ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
55
Ijodkorning niyatini amalga oshirishda so‘z tartibi va takror yaxlit uyg‘unlashgan holda ohangdorlik
va ta’sirchanlikni ta’minlaydi. She’rda to‘ldiruvchi bajara olmagan vazifani ega bajaradi, chunki uni
kesim tayinlaydi. Demak, markaziy bo‘lak hisoblangan kesim so‘zlar tartibini ham boshqaruvchi
bo‘lakdir.
Gap bo‘laklarining aktuallashishi nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, temadan remaga tomon
joylashish, gapning qanday sintaktik a’zolari bo‘lishidan qat’i nazar, odatdagi, ya’ni to‘g‘ri so‘z tartibi
hisoblanadi. Tabiiyki, bu yo‘nalishda gap boshida keluvchi rema a’zolarining bo‘linishi
inversiyalashgan hisoblanadi. Ular gap urg‘usi bilan ta’minlanadi. Gapning kommunikativ vazifa
nuqtayi nazardan tuzilishi uning muhim tuzilishi hisoblanadi. Kommunikativ (aktual) vazifa nuqtayi
nazardan gapni tashkil etuvchi sintaktik uzvlar tema (ma’lum) va rema (yangi) qismlarga bo‘linadi.
Gapning rema qismi — kommunikativ (eng ahamiyatli) qism gapning kommunikativ markazi
hisoblanadi. Savol gapning shu kommunikativ markazini – remani aniqlash uchun beriladi [11. 26-
bet]. A’zam O‘ktamning “Onamga” she’rida kommunikativ markazning ikki misrada ham
“shoir”
so‘ziga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas. Misralarda gap bo‘laklari tartibining yuqoridagi misoldan farqi
so‘z tartibi o‘zgargan, inversiyaga uchragan:
Shoirmas
so‘zni ming kuylarga solgan,
She’rni deb ming kuyga tushganlar
shoir!
K.Xayitmetov, – “Inversiya” ko‘pincha, kishilarning turli ruhiy holatlarini ifodalovchi undov gaplarda
uchraydi
[12.102-bet], – degan edi. Diqqat qilsak, yoqoridagi parcha ham undov gapdan tuzilgan.
Ushbu ikki misra ham birinchi misra tema hisoblansa, ikkinchi misra remadir. Ko`rinadiki,
tema ham, rema ham gapga teng. Shu o`rinda sovol tug‘iladi. Nega birinchi gapning kesimi
“shoirmas”
misra boshida kelgan? Vazn yoki qofya talabi bilanmi? Bizningcha, muallif hammaga
ma’lum bo‘lgan axborotni shu yo‘sinda inkor qilmoqchi bo‘lgan: so‘zni ming kuylarga solgan shoir
emas, aksincha she’rni deb ming kuylarga tushganlar shor. Odatda, fe’l so`z turkumiga oid so‘zlar
gapda kesim, ot so‘z turkumiga oid so‘zlar gapda ega bo‘lib keladi, misralarda esa buning teskarisini
ko‘ramiz. Shu ham inversiyaga yordamlashgan. Unutmaslik kerakki, inversiya she’riyatning jon
tomiri, sof poetik hodisadir.
Eshqobil Shukurning “Ko`z yumib ko`rganlarim” kitobidan olingan “Qo`shiluvchilar va
yig`indi” she`rida gap bo`laklari yuqoridagi misralardan farqli ravishda to`g`ri tartibda joylashgan.
Ushbu parchada ham takror so`z tartibini belgilagan. Birinchi misra boshidagi so`zni ikkinchi misara
oxiriga qo`yish orqali tasdir she’riy san’at yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: