Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


THE DEVELOPMENT OF THE TEACHER'S ABILITY TO UNDERSTAND THE CHILD



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

 THE DEVELOPMENT OF THE TEACHER'S ABILITY TO UNDERSTAND THE CHILD 
Khalikov A. A. - doctor of pedagogical sciences, professor of Tashkent state pedagogical 
University 
Annotation.
The information about the system of human relations and the ability to 
understand the child in order to effectively implement the educational process conducted 
by educators with children is provided in the article. 
Keywords:
primary education, upbringing, emotions, child, educator, inner world, 
research, intuition, ability to understand. 
Insonparvar pedagogik g‘oyalarning boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari ommaviy 
amaliyotiga chuqur kirib borishi hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir. Bunda 
zaruriyatning ikkita sababini inobatga olish lozim: insonparvar pedagogika talablarining 
uzluksiz amalga oshirib borish va avtoritar tarbiyaning chuqur ildiz otib ulgurgan stereo-
tiplaridan voz kechish. “Yosh о‘quvchini tushunish qiyinchiliklardan chetlab о‘tishni 
anglatadi deb hisoblash xato bо‘ladi. О‘qituvchi qanchalik g‘amxо‘rlik qilmasin, о‘zidagi ezgu 
his-tuyg‘ularni bosib tura olishi ham lozim: intizomni saqlash uchun bolalarni nojо‘ya 
qiliqlardan tiyishi kerak, binobarin, dastlabki paytlarda intizom bolalarga xos kayfiyat uchun 
zid sanaladi. Katta ilmiy tayyorgarlik, tajriba, ruhiy muvozanat bu yerda og‘ir sinovdan 
2


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
о‘tishiga tо‘g‘ri keladi”, – deb yozadi Y.Korchak
1
. Agar u avtoritar pedagogikaga kо‘nikib 
qolgan bо‘lsa, о‘qituvchiga juda og‘ir bо‘ladi, ya’ni yangicha yondashuvni о‘zlashtirishi oson 
bо‘lmaydi. Unda bolani muqarrar va g‘ayriixtiyoriy ravishda hurmat qilish uzoq shakllanadi. 
Bunga tayyorgarlikni esa bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi talabalik davridayoq 
boshlashi lozim. Shu bois ham, insonparvar pedagogika talablarini о‘qituvchilarning yangi 
avlodi tо‘liq amalga oshirishiga umid qilinmoqda. 
Kо‘pincha boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilari о‘zidagi dastlabki taassurotlarni jilovlay 
olmaydi. Ommaviy kuzatishlar shuni kо‘rsatadiki, bu taassurot har xil bо‘lishi mumkin, biroq 
tushunishga intilish bо‘lmaydi. Shunga qaramay, о‘rtada ishonch paydo bо‘lishi va yordam 
kо‘rsatish uchun aynan sodir bо‘lgan voqeani tushunish juda muhim bо‘lib, shundan 
keyingina tarbiyalanuvchidan unga nima bо‘lganini sо‘rash mumkin. О‘qituvchining: “Nima 
bо‘ldi?” deya о‘dag‘aylashi bilan samimiy javobga erishilmaydi. Bola о‘ziga g‘amxо‘rlik 
tufayli emas, balki katta yoshlilar о‘zining borligi va ustunligini namoyon qilish zarurati tufayli 
shunday savol berilganini tushunadi. Tarbiyalanuvchi gohida bu savolni о‘qituvchi shunchaki 
qiziqish yoki hatto uning uquvsizligidan suyunishni xohlagani uchun beryapti, degan xayolga 
boradi va darrov о‘z qobig‘iga о‘ralib oladi. 
Boshlang‘ich ta’lim о‘qituvchilarining bolalar bilan kechadigan insoniy munosabatlar 
tizimi bolani tushunish, tan olish va qabul qilish kabi ajralmas qismlarga bо‘linadi. 
Tarbiyalanuvchining pedagog bilan munosabatlari tuzilmasida ham xuddi shunday unsurlar 
ajratilgan bо‘lishi lozim. U ham о‘z о‘qituvchisini tushunishi, tan olish va qabul qilish bilan 
bog‘liq muammolarga duch keladi. Bir-biriga bog‘langan holda ular juda murakkab 
pedagogik munosabatlar tuzilmasini hosil qiladi. 
Tushunish – bolaning ichki dunyosiga kirib borishdir. U his-tuyg‘ular va mantiq 
yordamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi – bolani ochiq kitob kabi о‘qiy oladigan aqlli va 
sinchkov insondir. Bolaning eng muhim ehtiyoji – uning tо‘g‘ri о‘qilishi: tushunilishi, qabul 
qilinishi va tan olinishidir. U g‘ayrishuuriy ravishda о‘zini har qanday vaziyatda ham, har 
qanday ahvolda ham tushuna olishlariga umid qiladi. U о‘qituvchi hech qachon xato 
qilmasligiga ishonchi komil bо‘ladi. Shunday bо‘lishi ham lozim, bola tasavvurini ostin-ustun 
qilish mumkin emas. Shuning uchun shaxsga yо‘naltirilgan tarbiyada pedagog tomonidan 
boladagi orzu-umidlar ham hisobga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bolalarni katta yoshlilar tushunishini qiyinlashtiruvchi yana bir oddiy sabab ularning 
bola ekanligidir. О‘qituvchining kasbiy majburiyati – u о‘zining bolaligiga qaytishidir. Shunda 
unga tarbiyalanuvchi nima uchun о‘zini boshqacha emas, aynan shunday tutayotgani, nima 
uchun u aynan shunaqa va boshqacha bо‘lishi mumkin emasligi tushunarli bо‘ladi. Bolalar 
bir-biridan ajablanmaydi axir. 
Bolaning tarbiyachi tomonidan qabul qilinishi asosida tabiatga muvofiqlik tamoyiliga 
xos talablar yotadi. Bu pedagog bolani tabiat, oila va maktabgacha ta’lim muassasasidagi 
tarbiya qanday shakllantirgan bо‘lsa, shunday qabul qilishini anglatadi. Mazkur tamoyilga 
rioya etish bolaning individual xususiyatlarini emas, balki yaxlit qabul qilishni taqozo etadi. 
Ularni bilish, albatta, muhim, lekin pedagog bolaning aqli, irodasi yoki hissiyotlari bilan emas, 
shaxsiyati bilan ish kо‘radi. Bola qanday bо‘lmasin, u hamisha о‘ziga xos va betakrordir. 
Bolani tushunish istagi unga qiziqish hissini oshiradi. Agar pedagog undagi о‘ziga xoslikni 
1
Qarang: Корчак Я. Как любить детей. М., 1968. С. 74. 336 
3



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish