ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
64
Oliy taʼlim muassasining ilmiy
-tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq muammolarning mazmun-mohiyatini,
xususiyatini, ehtimoliy yechimlarini o‘rganib chiqib, innovatsion potentsialni shakllantirish mexanizmini
takomillashtirsh ustuvor vazifalardan biri bo‘lmog‘i lozim.
Oliy taʼlim muassasasining asosiy maqs
adi bozor munosabatlari sharoitida ilmiy-texnik faoliyatini
yanada jonlantirish va rivojlantirish, samaradorligini oshirish uchun zarur shart-
sharoitlarni taʼminlab
berishdan iborat. Bular:
- oliy ta’lim muassasasining o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish potensialini to‘liq namoyon bo‘lish maqsadida
ustuvor ahamiyatli innovatsion loyihalar va dasturlarning realizatsiyasini ta’minlash uchun qulay shart-
sharoitlar yaratilishiga, innovasion faoliyatni har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishiga erishish;
- oliy ta’lim muassasasining negizida xatti-harakatlari muvofiqlashtiriladigan texnoparklar, innovatsion-
texnologik markazlar, biznes-innovatsion markazlar, biznes inkubatorlar tizimini rivojlantirish;
- raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yordam beradigan, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holida muntazam ravishda yangilab turish potensialiga
ega bo‘lgan ilmiy-texnik guruhlarni shakllantirish;
- oliy ta’lim muassasasining negizida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar,
tashkilotlar, tadbirkorlik va boshqa turdagi iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash;
- ilmiy-texnik, patent-huquqiy va iqtisodiy ekspertiza, loyihalar va ularni ro‘yobga oshirish natijalaridan
foydalanish tizimlarini takomillashtirish borasida to‘plangan ish tajribalarini umumlashtirish maqsadini
ko‘zlab ishga aloqador ma’lumotlar bazasini tashkil etish, turli xil informatsiyalarni to‘plash, informatsion
oqim harakatini tartibga solish va informatsiyalar bilan almashuvni izga solish;
- tadbirkorlik subyektlariga kashfiyotchilik bilan shug‘ullanishda, printsipial jihatdan yangi bo‘lgan
mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etish, ilm-fan yangiliklari asosida shakllantirilgan yangi texnika va
texnologiyalarni o‘zlashtirib olishga yordam ko‘rsatish;
- oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga moddiy rag‘batlantirilgan holda talabalarni, yosh
va iqtidorli olimlarni va professor-o‘qituvchilarni keng ko‘lamda jalb etishni tashkillashtirish maqsadga
muvofiq bo‘lar edi.
Adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil. 9-son, 225-modda.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-
yil. 11-12-son, 295-modda.
3.
Шумпетер Й.А. Теория экономического развития.
–
М.: Прогресс, 1983.
–
Стр. 278
-285.
4. “Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali.
№ 1, yanvar
-fevral, 2016 yil
5. Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish
– mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-jild. – T.: O‘zbekiston, 2011. – 360 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |