ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
51
manziliga yetib borgandan so‘ng aravasidagi suvni to‘kib, yana suv olish uchun qaytib kelyapti
”, –
deydilar (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 2008-yilda Ozoda Islomqulovadan yozib olingan).
Ajdodlarimiz ilk ko‘klam momaqaldirog‘i ovozini eshitganlarida kelayotgan yil hosilining
cho‘g‘ini chamalashga harakat qilganlar. I.Kastanening yozishicha, Kavkazorti turkiylari hosil
cho‘g‘ini avvaldan chamalashning shunday usulidan foydalanganlar: bahor faslida birinchi
momaqaldiroq sadosi quloqqa chalinishi bilanoq xonadon sohibi hovliga chiqib, osmonga qoshiqni
irg‘itib yuborgan. Ana shu qoshiqning qay holatda tushishiga qarab kelayotgan yil hosili qanday
bo‘lishi to‘g‘risida fol qilingan: qoshiqning rost, ya’ni o‘nglangan holatda tushganligi – barakali kuz
belgisi, ters tushganligi esa kamhosillik, qurg‘oqchilik alomati, deb qaralgan [8;48]. Qirg‘izlar esa
momaqaldiroq qaysi tomonda gumburlay boshlashiga alohida e’tibor berganlar. Chunki ko‘pni
ko‘rgan tajribali hisobdonlarning uqtirishlaricha, qadimda momaqaldiroq qaysi tomonda gumburlasa,
o‘sha joydan baraka arimaydi, deb irim qilingan [1;70].
Dog‘istonda yashovchi vaynaxlar bahorda bo‘ladigan ilk momaqaldiroqning qaysi tomonda
gumburlashiga alohida ahamiyat berishgan. Agar momaqaldiroq janub va sharq tomonda gumburlasa,
boshlanayotgan yil hosili mo‘l bo‘ladi, deb suyunganlar, momaqaldiroqning g‘arb va shimolda
gumburlishi esa, do‘l va sel kelishi hamda hosil kam bo‘lishining alomati, deb irim qilishgan.
Shuningdek, hali qorlar erimay turib, yerda o‘tlar ko‘karmasdan gumburlagan momaqaldiroq ham
bexosiyat deb qaralgan [10;116-117].
O‘zbeklarda ham momaqaldiroq paytida hosil barakasini aniqlash uchun turli xil fol qilish
usullari qo‘llanilgan. Odamlar momaqaldiroq gumburlashining ketma-ketligi va necha kun davom
etishini kuzatadilar. Chunki xalq qarashlariga ko‘ra, “
Bir kun guldirasa - qurg‘oq, uch kun qatorasiga
guldirasa – sig‘roq
” degan gap bor. “
Sig‘roq
” – yog‘ingarchilik, yomg‘ir deganidir. Bir necha kun
havo bulutli bo‘lib, qatorasiga momaqaldiroq bo‘lsa, yog‘insiz ketmas ekan. Shuning uchun havo
guldirasa, odamlar “
Qurg‘oqmi, sig‘roq
?!” – deb turadilar” (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 1987-
yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi So‘loqli qishlog‘ida yashovchi 72 yashar
Abdug‘affor Shukurovdan yozib olingan). Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi Samarqand
qishlog‘ida erta bahorda birinchi momaqaldiroq bo‘lganda, gumbur-gumbur ovozini eshitgan
momolar: “
Qirg‘oqqa tushdimi, sig‘roqqa tushdimi
?” – deb so‘raydilar. Aytishlaricha, “qirg‘oq”qa
tushsa – momaqaldiroqdan keyin qirq kun yog‘ingarchilik bo‘lmas emish. Agar “sig‘roq”qa tushsa
yog‘in-sochin mo‘l bo‘lishi kutilar ekan (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 2008-yilda G‘ayrat
Muhammadievdan yozib olingan).
Xalq qarashlariga ko‘ra, bahorda birinchi marta momaqaldiroq bo‘lgandan keyin darhol
yomg‘ir yog‘masa, qirq kungacha yog‘ingarchilik bo‘lmas ekan. Agar momaqaldiroqdan so‘ng
yomg‘ir quyib bersa, qirq kun yog‘inli o‘tadi, deydilar (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 1991-yilda
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, Daraytut qishlog‘i). Bu e’tiqodiy qarash ham bevosita tabiatdan
mo‘l hosil tilash bilan bog‘liq qadimgi rituallar ta’sirida yuzaga kelgan. Agar momaqaldiroq
qatorasiga bir necha kun guldirab, havo “sig‘roq” kelsa, lalmidagi ekinlarning hosili barakali bo‘ladi.
Shuning uchun ham momaqaldiroq gumburlashi yakkam-dukkam bo‘lib, tez orada guldurakning uni
o‘chsa, odamlar yog‘ingarchilik kam bo‘lishidan xavotirlanib, tashvishga tushishgan.
Erta bahorda momoqaldiroq gumburlashiga qarab yil fasllari ob-havosi qanday kelishini
taxmin qilganlar. Masalan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Hazorbog‘ qishlog‘ida erta
bahorda birinchi momaqaldiroq gumburlaganda uning necha marta gumburlashiga alohida e’tibor
berishar ekan. Agar momaqaldiroq toq gumburlasa kuz issiq bo‘ladi, deydilar; mobodo, juft
gumburlasa, kuz havosi mo‘’tadil bo‘lib, yaxshi keladi, deb irim qiladilar (Folklor ekspeditsiyasi
materiallari. 2008-yilda Mamatmurodova Dilafro‘zdan yozib olingan).
Xalqimizda bahorgi va kuzgi momaqaldiroq haqida ham turli xil e’tiqodiy qarashlar mavjud.
Xususan, Surxondaryo viloyatining Boysun shahridagi Ko‘ktepa mahallasida yashovchi Xoliq buva
Rahmonovning aytishicha, kuzning oxirgi kunlari havo gumburlasa, yaxshilikka yo‘yilmas ekan.
Chunki “
Bir qasirdasa, olti oyga urib ketar
” ekan. O‘sha qishloqlik Umbar bobo havoning kuzgi
gumburlashi, ya’ni “
Kuzgi momaqaldiroq xayrli emas, qishning yarmini urib ketadi
”, – deydi (Folklor
ekspeditsiyasi materiallari. 2003-yil 23-oktyabr. “Boysun xalqaro folklor ekspeditsiyasi”
materiallaridan).
“Momaqaldiroq” yoki “Guldurmomo” obrazining tarixiy-mifologik asoslari qadimgi
turkiylarning arxaik mifologiyasiga borib taqaladi. Chunki udmurtlar folklorida momaqaldiroq hosil
qiluvchi asotiriy personaj
Do'stlaringiz bilan baham: |