ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
shakllantirishni o‘rgatish va unga erishishning ma’qul yo‘llarini belgilab berish kabilar yanada son va
sifat jihatlari bo‘yicha kengayadi. Bunda fasiliteytor, tyutor (o‘quv kurslarini interfaol tarzda
yetkazuvchi), invigilator (ta’lim natijalarini nazoratini amalga oshiruvchi, test, imtihonlarni o‘tkazishni
tashkil etib, o‘tkazuvchi mas’ul) kabilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ko‘rinib turibdiki,
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim berishda, kompyuter texnologiyalari
o‘qituvchini pedagogik jarayondan siqib chiqarish uchun emas, balki uning funksiyalarini kengayishi,
mas’uliyatini oshirishi, ta’lim sifatini yuqori darajada ta’minlash uchun vosita sifatida qo‘llanilar ekan.
Beshinchidan, zamonaviy ta’lim jarayonini samarali kechishini ta’minlash uchun, o‘qituvchi
qo‘shimcha ta’limot va bilimlardan xabardor bo‘lishi lozim. Ta’lim talabidan kelib chiqqan holda, ya’ni
modullikni ta’minlash maqsadida ularni uchta guruhga ajratish mumkin:
• birinchi guruh, aniq mutaxassislik darajasida kasbiy majburiyatlarni muvaffaqiyatli bajarishini
ta’minlovchi bilimlar (layoqat (kompetensiya));
• ikkinchi guruh, mehnat bozoridan joy egallash uchun, axborotlashgan jamiyatning talabidan
kelib chiqqan holda xususiylashtirilgan axborot texnologiyalari va axborot tizimlari haqidagi bilimlar
(axborot texnologiyalari sohasida layoqat (kompetensiya));
• uchinchi guruh, ta’lim oluvchilarni (talabalarni) o‘quv faoliyatini muvaffaqiyatli kechishini
ta’minlash uchun (yosh, jins, individual rivojlanish, psixik jarayonlar, psixik holat, ijtimoiylashuv,
stress, pedagogik jarayonni boshqarish psixologiyasi, pedagogik takt va b.) pedagogik-psixologik
bilimlar (layoqat (kompetensiya)).
Umuman, ta’lim berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarning kasbiy layoqatini (kompeten-
siyasini) ta’minlash milliy taraqqiyotimizni ma’naviy asosi hisoblanib, aniq shaxs, kasbiy muhit,
yoshlarimiz kamoloti va jamiyatning ravnaqini ta’minlab, mustaqil vatanimiz taraqqiyoti uchun amaliy
ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
1. O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi. – T.: O‘qituvchi, 1995. - 427-bet.
2.
Джумабаев Ю.Д., Аликулов Х.А. Этические Воззрения мыслителей Средней Азии и
Хорасана в IX - XV вв. – T.: «Фан», 1992. – С. 86.
3.
Ахмедов А. Мировоззренческие проблемы устного творчества. Автореф... дис... д-ра...
филолог... наук. - Т., 1991 – С.36.
4. O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1989. – 5-11 betlar.
5.
Кузьмина Н.В. Понятие «педагогическая система» и критерии ее оценки// Методы
системного педагогического исследования. – Л., 1980. – С. 49.
6. Samarov R.S. Axborotning psixologik xavfsizligi (uslubiy qo‘llanma). – Toshkent: Universitet,
2015. – 67-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |