ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
50
Bu ertakda momaqaldiroqning mifologik obrazi xayoliy uydirma asosida tasvirlangan. U
bulutlarning ustida yurib, yog‘in-sochinni tartibga solib turuvchi guldurli bulutlar egasi, osmon
tog‘ining ko‘l va chashmalaridan po‘stagini suvga to‘ldirib kelib, yomg‘ir yog‘diruvchi afsonaviy
kampir. Guldurmomo obraziga xos xarakterli belgi uning yomg‘ir suvlarini solib yuradigan po‘stagi
borligidir. Surxondaryodan yozib olingan bir afsonada aytilishcha, momaqaldiroq o‘z izmiga
bo‘ysunmagan bulutlarni urgan paytida osmon gumburlab, sado berar, po‘stagini qokqanda esa
chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ar emish [14;99].
Yomg‘ir bilan aloqadorlik Guldurmomo obrazining asosiy xususiyatidir. Navro‘z arafasida
yog‘adigan “obi rahmat” yomg‘iri to‘g‘risidagi afsonada hikoya qilinishicha, ilk ko‘klam kunlari
havoda gulduragan ovoz eshitilsa, buni “
Guldurmomo Bahoroyning ko‘rpasini qoqayapti,
” – deb
o‘ylasharkan. Agar ko‘rpa changli bo‘lsa, Guldurmomo o‘z hassasi bilan urganda erga qor
yog‘armish. Agar ko‘rpaning changgi oz bo‘lsa, biroz yomg‘ir shivalab o‘tarkan, xolos. Navro‘z
arafasidagi obi rahmat yomg‘irini ham Guldurmomo yog‘dirar ekan. U qo‘lidagi hassasi bilan hamma
bulutlarni yig‘ib kelib, ura boshlar va natijada bulutlardan yomg‘ir yog‘ar ekan [11;20-21].
Guldurmomo obrazining bunday mifologik talqini O‘rta Osiyo turkiy xalqlari folklorida,
xususan, turkman xalq og‘zaki ijodida ham mavjuddir. A.Baymiradovning ma’lumotlariga qaraganda,
turkmanlar momaqaldiroqni
Gummurmomo
yoki
Garrimomo
(ya’ni Qarri momo) deb atashar ekan.
“Momaqaldiroq bo‘lganda “
Garrimomo sanochini
(suv soladigan mesh)
qoqdi,
” – deydilar. Bu aytim
turkman xalqi yashaydigan joy jo‘g‘rofiy tuzilishiga ko‘ra cho‘ldan iborat ekanligi bilan bog‘liq.
Jazirama yoz issig‘ida, ayniqsa, yil qurg‘oq kelganda odamlar osmondan yog‘in-sochin bo‘lishini
intizorlik bilan kutishgan. Havoni bulut qoplashi esa lalmi dehqonchiligi bilan shug‘ullanuvchi aholi
uchun yaxshilik alomati hisoblangan. Shunday paytlarda ko‘k gumburlasa: “
Ana, Garri momo
sanochini qoqayapti!
” – deb xursand bo‘lganlar” [4;46]. Janubiy va Sharqiy Turkmanistonda esa
yomg‘ir, momaqaldiroq va chaqmoq chaqiruvchi mifologik obraz –
Mamaka
to‘g‘risidagi tasavvurlar
mavjudligi qayd etilgan. Xalq qarashlariga ko‘ra, Mamaka ulkan sanochini urib, uning ichidagi
yomg‘irini to‘kar, sanochni urayotganda chiqqan ovoz momaqaldiroq bo‘lib gumburlar emish.
Shuning uchun ham momaqaldiroq gumburlaganda bolalarga qarata: “
Darrov uyga kiringlar,
bo‘lmasa Mamaka sanochiga solib osmonga olib ketadi
!” – deydilar [6;14].
Bizningcha, O‘rta Osiyo xalqlari mifologiyasida momaqaldiroqning osmon suvlari egasi hamda
yomg‘ir yog‘diruvchi samoviy personaj sifatida talqin qilinishida muayyan tabiiy asoslar mavjud.
O‘rta Osiyo hududi ob-havosining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, ko‘klamgi momaqaldiroq
ko‘pincha yog‘in-sochindan darak beradi. Osmonda qora bulutlar quyuqlashib, momaqaldiroq sadosi
eshitila boshlashi bilan odamlar tez orada yomg‘ir qo‘yishini bilib, taraddudlana boshlaganlar.
“
Momaqaldiroq qarsillasa, yomg‘irdan darak bo‘lmaydi, agar momaqaldiroq gumburlasa yog‘may
qo‘ymaydi
,” – deydilar (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. Navoiylik Tosheva Nazokatdan 2004-yilda
yozib olingan).
Nurota tumanidagi Soykechar qishlog‘ida yashovchi 89 yashar Gulmurodbobo Qamboyevning
eslashicha, ilgarilari ko‘klamda birinchi marta momaqaldiroq bo‘lganida oftobadagi suvni yerga quyib
turganlar (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 1991-yil). Bizningcha, bu irimni bajarish
momaqaldiroqni “yomg‘ir suvlarining egasi” deb tasavvur qilishdan kelib chiqqan. Odamlar “yomg‘ir
ko‘p yog‘ib, o‘t-o‘lanlar o‘ssin, chorvamizga baraka bersin, mo‘l-ko‘lchilikka, suvday serobchilikka
chiqaylik” degan umidda momaqaldiroq sadosi tinguniga qadar oftobadan suv quyib turganlar.
Tojikiston Respublikasining Yovon tumanidagi Ko‘lbuloq qishlog‘ida erta bahorda birinchi
momaqaldiroq ovozini eshitgan ayollar kadiga suv solib eshikma-eshik yurib “So‘z xotin” aytganlar
hamda Momo Havoning haqiga duo qilib: “
Guldur momo kelsin, Shaldir momo kelsin
!” – deganlar.
Har bir xonadon egasi “So‘z xotin” aytib borgan ayollarga biror narsa chiqarib berib: “
Oblohu akbar,
yomg‘ir yog‘sin, hammamiz seroblikka yetaylik
,” – degan (Folklor ekspeditsiyasi materiallari. 1982-
yil). Xorazmliklar esa bahorgi birinchi momaqaldiroq va chaqmoqdan keyin yoqqan yomg‘irni
“
selon
” deydilar. Selon yoqqandan keyin qishning ayozli-izg‘irinli kunlari tugagan hisoblanadi.
Shuning uchun: “
Selondan so‘ng qish bo‘lmas, mezondan so‘ng yoz bo‘lmas
,” – deydilar (Folklor
ekspeditsiyasi materiallari. Urganch shahri, 1999-yil). Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on
tumanidagi Mingchinor qishlog‘ida momaqaldiroq gumburlaganda: “
Guldurmomo aravasini suvga
to‘ldirib surib boryapti. Shuning uchun osmon guldirab, shovqin boshlandi
”, – deydilar. Birozdan
keyin momaqaldiroqning uzoqda gumburlagani elas-elas eshitila boshlansa: “
Ana, Guldurmomo
Do'stlaringiz bilan baham: |