ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
61
tartibda himoya qilgani uchun uni yakka shakldagi ma’naviy-ma’rifiy faoliyat deb ataymiz. Fan
olimpiadalari - bu bilimlarga qiziqishini rivojlantirishning eng muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy qiymati
shundaki, garchi ma’lum fan bo‘yicha o‘tkazilsada, unda tuziladigan yakka holatdagi topshiriqlar, savollar
talabani ijodiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi, bilim olishga intilishini kuchaytiradi.
Yakka tartibdagi ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning tanlov va ko‘rgazma shaklidagi turi ham talaba-
yoshlarga ijodkorlikni, maqsadga intiluvchanligini rivojlantiradi. Masalan: talaba “Mohir qo‘llar”, “Texnik
ijodkorlik”, “She’riyat maskani” kabi tanlovlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etib, har biri o‘z ijodkorligi,
qobiliyati, iste’dodini namoyish etadi. Bu tanlovlar oliy ta’lim muassasasidandan boshlanib, respublika
miqyosida o‘tkazganligi tufayli talabada mas’uliyat, faxr, sha’n uchun kurash his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi.
Hozirgi kunda o‘quv yurtlarida eng ko‘p tarqalgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat shakli bu to‘garak
ishidir. Oliy ta’lim muassasalaridagi fan to‘garaklari, badiiy havaskorlik, foto, radio, kinoxavaskor
to‘garaklari, “Yosh adabiyotshunos”, “Yosh kitobxon”, “Yosh pedagog” kabi to‘garak va klublar xam katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega.
To‘garaklar va klublarda ishtirok etish talaba-yoshlarga bilish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini
rivojlantirish bilan birga ularda yurt, vatan, xalq oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi va
shuning uchun ham yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning yana bir shakli ommaviy tadbirlardir. Bunga ertaliklar, mavzuiy
kechalar, disputlar, savol-javob kechalari, anjumanlar, festivallar, sport bayramlari va o‘yinlari,
ekskursiyalar va x.k.lar kiradi.
Shunday qilib, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat keng qamrovlidir. Zero, ma’naviyat va ma’rifat - Oliy
qadriyat. U xalqimizning urf-odatlarini, mutafakkirlarimizning sermazmun ta’limotlarini, tarixiy milliy
qahramonlarimizning hayot yo‘lini, istiqlol, erk uchun kurashganlarning mashaqqatli turmush saxifalari
o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun ham u oliy qadriyat. U o‘z yo‘nalishlariga ko‘ra komil insonni
tarbiyalash kabi buyuk maqsadni amalga oshiradi.
Yuqorida aytilgan fikrlar, ishlarni amalga oshirsak, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat o‘z muddaosiga
etgan, barkamol avlodni shakllantirishga tamal toshi ko‘yilgan bo‘ladi. Buning uchun esa doimo izlanish,
xarakat kilish lozim. Ma’naviy - ma’rifiy faoliyatda bu boradagi bor imkoniyatlardan maksimal
foydalanishlari zarur.
Shunday kilib, ta’lim muassasalarida tashkil qilib o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy faoliyat talaba-
yoshlarni bilimga chanqoqliklarini oshirib, aqliy saloxiyat va zakovatlarini rivojlantirish bilan birga, ularni
ma’naviy barkamol bo‘lib tarbiyalanishlar uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |