Matematika fanini o‘qitishning ilg‘or xalqaro tajribalari



Download 21,22 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi21,22 Kb.
#358316
Bog'liq
PISA tajribasi


MATEMATIKA FANINI O‘QITISHNING ILG‘OR XALQARO TAJRIBALARI
Ta’lim sifatini oshirish uchun uning holati va rivojlanish tendensiyalarini uzluksiz monitoringini olib borish va o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini ob’ektiv va adekvat baholashni amalga oshirish zarur. Bu ayniqsa, o‘quvchilarning keyingi shaxsiy va fuqarolik rivojlanishi uchun zamin yaratadigan umumiy o‘rta ta’lim darajasida muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori bilan xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovasiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro

tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.

Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlaridan etib:

- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash;

- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;

- xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

- o‘qitishning innovasion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash kabilar belgilandi.

Quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi:

PISA - The Programme for International Student Assessment — 15 yoshli

o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan

savodxonlik darajasini baholash;

TIMSS - Trends in International Mathematics and Science Study— 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash;

PIRLS - Progress in International Reading and Literacy Study— boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;

TALIS - The Teaching and Learning International Survey— rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish.

Xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi, unga ko‘ra, - o‘quvchilarning yozma va nutq savodxonliklarini oshirish bo‘yicha ilg‘or milliy va xalqaro tajribalarni joriy etish;

- o‘quvchilar mustaqil ta’lim olishlari uchun elektron shakldagi ta’limni rivojlantirish, unda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha savollar bazasini yaratish hamda boyitib borish;

- o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mustaqil ta’limni joriy etish;

- xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish yuzasidan malakali o‘qituvchi-trenerlar bilan hamkorlikda hududlarda o‘quvlar tashkil etish kabilar belgilangan.

PISA tadqiqotlari PISA (Programme for International Student Assessment) O‘quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturi, 15 yoshli bolalarning matematika, tabiiy fanlar va ona tilidan hayotiy ko‘nikmalarni egallaganligini

o‘rganishga qaratilgan tadqiqot.

PISA tadqiqotlari 2000 yildan boshlangan va har uch yilda o‘tkaziladi.

Tadqiqot natijalari ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilari ta’lim yutuqlari, ta’lim tizimida o‘zgarishlar, o‘rta ta’lim islohotining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish va ularning amalga oshirish uchun to‘siqlarni aniqlash, natijalarning o‘zgarish dinamikasini kuzatish va tanqidiy tahlil qilish imkonini beradi.

Xalqaro PISA tadqiqotlarining maqsadi 15 yoshli o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha hamda ona tili bo‘yicha savodxonligini baholashdan iborat. Tadqiqot maktab o‘quv dasturlarini ishlab chiqish darajasini belgilashga emas, balki o‘quvchilar hayot sharoitida o‘qitish jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash qobiliyatini baholashga qaratilgan.

SHu bilan birga, tadqiqot ishtirokchi mamlakatlar o‘quvchilarining natijalaridagi farqlarni tushuntiruvchi omillarni o‘rganadi.

PISA tadqiqoti baholash topshiriqlari to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi: test topshiriqlari to‘plami; ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun so‘rovnomalar; ta’lim tashkilotlarini boshqarish uchun so‘rovnomalar;

test yoki so‘rov o‘tkazadigan shaxs uchun qo‘llanma; ta’limni tashkil etish

koordinatori uchun qo‘llanma; test topshiriqlarini, ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va baholash bo‘yicha qo‘llanma.

Tadqiqot natijalariga statistik ishlov berish natijasida har bir o‘quvchi 1000 balli tizimda quyidagi me’zonlar bo‘yicha baholanadi:

- Kundalik turmushda yuzaga keladigan real muammolarni aniqlash va

ularni matematikadan foydalanib hal qilish;

- muammolarni matematika tilida ifodalash;

- muammolarni matematik bilimlar va usullarni qo‘llash orqali hal qilish;

- ishlatilgan usullarni tahlil qilish;

- muammoning echimini tushuntirish;

- hal etish natijalarini shakllantirish va qayd etish.

O‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namunalar

1. Fudji tog‘iga ko‘tarilish. YAponiyadagi Fudji tog‘i “uyqudagi” vulkani bilan mashhur tog‘ hisoblanadi. Fudji tog‘i faqat 1 iyuldan 27 avgustgacha bo‘lgan davrda odamlar uchun ochiq. Taxminan 200 ming kishi hozirgi vaqtda Fudji tog‘iga chiqmoqda. O‘rtacha har kuni Fudji tog‘iga qancha odam ko‘tariladi?

2. Moddalar almashinuvi intensivligi (MAI) nafas olish, hazm qilish va qon aylanish tizimi uchun kerak bo‘ladigan energiya hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 23°C haroratli xonada tinch va uyg‘oq yotgan odam uchun aniqlanadi.

Quyidagi formula yordamida ayollardagi moddalar almashinuvi intensivligi (MAI) aniqlanadi.

MAI = 9.74m + 172.9p - 4.737b + 667.051

Bu erda MAI - moddalar almashinuvi intensivligi, kilokaloriyalarda,

m – tana massasi, kilogrammlarda,

p – bo‘yi balandligi, metrlarda,

b – yoshi, yillarda.

Massasi 60 kg, balandligi 1,70 metr va yoshi 35 yil bo‘lgan ayollarda

moddalar almashinuvi intensivligi darajasini hisoblang. Javobingizni eng yaqin butun songacha yaxlitlang.

Matematika imtihonlarida o‘quvchilar qanday muammolarga duch kelishi mumkin?

1. Darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalarning yo‘qligi yoki kamligi va shuning uchun o‘quvchilarda bunday amaliy faoliyatlarni amalga oshirish tajribasining etishmasligi oqibatida ularning natijalari past bo‘lishi mumkin.

2. PISA topshiriqlari odatda uzundan-uzun matnlar yordamida tasvirlanib, ulardagi real vaziyat va muammolarni hal qilish usulini tanlash uchun matematikaning qaysi bo‘limiga murojaat qilish haqida ko‘rsatmalar yo‘q.

3. PISA topshiriqlari (matnli, rasmli, diagramma va jadvallar, real bog‘lanishlar grafiklari) turli shakllarda taklif qilinadi. Ularni matematik tilga o‘girish va echim topilgandan so‘ng uni yana real sharoit bilan bog‘lab baholash va sharhlash talab qilinadi.

4. Odatda matematika darsliklarida standart masalalar beriladi va ular standart usullar yordamida echiladi, ya’ni o‘quvchilar muayyan turdagi masalalarni ma’lum algoritmlar asosida echishga o‘rgatiladi.

5. Odatda matematika darsliklaridagi masalalar muayyan bobda beriladi va bu bilan ularni echish usullari ham shu bobda ko‘rilgan usullarga bog‘langan holda beriladi, ya’ni muayyan bo‘limining masalalari qanday echilishi haqida ko‘rsatma beriladi.

6. Bundan tashqari, darslikdagi masalalar sof matematik masalaning tavsifidan iborat bo‘lib, odatda ularning mazmuni hayotdagi real vaziyatlardan ancha uzoqda bo‘ladi.

Bizning darsliklarda PISA topshiriqlariga o‘xshash masalalar juda kam yoki umuman yo‘q. Masalalarda ko‘rilayotgan vaziyatni tavsiflovchi juda katta hajmdagi axborot berilib, ularda juda ko‘p yangi matnli ma’lumotlarning borligi – masalani tushunish va uni echishni yana og‘irlashtiradi.

Ma’lumot turli shakllarda taqdim etiladi: matn, raqam va ma’lumotlar shaklida. Masalani echish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar matnning turli qismlaridan olinishi kerak. Ba’zi masalalarda “aylana” so‘zi topshiriq matnida qayd etilmasada, o‘quvchilarning o‘zlari ob’ektning aylana shaklida ekanligini topishlari kerak bo‘ladi.

PISA tadqiqotlaridan kelib chiqadigan saboqlar PISA-2015 tadqiqotlari o‘quvchilarning quyidagi o‘quv kompetensiyalari asosida olib borildi:

- o‘zlashtirilgan bilimlar asosida amaliy mashqlarni, o‘quv topshiriqlarini bajara olishi,

- o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni maktabdan tashqaridagi hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi;

-o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ustida fikr yurita olishi, ya’ni mantiqiy fikrlay olishi.

PISA tadqiqotlari natijalariga ko‘ra:

- Aksariyat o‘quvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, ya’ni zamonaviy

jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetensiyalariga to‘liq ega emaslar;

- Maktab ta’limi ko‘p jihatdan bu kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan;

- O‘quvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini qaerda ishlatilishini bilishmaydi;

- Hali ham ko‘p maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilayapti, ya’ni tayyor bilimlar berilayapti. Aslida maktab o‘quvchilarni “o‘rganishga o‘rgatishi” lozim, ya’ni mustaqil bilim olishga o‘rgatishi kerak bo‘ladi;

- Darsliklar va undagi o‘quv topshiriqlari mazmuni ham bunday vazifani bajarishga mo‘ljallanmagan;

TIMSS xalqaro tadqiqotlari TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) Matematika va tabiiy fanlarni o‘qtish bo‘yicha xalqaro an’analar deb nomlangan xalqaro tadqiqotlari o‘quvchilarning o‘quv yutuqlari sifatini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan har 4 yilda o‘tkaziladi. TIMSS matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 4- va 8- sinf o‘quvchilari o‘quv yutuqlarini baholash orqali ishtirokchi mamlakatlarda bu fanlar bo‘yicha yutuqlarni kuzatib borish imkonini beradi. O‘quv yutuqlarini baholash uchun o‘quvchilar testdan o‘tkaziladi hamda o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab ma’murlari so‘rov varaqalarini to‘ldirishadi, shuningdek bu bilan ta’lim natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan omillar haqida ma’lumot olinadi.

Matematika va fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish ko‘plab mamlakatlarda ushbu fanlarning o‘quv dasturlarining eng muhim maqsadlaridan biridir.

Uyda topshiriqlar bajarish o‘quvchilarga maktabda o‘rganilgan materialni mustahkamlash imkonini beradi va o‘qituvchilar uchun mavzu bo‘yicha o‘qitish vaqtini uzaytiradi. Natijada, ko‘p miqdorda uy vazifasi olgan o‘quvchilar kam miqdorda uyga vazifa olgan yoki umuman olmagan o‘quvchilarga qaraganda yuqori natijalarga erishishi kutiladi. Uy vazifasini bajarish an’analari ko‘p mamlakatlar tomonidan keng tarqalgan. Ba’zi mamlakatlarda 4- sinfda ular kamdan-kam hollarda uyda, asosan tuzatuv maqsadlarida, individual o‘quvchilarni o‘zlarining tengdoshlari bilan materiallarni o‘zlashtirib olishlariga imkon berish uchun so‘raladilar. Umuman olganda, uy vazifasining katta miqdori o‘quvchilarning ta’lim yutuqlari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

4-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namunalar

1. Basketbol bo‘yicha uch mingta chipta 1 dan 3000 gacha raqamlangan.

Raqamlari 112 bilan tugaydigan chiptalarga ega tomoshabinlar sovrinni qo‘lga kiritadilar. Barcha sovrinli chiptalarning raqamlarini yozing.

2. Ivanning bog‘ida bayroq bor. Ba’zan osib qo‘yilgan bayroq shimolga qarab va ba’zan boshqa tomonga qarab hilpiraydi. Bayroqni nima hilpirashga majbur qiladi?

3. Er, Mars, Oy, Quyosh osmon jismlarining qaysi biri eng issiq?

4. Agar zavod daryoga katta miqdorda issiq suv qo‘shsa, daryoda baliq va o‘simliklar bilan nima sodir bo‘lishi mumkinligini yozing.

8-sinf o‘quvchilariga taqdim etilgan topshiriqlaridan namunalar

1. Sakkizinchi sinfda 30 nafar o‘quvchi bor. Sinf ro‘yxatidan tasodifiy tanlangan o‘quvchining 13 yoshdan kichik bo‘lishi ehtimolligi 1/5 ni tashkil etadi. Bu sinfda nechta o‘quvchining yoshi 13 yoshdan kichik?

2. Ko‘zoynak va kontaktli linzalarning qanday qilib yaxshi ko‘rishlariga yordam berishini qisqacha izohlang.

3. Oliya maktabga shamollab bordi. Bir necha kundan so‘ng, maktabdagi

do‘stlarining yarmi ham kasal bo‘lib qoldi. O‘quvchilarning bir qismi kasal

bo‘lib qolgani, qolganlarining esa kasal bo‘lmaganini tushuntirib beradigan eng asosiy sababni ayting.

TALIS (The Teaching and Learning International Survey) – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganadi.

PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) xalqaro tadqiqoti – boshlang‘ich maktab 4- sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini o‘rganadi va baholaydi.

2.STEAM TEXNOLOGIYALARI

Ta’lim - mamlakat kelajagining ko‘zgusi. Davlat o‘zining kuchli tomonlarini, rivojlanish zonalarini ko‘rib, milliy ta’lim dasturini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tizimining poydevoriga moslashtiradi.

Sanoatlashtirish davrida savodxonlik va ish qobiliyatlari muhim ahamiyatga ega edi. Postindustrial davrda yoshlar rivojlanishining texnologik jihatlari oldinga chiqdi. Natijada raqamli inqilob - Internet, kompyuterlar, axborot texnologiyalari yuzaga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “2018–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarorida ta’lim sifatini yaxshilash va innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish vazifasi belgilangan.



Unga ko‘ra ilg‘or jahon tajribasiga tayanib, yangi davlat ta’lim standartlari va umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturlarini, shu jumladan STEAM usulini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirish ko‘zlangan. Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi, ular STEAM dasturida o‘qitishga ixtisoslashgan bo‘ladi.

STEAM - ta’limni real hayot bilan bog‘lovchi texnologiya STEAM an’anaviy o‘qitishga muqobil zamonaviy yondashuv hisoblanadi.
Download 21,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish