Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

methods 
Abstract. 
The article gives an idea of innovative educational technologies and innovative ideas 
used by educators in the current education system, which is absolutely necessary for the professional 
education system that is being formed today.
Keywords: 
innovation technology, teaching methods, project method, research method, rating 
system, control. 
Hozirgi kunda ta’
lim tizimi inson faoliyatining muhim sohasi b
o‘lib, u ijtimoiy institutlardan biri bo‘lib, 
uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Jamiyatning axborot-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tomon 
rivojlanishi bilan ta’lim tizimida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu esa ta’lim tizimida juda katta 
muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammoni hal qilish 
uchun t
a’limning zamonaviy 
innovatsion g‘oyalarini ishlab chiqish, innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘
qitish usullari va shakllarini 
yaratish zarurdir. Ma’lumki, ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli 
«novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarini bilib olishimiz zarur. Agar faoliyat qisqa 
muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi 
elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz “novatsiya” xususida fikr yuritayotgan 
bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi 


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
83 
o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsa “innovatsiya” degan tushuncha 
shakllanadi [1, 33-40 b]. Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning 
kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham o‘rganilgan. 
Innovatsion faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi 
va takomillashib boradi [2, 21-27 b]. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning 
mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan 
to‘qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy 
ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo‘shadi va pedagogik faoliyatga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi kunda interaktiv metodlar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini 
o‘quv jarayoniga kiritishga qiziqish tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarni 
egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishga, mustaqil o‘rganish, tahlil qilish va olingan bilimlardan o‘zlari 
xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Innovatsion texnologiyalar inglizchadan “innovaton” yangilik kiritish – pedagogik 
jarayon, ya’ni o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati o‘zgarish, yangilik kiritish, o‘quv jarayonida interaktiv 
metodlardan to‘liq foydalanishni o‘z ichiga oladigan vositalar esa o‘quvchining birgalikda faoliyat orqali ta’lim 
mazmuniga ta’sir ko‘rsatadigan vositalarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini 
oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb 
hisoblanmoqda. Xo‘sh, interfaol metodlarning o‘zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? Ta’lim 
jaraѐnida interfaol metodlarning 
o‘rinli, maqsadga muvofiq qo‘llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? 
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular 
tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Shuningdek, ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
– faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi); 
– kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli); 
– kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). 
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita 
o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o‘rganilgan. Innovatsion 
faoliyat – bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va 
takomillashib boradi. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos 
kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to‘qnashuvi 
natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik 
faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo‘shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi [4, 21-27 b]. 
Bugungi kunda O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan 
izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs 
manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan 
ta’minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish shartlaridan biridir. “Yangi 
darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni 
ta’minlashni nazorat ostiga olish zarur”ligini alohida ta’kidlab keladilar. Bugungi kunda olimlar va o‘qituvchilar 
tomonidan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va shakllarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri bo‘lib 
belgilandi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o‘qitishning hozirgi zamon 
tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chunki yangi 
pedagogik texnologiyalarni ahamiyati shundaki, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘quv jarayoni 
rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli o‘tishining 80 foizi ta’lim 
jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog‘liqdir [7, 29-32 b]. 
O‘quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta’lim mazmunini, ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijani aniq 
belgilash, ta’lim metodlari, shakllari va vositalarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchi va talabalarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarini baholashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg‘ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni 
samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uyg‘unlashuviga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir [3, 29-32 b]. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog‘liq xususiy 
nazariyasiga ega. U avvalo o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning 
axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan faoliyat ya’ni, 
o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng muhim 
yutuqlaridan biri – testlar fondini, o‘quv jarayonining borishini to‘la qamrab olgan nazorat-tekshiruv topshiriqlar 
to‘plamini yaratilishidir. Oldindan tayyorlangan, standartlashgan testlar ishda anchagina qulaylik tug‘diradi. Har 
bir o‘quv siklida test yordamida baholash tezkor qaytuvchan aloqa o‘rnatishga imkon beradi va o‘quv jarayonini 
belgilangan maqsad tomon ketma-ket ravishda yo‘naltirib turadi. Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati va 
ahamiyatini chuqurroq tushunish uchun, bizning fikrimizcha, pedagogik jarayonga kompleksli nuqtayi nazardan 
qarash kerak, chunki pedagogik jarayon, ta’lim va tarbiya jarayondan iborat bo‘lib, juda murakkab, ko‘pqirrali 
jarayondir [8,78-85 b]. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish