ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
53
UDK: 415
SO‘Z TARTIBINING KOMMUNIKATIV, SINTAKTIK VA USLUBIY
VAZIFALARI
A.Q.Sobirov
Samarqand davlat universiteti
anvarsobir@mail.ru
Annotatsiya.
She’riyatda so`z tartibi (Hozirgi o‘zbek she’riyati misolida). Maqolada rus va
o‘zbek tilshunosligida so‘z tartibiga oid ilmiy ishlar o‘rganilgan. Shuningdek, she’riy matnda odatdagi
va o‘zgargan so‘z tartibining kommunikativ, sintaktik, uslubiy vazifalari haqida ilmiy mulohazalar
bayon qilingan. Matnda so‘z tartibini belgilovchi asosiy omil “kesim” degan xulosaga kelingan.
Kalit so‘zlar:
so‘z tartibi, odatdagi tartib, o‘zgargan tartib (inversiya), kommunikativ,
sintaktik, uslubiy vazifa, takror, akromonogramma.
Коммуникативные, синтаксические и методические задачи порядка слов
Аннотация
.
В статье изучены порядок слов в узбекском и русском языках.
Представлены научные выводы коммуникативных, синтактических и стилистических задач
обычных и измененных порядка слов. Сделано заключение, что «сказуемое» является
основным фактором порядка слов.
Ключевые слова:
порядок слов, обычный порядок слов, измененный порядок слов
(инверсия), коммуникативный, синтактический, стилистическая задача, повторение,
акромонограмма.
Communicative, syntactic, and methodical functions of word order
Abstract.
In th
е article word order in the Uzbek and Russian languages are studied. The
scientific conclusions of communicative, syntactic and stylistic tasks of ordinary and altered word
order are presented. It is concluded that the "predicate" is the main factor in the word order.
Keywords:
word order, common order, changed order (inversion), communicative, syntactic,
stylistic task, repeated, acromonogram.
Aloqa aralashuv jarayonida ishtirok etuvchi har bir til birligi tilning qaysi sathiga aloqador
bo‘lishidan qat’i nazar, bajaradigan eng muhim uch ijtimoiy vazifa – aloqa, xabar, ta’sir etishdan
birining amalga oshirishiga xizmat qiladi. Shu bois tilning aloqani ta’minlash vazifasi so‘zlashuv
nutqida, xabar vazifasi odatda rasmiy va ilmiy uslublarda, ta’sir etish vazifasi esa badiiy va qisman
publitsistik uslub doirasida ko‘proq namoyon bo‘ladi [1. 6-bet]. Nutqning bu ko‘rinishlari til
birliklarini qamrab olishi, lug‘aviy tarkibi, grammatik xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi.
Insonning nozik his tuyg‘ularini ifodalashda o‘zgargan so‘z tartibi (inversiya) ham muhim rol
o‘ynaydi. O‘zbek tilida ushbu masalaga birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgan Karim Xayitmetovning
fikricha, gap bo‘laklari tartibi “qatiyligi“ til tarqaqqiyoti davomida “erkinnlikka” o`tib bormoqda [2.
69-bet]. Buni aruz vazni davrlar o`tishi bilan o`z o`rnini barmoq vazniga, barmoq vazni esa o`z o`rnini
erkin vaznga bo`shatib berayotganligidan ham sezish mumkin, bizningcha. Rivojlanish natijasida nutq
birliklari mavjud qoliplarga sig‘may, yangi-yangi shakliy ko`rinish kasb etmoqda. Aytmoqchimizki,
so`z tartibiga doir qoliplar o‘zgarib, yangilanib boryapti. O‘zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ
tillarga kirganligi va ko‘p hollarda so‘z shakllari uning sintaktik o‘rinlarini ham tayinlab turganligi
sababli gap bo‘laklarining tartibi amorf tillariga nisbatan ancha erkin. Gap bo‘laklari tartibining
o‘zgarishi ko‘pincha bu bo‘laklarning sintaktik o‘rnini va gapning umumiy mazmunini
o‘zgartirmaydi” [3. 11-bet].
So‘z tartibining poetik sintaksisda muhim o‘rin tutuvchi vosita ekanligi ilgaridan tilshunoslar
e’tiborini o‘ziga qaratib, bu haqdagi dastlabki ilmiy talqinlar rus tilshunoslari T.S.Yadixanova [4],
O.B.Sirotinina [5], I.I.Kovtunova [6] kabi olimlar tomonidan ilgari surilgan edi. Tadqiqotchilar haqli
ravishda so‘z tartibini gapning akutal bo‘linishi, u bajaradigan kommunikativ vazifa to‘laligicha
muloqot maqsadi va u amalga oshadigan nutqiy vaziyat bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar. O‘zbek
tilshunosligida so‘z tartibiga bag‘ishlangan dastlabki ish sifatida Ayub G‘ulomovning “O‘zbek tilida
so‘z tartibi” maqolasini ko‘rsatish mumkin [7.123-124-betlar]
Muallif ushbu maqolada, asosan, nasriy
matnda so‘z tartibining vazifalari, strukrural-grammatik ko‘rinishlari, aniqrog‘i ega va kesim tartibi,
Do'stlaringiz bilan baham: |