ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
54
aniqlovchi va aniqlanmish tartibi, hol va kesim tartibi, to‘ldiruvchi va kesim tartibiga alohida-alohida
qarab chiqqan. Biz esa ushbu tadqiqotimizda birinchilardan bo`lib she’riy nutqqa so`z tartibi va uni
belgilovchi ayrim omillarga to‘xtalmoqchimiz.
So‘z tartibi gap bo‘laklarining qanday tartibda joylashuviga qarab belgilanadi. O‘zbek tilida
gap bo‘laklarining joylashishi erkin ko‘rinishda, kesimning egadan keyin kelishi yoki ikkinchi darajali
bo‘laklarning gap markaziga nisbatan joylashish tartibi qat’iy emas. Ular nutq sub’ekti, ya’ni
so‘zlovchi yoki yozuvchining kommunikativ maqsadi hamda nutqiy vaziyatdan kelib chiqib,
o‘zgarishga uchrashi, cheklangan darajada o‘zi bog‘liq bo‘lakka nisbatan joylashish tartibini
o‘zgartirishi, gap boshida yoki oxirida kelishi mumkin. N.S.Valgina e’tirof etganidek, gap
bo‘laklarining cheklangan darajada joylashishi ikki sabab bilan: gaplararo birlik chegarasida ifoda
komponentlarining struktur bog‘liqligi, yani gap qurilishi nuqtayi nazaridan va ma’noviy ahamiyatiga
bog‘liq” [8. 35-bet].
She’riy matnda so‘zlar tartibi va unda joylashgan so‘z shakllari o‘z funksional tabiatidan kelib
chiqib,
kommunikativ, sintaktik va uslubiy
vazifalarni bajarishi mumkin.
Kommunikativlik nuqtayi nazaridan so‘z tartibi gapning aktual bo‘linishini ifodalovchi
komponentlar, ya’ni tema va remaning namoyon bo‘lishiga imkon yaratadi. Gapning aktual bo‘linishi
bu – gapning muayyan nutqiy matndagi mundarijasidan kelib chiqib, mazmun jihatdan bo‘linishi.
Bunday bo‘linishda gap ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1) so‘zlovchi va tinglovchi (o‘quvchi) uchun
ma’lum narsani ifodalovchi qism (tema); 2) so‘zlovchi bildirmoqchi, aytmoqchi bo‘lgan qism, ya’ni
yangi axborot, ma’lumot qismi (rema):
Bu yilgi rejalar yana ham katta
. Bu gapning aktual
bo‘linishida tema:
bu yilgi rejalar
; rema:
yana ham katta
” [9. 83-bet].
Uslubiy betaraf ilmiy, rasmiy hamda qisman publitsistik nutqda tema doimo remadan oldin
keladi, mantiqiy urg‘u gap oxirida keladi. Bu holat she’riy nutqda ham kuzatiladi. Masalan:
Ering
g‘azablandi, sen-chi yig‘lading, Hamma narsa bo‘ldi oxiri ayon
(U.Azim). Keltirilgan misoldagi
dastlabki ikkita sodda gapning har ikkisi ham ega va kesimdan tarkib topgan. Ikkinchi gapdagi
ifodalangan fikr birinchi gapda ifodalangan ma’lumotga aniqlik kiritmoqda, shuning uchun bu ikki
gapni yaxlit olib qaraganda ikkinchi gap o‘zida temani qamrab olgan. Keyingi gap dastlabki gapga
nisbatan ikkinchi pozitsiyada joylashgan va remani ifodalagan, aynan u aktuallashgan, deyish
mumkin. Ko‘rinadiki, gapda tema va rema munosabatiga oydinlik kiritishda gapda kommunikativ
vazifa, ya’ni so‘zlovchining mazkur matn yoki nutqiy vaziyatda gapdagi eng muhim deb hisoblagan
tomonini ta’kidlab ko‘rsatishi, unga urg‘u berishiga qarab fikr yuritishni taqozo qiladi. “Badiiy nutqni
o‘rganuvchi LP (lingvistik poetika) ham til sistemasining barcha sath birliklarining badiiy-estetik
vazifasini qamrab oladi.
Shuningdek, gap bo‘laklarining o‘rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo‘laklarning takrorlanishi
kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishga xizmat qiladi” [10. 152-bet]. She’riy matnlarda
odatdagi so‘z tartibidan foydalangan holda ma’noni kuchaytirishda takror muhim rol o‘ynaydi.
Masalan, To‘ra Sulaymonning “Tebratar” she’rida kesimning joylashish o‘rni o‘zgartirilmagan holda
faqat ikkinchi darajali bo‘lak – to‘ldiruvchini keying misrada egaga aylanishi, aytish mumkinki,
takrorlanishi gapga yangi ma’no yuklangan:
Shamol shamolni tebratar.
Shamol bulutni tebratar.
Bulut yomg‘irni tebratar.
Yomg‘ir tuproqni tebratar.
Tuproq maysani tebratar...
Suluv beshikni tebratar.
Beshik bolani tebratar.
Bola dunyoni tebratar.
She’rda birgina bo‘lak – kesim o‘z vazifasini o‘zgartirmagan. Chunki “Kesim gapning
markaziy bo‘lagi bo‘lganligidan gapning butun tavsifi – grammatik kategoriyalari: tasdiq-inkorlik,
shaxs (personallik), zamon (temporallik), kom-munikativ maqsad va hokazolar kesimga qarab
belgilanadi” [11. 39-bet]. Keltirilgan misolning xarakterli tomon shundaki, birinchi misrada
to‘ldiruvchi vazifasida kelgan
“shamolni”
so‘zi keyingi misrada ega maqomini olgan, ikkinchi
misradagi
“bulutni”
to‘ldiruvchisi uchinchi misrada yana egaga aylangan va shu tartib she’r oxiriga
qadar saqlab qolingan. She’rda muallifning bosh g‘oyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |