TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
taqaladigan didaktik hodisadir. Fanlararo aloqadorlik asosida
har bir dars jarayonida bir
necha darslarning oʻxshash mavzularidan misollar keltirib, foydalanish koʻp vaqtni talab
qiladi. Biroq ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv predmetidan dars beradigan oʻqituvchi bir
soatlik dars jarayonida oʻrganilayotgan mavzuni
nihoyatda vaqtni tejagan holda, tez va
mazmunli tarzda oʻquvchilar ongiga yetkaza olishi, ular xotirasida oʻtilgan mavzuning asosiy
komponentlarini saqlanib qolinishiga erishishi lozim.
Bunda oʻquvchining darsga nisbatan qiziqishi muhim ahamiyatga ega. Oʻquvchining
bilishga moyilligi,
intilishi, havasi, ehtiyoji didaktikada bir soʻz bilan “motivatsiya” deb
ataladi. Oʻ.Yoʻldoshev motivatsiyani didaktik tamoyil sifatida talqin etib, shunday deydi:
“Motivatsiya –oʻquv bilish faoliyatida oʻz-oʻzidan hosil boʻlmaydi, uni vujudga keltirish
oʻqituvchidan ulkan mahorat talab etadi. Motivatsiya – oʻquv jarayonining eng muhim unsuri
va ayni vaqtda dars jarayonini jadallashtirishda yetakchi omil hisoblanadi”
1
.
Motiv
oʻquvchining bir maqsad sari intilishini mustahkamlaydi, maqsadga erishish uchun izchil va
dadil harakatlanishini taʼminlaydi. Dars jarayonida hosil qilinadigan motivatsiya murakkab
pedagogik hodisa boʻlib, u oʻquvchilarning xulqi, intilishlari, qiziqish va mayllariga bogʻliqdir.
Shu nuqtayi nazardan ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarining oʻrganilishida ushbu
tamoyildan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Oʻqituvchi dars jarayonida fanlararo aloqadorlikdan foydalangan holda
motivatsiyaning quyidagi uchta — uygʻotuvchi, yoʻnaltiruvchi, fikr uygʻotuvchi vazifalaridan
foydalanadi. Bunda matematik tushunchalarning qoʻllanilishi oʻquvchilarda oʻrganilayotgan
mavzuga nisbatan qiziqish uygʻotadi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va oʻrganilgan
mavzuni xotirada saqlanishiga imkoniyat yaratadi.
Matematik tushunchalar asosida ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlarini bir-
biri bilan oʻzaro bogʻlash, ularning mantiqiy aloqadorligi
va mazmundorligi taqdim
etilayotgan oʻquv mashgʻulotining mohiyatini tushunib olishga yordam beradi.
Boshqa oʻquv fanlaridan oʻzlashtirilgan va qoʻllaniladigan atamalar, oʻquv
materiallarining xususiyatlari, taʼlim vositalari, oʻquv materialini tanlash qonuniyatlari, oʻquv
fanlararo aloqadorlik xususiyatlari belgilab berilishi kerak. Oʻquvchilar topshiriqlarni bajarish
davomida nazariy bilimlarni qoʻllay olishlari kerak. Oʻquv materiallari hajmini belgilashda
oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bu, albatta, oʻquvchilarning idrok
etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Jismoniy va aqliy mehnat oʻquv materiallarini idrok etish
jarayonining ragʻbatlantiruvchi omili ekanligini hisobga olishi lozim. Shuning uchun oʻquv
jarayonini oʻquvchilarning yoshi va fiziologik imkoniyatlari hisobga
olingan holda tashkil
etiladi. Ularda oʻquv materialiga nisbatan qiziqish uygʻotish va diqqatini oʻzlashtirishga jalb
etish darkor. Oʻquvchilarning idrok etish imkoniyatlari muntazam murakkablashib, oʻquv va
amaliy masalalarni yechish jarayonida kengayadi. Ushbu murakkablashish ularning aqliy va
jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyatga ega.
Didaktik tamoyillar asosida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilish uchun quyidagi
vositalar talab qilinadi: oʻquv anjomlari,
texnik vositalar, modellar. Shu bilan bir qatorda
mahalliy omillarni hisobga olish, foydalaniladigan vositalarni tanlash ularning xususiyatiga
muayyan taʼsir koʻrsatishini taʼkidlash kerak. Masalan, oʻquv fanlararo aloqadorlik
1
Yo‘ldoshev O‘. Didaktik prinsiplar tizimi. //“Xalq ta’limi” jur. 2017, 4 son, 20-bet. Максимова В.Н.
Межпредметные связи в процессе обучения.
Москва: “Просвешение”, 2018.-192 стр.
185