ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
dunyoqarashni shakllantiruvchi, birlashtiruvchi, yetaklovchi va sharhlovchi kabi vazifalarni bajarishni
taqozo etadi. Bu o‘z navbatida kasbiy ongni shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
1-jadval.
Individuallashtirilgan ta’lim va o‘qitish metodining tavsifi
T/R.
Ta’limiy munosabatlar:
Ta’limiy texnologiyalar:
1.
Ta’lim oluvchi – Ta’lim beruvchi
Ta’lim oluvchi – Ta’lim oluvchi
Telefon, ovozli pochta, elektron pochta
1. “Bir kishi ko‘p kishiga” ta’lim berish metodi qo‘llanilganda an’anaviy tarzda ta’lim berishday,
ya’ni jadvallar tuzish, dalillarni yodlashni talab qilish va qaytarish kabi amallarni bajarib, ta’limiy
munosabatda faol ishtirok etmasday tarzida emas, balki innovatsiyaviy texnologiyalar vositasida
yangicha mazmun kasb etadi. Negaki, radio va televidenie orqali o‘qiladigan ma’ruzalar audio, video
yozuvlar shaklida innovatsiyaviy ta’lim jarayonini boyitadi. Ya’ni, eleksiyalar (elektron ma’ruzalar)
tarzida kompyuter tarmoqlari yordamida tarqatiladi. Bunda eleksiyalar an’anaviy ma’ruza matni
shaklida bo‘lishi shart hisoblanmaydi. Balki, maqolalar jamlanmasi yoki iqtiboslar ko‘rinishida bo‘lib,
faqatgina o‘quv materiallarga qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassam etgan bo‘lishi lozim. Negaki,
ularning vazifasi ta’lim oluvchilarni aniq mavzu yuzasidan bo‘lib o‘tadigan ta’limiy munozaraga
tayyorlashdan iborat. Ko‘rinib turibdiki, ta’lim oluvchilar mustaqil tarzda bilim olishga tayyor turishlari
lozim. “Ular ta’lim olishga oid an’anaviy tasavvur tarzidan, ya’ni dalillarni yodlash va qaytarish,
mavhum misol va masalalarni muhokama qilish shart deganlaridan xoli bo‘lishlari lozim” [5]. Chunki
a’nanaviy talim jarayonida ta’lim oluvchilarga uzatilayotgan ma’lumotlar ularning xotirasida uzoq
muddat saqlanmasligi, amaliyotda qo‘llanmasligi jihatidan besamar hisoblanadi. Ma’lumotlar real
hayotdan ayri holda tuzilganligi sababli ularni tinglovchi tomonidan o‘zlashtirish jarayoni qiyin kechadi.
[6]. An’anaviy tarzda ta’lim berish, qamrovi jihatidan chegaralangan bo‘lib, tashkiliy masalalarga ko‘p
vaqt sarflashni talab etadi. Natijada, ta’lim oluvchi “qolip”ga tushiriladi, chunki ularni mustaqil fikr
yuritishi uchun, uzatilgan dalillarni aloqadorligini belgilab olish uchun vaqt ajratilmaydi, pedagogik
vaziyat yaratilmaydi. Shu sababli, innovatsiyaviy ta’lim, an’anaviy ta’lim tarzidan ta’lim (2–jadval)
oluvchilarni mustaqil ravishda mavzu yuzasidan ma’lumotlarni izlash, ularni jamlash va sharhini amalga
oshirib, bo‘lib o‘tadigan ta’limiy munozaraga tayyor turishlari shart ekanligi jihatidan amaliy mazmun
kasb etadi.
2 - jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |