Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet115/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
89 
Kun tartibidagi mashg‘ulotlarni darajaga bo‘lsak, bunda yoshlarimiz ilm olishni eng 
oxirgi darajaga qo‘yar ekan. Ular asosan internet orqali musiqa tinglash, elektron manzilni tekshirish, 
xullas, vaqtichog‘lik qilishga ko‘proq vaqt sarflaydilar. Yoshlarning uchdan ikki qismi internetga 
yangi do‘stlar orttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi bu 
munosabatlarni keyinchalik real hayotda davom ettirar ekan. Muloqotning bu kabi shakllari yaxshi, 
albatta. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Alohida 
e’tibor talab etadigan jihat - internet orqali tahdid deb nomlanadi. Internet saytlarida yoshlarga kuchli 
ta’sir etuvchi axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Birinchi toifadagi axborotlar sirasiga yot, 
buzg‘unchi g‘oyalar (diniy ekstremizm va terrorchilik g‘oyalari, millatchilik, irqchilik, sadizm kabilar)ni 
kiritish mumkin. Ikkinchi toifadagi axborotlar esa g‘arb hayot tarziga xos, o‘zbek mentalitetiga zid odatlar 
va ko‘nikmalarni targ‘ib etadi. Bu ayniqsa, g‘arb yoshlarining kiyinishi, odatlarini targ‘ib qiluvchi 
maqolalar, kliplar, filmlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Uchinchi toifaga esa pornografik axborotlarni 
kiritish mumkin. To‘rtinchi toifaga esa hali tekshirilmagan, o‘z isbotiga ega bo‘lmagan turli hujumkor 
axborotlarni kiritish mumkin. Internet saytlaridan tarqatilayotgan bu kabi yot g‘oyalar va axborotlarni 
yoshlar tomonidan qabul kilinayotganligi va uning oqibatlari jahondagi barcha xalqini ham tashvishga 
solmokda. Bundan tashqari, internet tizimida axloqsizlik va shafqatsizlikni targ‘ib etadigan, inson 
ruhiyatiga salbiy ta’sir etadigan, turfa xil qimor o‘yinlari joylashtirilgan ko‘plab sayt va portallar 
mavjudligini e’tiborga olish zarur. Masalan, Star craft, Line age, GTA, Cat Woman, Sims sity, Mortal 
combat, War Craft kabi yuzlab saytlarda joylashtirilgan o‘yinlarda “qahramon” niqobi ostida o‘ta yovuz va 
shafqatsiz g‘oyalarning targ‘ib qilinayotgani yoshlarning axloqini butkul izdan chiqarib yuborishi, ularning 
diydasiin qotirib, ezgulik va yovuzlikni farqlamaydigan, hamma narsaga befarq o‘ziga xos manqurtlarga 
aylantirib qo‘yishi hyech gap emas[3].
Ba’zilar uchun internet tarmog‘i faqat uzoqdagi oila a’zosi yoki qarindoshlari bilan muloqot 
uchun muhim hisoblanadi.Internet orqali ota-onalar ko‘proq o‘z farzandlarini qayerdaligini, ularni 
nazorat qilish imkoniyati borligi uchun ham foydalanadilar. Ota-onalar internetdan ko‘proq farzandini 
nazoratini kunduzi amalga oshiradi. Farzandlar esa internetga ko‘proq kechqurun kirishadi. Bu ba’zan 
yashirincha amalga oshiriladi. Bolalar internetdan foydalanish uchun ota-onalar tomonidan nazorat 
qilinmasligi salbiy, hatto jinoyatga yetaklashi ham sir emas.Ota-onalar ushbu murakkab masalani tushunib 
yetishga yordam beradigan quyidagi qoidalarni yaxshi bilishi lozim:
1.
Ota-onalar internetdan foydalanadigan farzandlarini qiziqishlari va maqsadlarini yaxshi bilishlari 
kerak. 
2.
Farzandlari bilan birgalikda internetdan foydalanish vaqtlarini belgilab olishlari lozim, ushbu 
axborot resurslariga kirish samarali va xavfsiz bo‘lishiga yordam beradi. 
3.
Internet tarmoqlarida mavjud pornografik, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiladigan saytlarga 
kirishni bartaraf qiluvchi filtrlovchi yoki parolli dasturlardan foydalanish. 
4.
Farzandlarning internetga mustaqil kirish imkoniyati bo‘lgan taqdirda, ota-onalar kichik yoshdagi 
bolalarning axborotdan foydalanishlarini nazorat qilishlari lozim. Internet resurslaridagi bolalar tomonidan 
olingan ma’lumotlarning xarakteri va miqdori to‘g‘risida “Internet Explorer”dasturining “Internet-
brauzer”jurnali bilan tanishishlari lozim. Internetda bolalarning salbiy ma’lumotlarga yoki saytlarga 
kirishini oldini olish uchun kompyuterga“Kasperskiy Internet Security 2010” o‘rnatilgan bo‘lishi lozim[4: 
58]. Shunda bolalar turli pornografik sahnalar, shafqatsizlikni targ‘ib qiladigan saytlardan uzoqda 
bo‘lishadi. 
Ota -onalarga yana bir eslatmani keltirib o‘tish lozim. Ota-onalar o‘zlarining shaxsiy 
ma’lumotlarini, dasturdagi parollarning ba’zilarini farzandlari bilan “baham ko‘rmasliklari” maqsadga 
muvofiq.
Farzandlar bilan ochiq muloqot bo‘lishi shart. Farzandlar bilan internet tarmog‘idan olgan har bir 
ma’lumot haqida birgalikda suhbatlashish zarur. Chunki, internetdagi hamma ma’lumotlar ham ishonchli 
hisoblanmaydi.
“Texnokratik madaniyat”ni “tartibga solish” uchun Yevropa Ittifoqida qabul qilinganidek, 
“xavfsiz Internet” dasturini ishlab chiqishni maqsadga muvofiqdir. Umuman axborot oqimini nazorat 
qilishning mukammal tizimi lozimligi aksioma. Jumladan, Buyuk Britaniyada “O‘zini tutish kodeksi” va 
“xavfsiz tarmoq” mustaqil jamg‘armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qilmoqda. Ayrim 
Yevropa davlatlarida esa qonun asosida saytlarni blokirovka qilish belgilab qo‘yilgan[5: 117]. 
Xullas, oilada internet tarmog‘iga ulanish -farzandlar tarbiyasiga jiddiy ta’siri yuzaga keltirmoqda. 
Faqatgina ota-onalar bu borada o‘z mas’uliyatlarini sezishlari yot axborot oqimlarining farzand tarbiyasiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishini doimo yodda tutmoqlari darkor.Internet tarmog‘idan foydalanishda faqatgina 
oilaning tinchligi, farovonligi va oila a’zolarining dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviyatini 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish