Abstract.
This article reveals the problem of using information technology as one of the
most complex and unique areas of education for children with hearing impairment, as well as
a comparative analysis of the evolutionary development of information technology in teaching
students with hearing impairment in primary grades.
Keywords:
children with hearing impairment, speech, correction, training, information
technology, computer system.
Har bir jamiyatda maxsus yaratilgan ta’lim tizimi mavjud bо‘lib, u oila sharoitida va
ta’lim muassasalarida turli yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limi sohasida о‘ziga xos an’analar
va ilmiy asoslangan yondoshuvlarni о‘z ichiga oladi. Bola rivojlanishidagi jismoniy yoki psixik
nuqsonlar uning ushbu ijtimoiy va madaniy shart-sharoitdan kelib chiqqan ta’lim doirasining
chegarasidan “chetga chiqishiga” olib keladi. Katta yoshdagi madaniyat egasi har bir
me’yorda rivojlanayotgan bola о‘ziga xos shart-sharoitlarsiz, maxsus ta’lim vositalari,
metodlari, yо‘llariga murojaat qilmay turib о‘zlashtiradigan ijtimoiy tajribani eshitishida
nuqsoni bо‘lgan bolaga qanday singdirish mumkinligini bilmaydi, qiynaladi. An’anaviy
rivojlantiruvchi va ta’limiy masalalarni hal qilishning har bir yosh bosqichida qabul qilingan
usullar eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishda yetarli darajada ta’sir
kо‘rsatmaydi. Bunday bolalarning ijtimoiy kamchiligi bevosita birlamchi nuqsonga emas,
balki “ijtimoiy xatolik”ka bog‘liq bо‘ladi. Bu xatolikni maxsus tashkil qilingan va о‘ziga xos
tarzda uyushtirilgan ta’lim usullari vositasida yengib о‘tish mumkin, ya’ni boshqacha qilib
aytganda, me’yoriy rivojlanish sharoitida an’anaviy usullar bilan hal qilinadigan
rivojlantiruvchi va ta’limiy masalalarning hal qilinishi о‘ziga xos yо‘llar, maxsus metodlar va
vositalarning qо‘llanishini kо‘zda tutadi. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga ta’lim berish
vositalarini ishlab chiqish hamma vaqt milliy va xorijiy maxsus pedagogikaning ajralmas
yо‘nalishi sifatida olib qaralgani tabiiy holdir.
Axborot texnologiyalarini milliy maxsus ta’limga joriy qilish masalasi nafaqat ijtimoiy-
madaniy, balki kasbiy kontekstda ham dolzarb masalalardan biridir. Maxsus ta’lim tizimining
rivojlanishida kompyuterning noyob instrumental imkoniyatlari ustida fikr yuritish hamda
axborot texnologiyalarini milliy an’ana kontekstiga singdirish, aslini olganda, alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy an’ana uchun bosh qadriyat ta’lim jarayonida eshitishida
nuqsoni bо‘lgan bolaning maksimal imkoniyat darajasida rivojlanishi, uning rivojlanishida
114
Do'stlaringiz bilan baham: |