yangiliklar birligi sifatida qarashini oʻz
ichiga oladi. Spetsefik informatsiyani qayta ishlab chiqarish oʻz ichiga fikrlash, taqqoslash,
nisbiylik effektiv prinsiplarini oladi. Shuning uchun pedagogning fikrlashi ijodiy izlanishlar
koʻrinishida boʻlishi kerak. Oʻrganilayotgan obyektni obyektiv koʻrinishini beruvchi
diagnostik muolajalarini izlash kerak.
4. Butunlik prinsipi oʻrganilayotgan bilimning, kamida 3ta yoʻnaltirilgan vektorlik
protsesslarini oʻz ichiga oluvchi protsessni nazarda tutadi. Vektorlilik, yaʼni kuzatishga
belgilangan holatni, yoʻnalyotganligini ajratib olishidir. Monitoring vaqtida bir qancha
koʻrinishiga ega boʻladi, ular ichida:
-talabalarni individual imkoniyat darajasini shakllanishiga qarab bilim berish va
oʻqitish maqsadlari;
- informativ bloklarni metodik uzatish;
- bilim protsessining oxirgi natijalari;
- oʻqituvchining professional pedagogik tayyorligini integrativ qirralari.
189
Do'stlaringiz bilan baham: |