TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
ustma-ust tushib A1' va A1'' nuqtalar bir nuqtada joylashgan bo‘ladi. Natijada Ax A' = Ax A1''
bo‘ladi.
T bissektor tekisligi fazodagi A1' nuqta bilan uning V tekislikdagi A'' proyeksiyasi orasida
proyeksion moslik o‘rnatiladi.
Agar fazodagi nuqtalar H va V proyeksiyalar tekisliklaridan teng uzoqlikda joylashgan
bo‘lsalar, bunday nuqtalar bissektor tekisligida tegishli nuqtalar bo‘ladi.
Bissektor tekisligining ba’zi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Bissektor tekisligida yotgan nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari, ustma-ust
joylashadi, ya’ni A'≡A'' bo‘ladi.
2. To‘g‘ri chiziqning gorizantal va frontal proyeksiyalari bissektor tekisligida uchrashadi.
Bu nuqta to‘g‘ri chiziqning bissektor tekislikdagi izi bo‘ladi.
3. Bissektor tekisligiga parallel to‘g‘ri chiziqning gorizontal va frontal proyeksiyalari
o‘zaro parallel bo‘ladi.
4. O‘zaro kesishuvchi AB va DC to‘g‘ri chiziqlar orqali berilgan tekislikning P moslik izini
yasash mumkin. Bissektor tekisligi uning moslik o‘qi va unga tegishli biror nuqtasi orqali ham
beriladi.
5. Bissektor tekisligiga parallel tekis shakl tomonlarning gorizontal va frontal
proyeksiyalari o‘zaro parallel bo‘ladilar, ya’ni A'B'//A"B", B'C'//B"C", C'A'//C" A" bo‘ladi.
1.Fazoning I va III choraklarini teng ikkiga bo‘luvchi tekislik birinchi bissektor tekisligi,
deb yuritiladi. Birinchi bissektor tekisligida joylashgan A va B nuqtalarning proyeksiyalari
(A',A'' va B', B'') OX proyeksiyalar o‘qlaridan barobar uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Bunda ZA
= YA va - ZB = Y B bo‘ladi.
2. Fazoning II va IV choraklarni teng ikkiga bo‘luvchi tekislik ikkinchi bissektor tekisligi
deb ataladi. Ikkinchi bissektor tekislikda joylashgan fazodagi C va D nuqtalarning
proyeksiyalari (C',C" va D',D") OX proyeksiyalar o‘qidan yuqorida va pastda bo‘lib, ular
chizmada ustma-ust tushadilar. Bunda ZC=-YC va YD=ZD bo‘ladi. Bissektor tekisligining
xususiyatlaridan foydalanib, quyidagi masalalarni yechish mumkin. Ikki tekisliklarni o‘zaro
kesishuv chizig‘ini yasashda qiyshiq burchakli parallel proyeksiyalash yoki markaziy
yordamchi proyeksiyalash usullaridan foydalanish mumkin. Buning uchun berilgan
tekisliklarni II va IV choraklardan o‘tuvchi bissektor tekisligiga yordamchi proyeksiyalashni
ko‘rib chiqamiz. Ortogonal proyeksiyalari bilan berilgan ABC (A'B'C',A"B"C") va DEF
(D'E'F',D"E"F") uchburchak tekisliklarini o‘zaro kesishuv chizig‘ini yasashda bu
uchburchaklarni D E tomoni bo‘yicha bissektor tekisligiga qiyshiq burchakli parallel
proyeksiyalash bilan aniqlash mumkin. Bunda har ikkala berilgan uchburchak tekisliklarni D
E tomon yo‘nalishi bo‘yicha qiyshiq burchakli parallel proyeksiyalash bilan bissektor
tekisligiga proyeksiyalaymiz. Bunda DEF uchburchak bissektor tekisligiga D0E0 = F0 kesma
shaklida proyeksiyalanib, ABC uchburchak esa, A0B0C0 ko‘rinishida proyeksiyalanadi.
Bissektor tekisligida yordamchi proyeksiyalash bilan hosil bo‘lgan shakllarning o‘zaro
kesishuv nuqtalari K0 va N0 ko‘rinishida proyeksiyalanadi. Bu nuqtalarning ortogonal
proyeksiyalarini yasash uchun ularni teskari E D (E'D',E"D") proyeksiyalash yo‘nalishi orqali
proyeksiyalovchi nurlar o‘tkaziladi. Bu K0 va N0 nuktalarni ABC uchburchakga tegishli
tomonlari proyeksiyalari bilan kesishgan nuqtalari K(K',K") va N(N',N") belgilanadi. Hosil
bo‘lgan nuqtalar o‘zaro tutashtirilib ikki tekisliklarni kesishuv chizig‘i K N(K'N',K''N'' )
13
Do'stlaringiz bilan baham: |