Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
tarbiyachilarda esa, ularning nuqtayi nazariga kо‘ra, keng tarqalgan kichik yoshdagi maktab 
о‘quvchilarining toifalari uchun xos asosiy xususiyatlarni aks ettiradigan idrok va 
baholashning barqaror etalonlari shakllanadi. Albatta, bu bolalarni tushunish jarayonini 
yengillashtiradi, lekin о‘xshash qatordan “tushib qolgan” о‘quvchilarni tushunish uchun о‘tib 
bо‘lmas tо‘siq hisoblanadi. Bugun bunday о‘quvchilar soni oshgan, shuning uchun 
tarbiyachilar о‘zining о‘lchov-etaloniga ayrim hollardagina murojaat qilgani maqsadga 
muvofiq. Eng yaxshisi, ular dinamik, о‘zgaruvchan va moslashuvchan bо‘lgani ma’qul. 
Tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, о‘qituvchi 2–3 nafar о‘quvchini chuqur tushunishi, 10–
12tasining xulq-atvorini ozmi-kо‘pmi darajada muvaffaqiyatli bilishi mumkin; qolganlariga 
nisbatan esa qabul qilish, baholash va pedagogik qarorlar stereotiplariga amal qiladi. Agar 
boshlang‘ich sinfda bolalar soni kо‘proq bо‘lsa, unda nima qilish kerak? “Ijtimoiy intellekt” – 
о‘quvchilar holatini tushunish qobiliyatini rivojlantirish, ularning xulq-atvori rivojlanishini 
oldindan kо‘ra olish lozim. Agar oldindan chamalash amaliy natija bilan ustma-ust tushgan 
bо‘lsa, pedagog bolani tо‘g‘ri baholagan deb aytish mumkin. Agar unday bо‘lmasa – bunga 
izoh qidirish, uni sinchkov kuzatish, bolaning ichki dunyosini tashxislash metodlarini 
о‘zlashtirish talab etiladi. 
His-tuyg‘ular, aniqrog‘i, ularning tashqi ifodasi bola haqida kо‘p narsani aytib berishi 
mumkin. Tarbiyachi bolani tо‘g‘ri о‘qishni о‘rganib olishi yetarli va u bola holatini bexato 
bilib olganiga qariyb ishonch hosil qilishi mumkin. Hissiy holatlarning tashqi ifodasi – 
ekspressiv. Imo-ishora va о‘zini tutishi, nutq ohangi va sur’ati tarbiyachiga kо‘p narsalarni 
aytib beradi. Psixologiya bolaning turli holatlari va ular tashqi qanday namoyon bо‘lishini 
batafsil tasvirlaydi. Biroz mashq qilib olgach, hatto boshlovchi pedagog ham bola imo-
ishorasi nimani ifodalashini ortiqcha qiyinchiliksiz bilib oladi – bu quvonch yoki qayg‘u, 
qо‘rquv yoki g‘azab, hayrat yoki loqaydlik kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo, odatda, birinchi 
e’tibor qaratiladigan narsa – bu bolaning umumiy holati: hayajonli, odatiy, asabiy. 
Hayajonning yaxshi ma’lum bо‘lgan belgilari: undan darak beruvchi baland, chinqiroq yoki 
titroq ovoz, nutq tezligi va sur’ati о‘zgarishi, tanaffuslar yо‘qolishi, sо‘zlar uzuq-yuluqligi. 
Nima demoqchi bо‘lganini unutib qо‘yish xavotir va sarosimadan dalolat beradi. Imo-ishora 
va nutq ohangini qо‘l harakatlari va kiyim ahvoli tо‘ldiradi. Bola о‘zini erkin tutishi u vazmin 
holatda ekanini, bezovtalik esa uni hayajon bosayotganini anglatadi. Boshlang‘ich ta’lim 
о‘qituvchisi bolaning ishonchiga munosib bо‘lishi lozim. Hatto о‘zining uncha katta 
bо‘lmagan ijtimoiy tajribasi bilan ham о‘quvchi unga kim va qanday munosabatda 
bо‘layotganini yaxshi tushunadi. О‘qituvchida empatiya zо‘raki ravishda namoyish 
bо‘layotganini u tez payqay oladi. Pedagog tomonidan yо‘l qо‘yilgan sun’iylik tufayli ularning 
о‘rtasidagi devor qalinlashib boraveradi. Rad qilingan о‘qituvchilar uchun yagona yechim – 
rasmiy-tarbiyaviy tadbirlar tashkil qilish va о‘tkazish bо‘lib, bunda turli ijtimoiy-rolli 
munosabatlar kо‘rib chiqilib, о‘qituvchi va о‘quvchilar shunday munosabatlar muqarrar 
ekanligi, ulardan chetlab о‘tish mumkin emasligini tushunib olishadi. Yosh о‘quvchilar 
begonalashuvining asosiy sabablari ham ana shunda. О‘quvchi о‘qituvchini barcha 
kamchiliklari bilan qabul qiladi, lekin unda sun’iylik emas, balki samimiylik va halollikni 
kо‘rishni xohlaydi. Shuning uchun о‘qituvchilar yangi pedagogik munosabatlar yо‘nalishida 
ishlash xohish-istagining о‘zi yetarli emasligini yodda tutishlari lozim. 
5



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish