TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Psixologo-pedagogik protsess monitoringini aniq obyektini tanlashda, biz
monitoringni pedagogik va boshqaruv qaror komponent informatsion sistemalarni elementi
degan
xulosaga
kelamiz.
Bundan
chiqqan
holda
pedagogik
monitoring protsesnilogik boʻshliqni oʻz vaqtida aniqlab shakllangan bilim bilan oʻz vaqtida
berilgan protsessni korrektirovka yoʻli bilan toʻldirish imkoniyatini beradi.
Psixologik-pedagogik dissipsiplina integratsion protsessni samaradorligi va tizimli,
integrallashgan bilimni shakllanishi haqida toʻliq maʼlumot olish uchun, quyidagi
kuzatishlarni berilgan yoʻnalishlar boʻyicha tashkillashtirish kerak
1
:
- talabalarning bilimlarni oʻzlashtirishga psixologik tayyorligini oʻrganish;
- bilim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlash;
- faktlar, holatlar, zakonlar haqidagi bilim doirasini aniqlash;
- pedagogik jarayon, oʻqituvchilik mehnatiga motivatsion va emotsional munosabatini
aniqlash.
Oʻqituvchining etallon modeliga oriyentir olish. Bu model quyidagi koʻrinishda
boʻladi:
1. Kerakli motivatsion sferani, pedagogik ideal va professional pozitsiyani oʻz ichiga
oluvchi pedagogik yoʻnalishlar.
2. Professional kompetentlik oʻzini shaxsiy oʻqitish tajribasidan olingan bilimdonlik,
odatlar, koʻnikmalar, pedagogika teoriyasi va tarixi, pedagogik protsesslarni,
texnologiyalarni oʻz ichiga oladi.
3. Shaxsiy sifatlar oʻz ichiga: individual-psixologik sifatlarni oladi (oʻziga baho berish,
odatlar darajasi, toʻgʻri yoʻnalganligi).
4. Psixologik sifatlar – temperament, jins va yosh sifatlari harakatchanlik va nerv
sistemasining mustahkamligi, emotsional mustahkamlik, fantaziya va xayolning yuqori
darajaliligi, intellektual rivojlanishni qabul qilish, fikrlash boʻyicha darajasi va sh.k.
Bu sifatlarda quyidagi koʻrsatgichlar kuzatiladi:
-bilimlarni mustahkamlash;
-praktik va bilimdonlik masalalarini yechishda bilimlarning faolligi;
-yangi situatsiyalarda bilimlarni qoʻllash;
-bilimlarning miqdori;
-yangi situatsiyalarda bilimlarning mustahkamligi va qoʻllanilishi;
-professional motivatsiya strukturasi;
-intellektual rivojlanish dinamikasi;
-oʻqish protsessidan qoniqish, bilim olishning shaxsiy maʼnosi.
Hamma narsa oʻrganilayotgan kasb xususiyatlarini, oʻqiyotganlarning xohishi va
imkoniyatlarini hisobga olgan holda koʻrilishi kerak.
Integratsiyalashgan taʼlimni yoʻlga qoʻyish borasidagi izlanishlarimiz, ilmiy va metodik
adabiyotlar tahlili hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan soʻrovlar hamda
ular faoliyatlarini kuzatishimiz natijalariga koʻra amaliyotda ushbu muammo hanuzgacha
toʻla oʻrganilmaganligini va yechimini topmaganligini kuzatishimiz mumkin.
1
Nazarova H.P. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ savodxonligini ta’minlashning didaktik
asoslari. //Ped. fan. nomz. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss.-Toshkent, 2019.— 245 bet.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |