momopo‘stak
” deb ataydilar [17;15]. Navoiy viloyatining Navoiy tumanidagi Jaloyir qishlog‘ida
esa “
Kampir po‘stagini qoqsa, momaqaldiroq bo‘ladi
”, – deydilar (Folklor ekspeditsiyasi
materiallari. 1981-yilda Jo‘raeva Umrinisodan yozib olingan.). Surxondaryo viloyatining Boysun
tumanidagi Darband qishlog‘ida erta bahorda momaqaldiroq gumburlaganda “
Guldur momo
ko‘rpasini qoqayapti, agar ko‘rpasining changi ko‘p bo‘lsa, qor yog‘adi, chang kam bo‘lsa, yomg‘ir
yog‘adi
”, – deydilar. Aytishlaricha, Guldur momoning ovozi o‘simlik va daraxtlarni qish uyqusidan
uyg‘otar emish [14;172]. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi Ulfatbibi qishlog‘ida
momaqaldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqsa: “
Xudo o‘zining o‘tirgan po‘stagini qoqdi, hozir
momoguldiroq bo‘lib, chaqmoq chaqiladi,
” – deydilar. Chaqmoq oq narsani tez oladi, deb oq rangli
narsalarni yashirib qo‘yadilar. Daraxtlarni chaqmoq urishdan saqlash uchun lattaga o‘rab tosh
qo‘yib chiqishadi (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 1991-yilda Sharofat Fayzievadan yozib
olingan). O‘shliklar esa erta bahorda momaqaldiroq ovozini eshitgan paytda “
yil ayrildi
” deydilar va
oq hamda yaltiroq narsalarni panaga olishadi [16].
Momaqaldiroq to‘g‘risidagi mifologik tasavvurlarni tahlil qilishda Rahmatulla Yusuf o‘g‘li
tomonidan 1961-yilda yozib olingan “
Uloqchi va Guldurmomo
” ertagi muhim manba bo‘la oladi.
Syujeti momaqaldiroq haqidagi mif asosiga qurilgan bu ertakda hikoya qilinishicha, “bir uloqchi bola
jar yoqasida uloqlarini boqib yurganida birdan havo buzilib, tog‘ tomondan osmonni qora bulutlar
qoplab, chaqmoq chaqib kelaveribdi. Osmon o‘yilib ketgudek taqirlab, Guldurmomo judayam
qahrlanib, o‘shqirib, yomg‘ir yog‘dira boshlabdi. Yomg‘ir ko‘p yog‘ib, uloqchini sel oqizib ketay deb
turganida: “Ha, badbaxt, ha, badbaxt! Hali sen mening o‘g‘limni oqizib ketmoqchimisan? Qo‘y, nari
yoqqa ket!” – degan dahshatli ovoz eshitilibdi. Bu – Guldurmomo ekan. Guldurmomodan qo‘rqqan sel
bir lahzada jarning tagiga tushib, pasayib ketibdi. Shundan keyin Guldurmomo uloqchi bolani o‘ziga
o‘g‘il qilib olibdi va bulutlar ortiga, o‘zining Ko‘hi Qofdagi uyiga olib ketibdi. Uloqchi momo bergan
sehrli tulporni minib “Meni Guldurmomo turgan joyga olib borib qo‘ygin!” – deyishi bilan ot bir
chirpinib, qanotini yozib yuboribdi-da, parvoz qilib, ko‘z ochib yumguncha Guldurmomoning oldiga
etib boribdi. Guldurmomo uloqchini ko‘rib, quvonib: “Sen otingni bulutlarning tepasida o‘tlatib-
o‘tlatib, kech bo‘lgandan keyin uyga bor. Men kechgacha hamma guldurli bulutlarni erning ostiga
haydab borib, hammasini qo‘toniga quvonlab, keyin uyga tushaman”, – debdi.
Uloqchi otini haydab, yuqoriga – bulutlarga, undan ham yuqoridagi bulutlarga chiqib ketibdi.
Judayam yuqorida bir toqqa o‘xshagan qattiq bulutlar bo‘lib, u bulutlarning tepasida har xil o‘tlar,
boychechaklar va yovvoyi daraxtlar ko‘karib yotar ekan. Yomg‘irni Guldurmomo ana shunday
tog‘larning ko‘l va buloqlaridan po‘stagiga to‘ldirib kelib, berigi kichkina yumshoq bulutlardan turib,
erga yog‘dirar ekan” [15].
Do'stlaringiz bilan baham: |