Annotatsiya. Mazkur maqolada innovatsion ta’lim va uning ilmiy-uslubiy jihatlari: informatsion
texnologiyalaridan foydalanish, individuallashtirilgan ta’lim, innovatsiyaviy ta’limni qo‘llash
xususiyatlari, innovatsiyaviy ta’lim qamrovi, strukturaviy o‘ziga xosligi hamda innovatsiyaviy
ta’limning faoliyat sifatida an’anaviy ta’lim usullaridan mazmundorligi bilan ajralib turish jihatlari
bayon etilgan.
112
ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA 2016-yil, 2-son
Kalit so‘zlar: ta’lim, ta’lim-tarbiya, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyaviy axborot
texnologiyalari, korporativ boshqaruv.
Ta’lim, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalari rivojlanishni ta’minlovchi
ma’naviy asos hisoblanadi. Agarda, ta’lim tarixiga nazar solsak, har bir tarixiy davr davomida ta’lim
mavzusi dolzarb masala sifatida namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin. Shu sababli bo‘lsa kerakki,
har bir xalq o‘z rivojlanish tarixi davomida ta’lim rivojlanishiga, boshqacha qilib aytganda, “pedagogik
g‘oyalarni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelgan [1]. Natijada “har bir xalqning
tafakkur tarixida ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar majmuasi shakllanganki” [2], uni ta’lim-tarbiyaga milliy
qarashlar tizimi deb ko‘rsatsak, maqsadga muvofiqdir. Ta’lim-tarbiyaga oid qarashlar turli omillarning
ta’siri asosida vaqti-vaqti bilan takomillashib, dialektik tarzda rivojlangan.
Har bir xalq, avvalo, o‘zining hayotiy tajribalariga tayangan holda milliy hayot yo‘lini, kundalik
faoliyati va kuzatishlarini umumlashtirilgan qisqa va lo‘nda ko‘rinishda ifodalangan maqolalarni
yaratgan [3]. Shuning uchun, xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganilayotgan mavzumiz doirasida
etnomanba sifatida o‘z vazifasini to‘liq o‘tay oladi deb ko‘rsatsak xato qilmagan bo‘lamiz. “Xalq
og‘zaki ijodi namunalarida tarbiya, tarbiya berish, tarbiyachining sifatlari, huquqlari, tarbiyala-
nuvchining majburiyatlari, vazifalarini belgilab, insonlarni yuksak xulq-atvor, go‘zal odamiylik
fazilatlarini egallashga chorlagan.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘zining aniq maqsadga yo‘naltirilganligi [4] va mavzularining
xilma-xil bo‘lishi bilan ajralib tursada, bu asarlarda ta’lim-tarbiya ayri holda, ya’ni ta’lim va tarbiya
shaklida emas, balki yaxlit tarzda keltirilmagan. Bu o‘ziga xoslikni milliy pedagogikaning tarkibiy
xossalari deb ko‘rsatsak maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu ta’lim-tarbiya tarixiga taalluqli bo‘lsa-da,
bugungi ta’lim tizimini rivojantirish uchun amaliy mazmun kasb etadi. Negaki birlamchi, ya’ni
fundamental asosni – ta’lim tarixini, uning tarkibiy qismlarini bilmasdan turib, ta’limni rivojlantirish,
ta’limning istiqboldagi vazifalari haqida fikr yuritib bo‘lmaydi.
Shu sababli, bugungi kun soha mutaxassisi milliy ta’lim-tarbiya tarixini bilish bilan birga, axborot
texnologiyalariga (AT) oid bilimga ega bo‘lishi lozim. Ularning ayrim jihatlarini quyidagicha ko‘rsatib
o‘tish mumkin:
1. Zamonaviy kompyuter tizimini texnologik integratsiyasi va tuzulishini, ya’ni kompyuter va
uning tarkibiy qismlari, modem, printer haqida;
2. Telekommunikatsiyaviy axborot texnologiyalari, ya’ni tarmoqli axborot texnologiyalari, lokal
va global tarmoqlar, Internet texnologiyalari, simsiz (
беспроводные) aloqa vositalari haqida;
3. Koorporativ boshqaruv, hujjatlarni ayriboshlash kabi axborot texnologiyalari haqida;
4. Ta’limiy jarayonlarni axborot texnologiyalari, ya’ni matnli va tablitsali protsessorlar, elektron
pochta, matnli-audio-video-konferensiyalar haqida;
5. Multimediyaviy axborot texnologiyalari, ya’ni matnga, ovoz, video, foto va grafiklarga ishlov
berish haqida;
6. Pedagogik qaror qabul qilishda axborot texnologiyalarini qo‘llash, ya’ni materiallarni
intellektual tahlili, ma’lumotlar zahirasidan masalaga taalluqli materiallarni izlash haqida;
7. Ekspertli tizim, kasbiy, huquqiy, siyosiy va madaniy ma’lumotlar tizimi haqida;
8. Elektron nashrlar va shu kabilar haqida.
Pedagogik jarayon uchun amaliy ahamiyat kasb etadigan, innovatsiyaviy ta’lim va uning ilmiy -
uslubiy jihatlarini o‘rganishga kam e’tibor qaratilayotganligini ham ko‘rsatib o‘tish lozim. Bugungi
kunda, pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib
bo‘lmaydi.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnolgiyalari vositasida o‘tkaziladigan ta’limni
funksionalligini, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchilarning munosabatini inobatga olgan holda ta’limiy
metodlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin. Ularning qatorida, istiqbolli metodlar
sifatida mustaqil ta’lim olish metodi, individuallashtirilgan (bir kishi bir kishiga) ta’lim metodi, “bir
kishi ko‘p kishiga” ta’lim metodi, kommunikatsiya asosida “ko‘p kishi ko‘p kishi”ga kabi ta’lim
metodini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Individuallashtirilgan ta’lim pedagogik metod sifatida rivojlanib, nafaqat bevosita aloqadorlikda,
balki telefon, ovozli pochta, elektron pochta kabi texnologik vositalar yordamida o‘tkazilib kelmoqdaki,
ularning tasnifini 1-jadvalda keltiramiz. Bu ta’lim turida vorislik, aniqrog‘i kompyuter tarmoqlarida
televorislikni rivojlanib borilayotganligi diqqatga sazovordir. Bunda ta’lim rivojlantiruvchi,
113
Do'stlaringiz bilan baham: |