Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

 
Kalit soʻzlar:
kuch ta’sirlanish, his-tuygʻu, harakatlar, ishchanlik, kuchlanish, chidamlilik, 
vahimadan chiqib ketish uslubi, noqulay ruhiy holat, sportda qaltirash, irodaviy sifatlar, sport 
murabbiysi. 
 
Психологический анализ и характеристика спортивных соревнований
Аннотация. 
В данной статье анализируются методы совершенствования высокой 
работоспособности спортсменов, использование методов развития выносливости в 
соревнованиях, изучается психологическое, рассмотрены методы выхода из трудной ситуации, 
психологические методы и методы закаливания.
 
Ключевые слова:
спортсмен, соревнования, работоспособность, выносливость, 
быстрота, сила, методы и выходы из стрессовых состояниях в трудных психологических 
ситуации, бояз`ливость, стартовые лихорадки, тренер. 
The psychological analyze аnd characteristic of sports competitions 
Abstract. 
The methods of perfectness of higher ability of sportsmen, usage of methods for 
durloping the endurance in competitions are analysed, psychologically investigated, the methods of 
realizing from complicated situation, psychological methods and methods of hardening are looked 
through in this article. 
 


ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
160 
Keywords:
sportsmen, competition, work able ness, endurance, quickness, power, in herd of 
psychological situation, fearful, fever of sport, the trainer of sports, the nrethads and solution from 
state of stress. 
Sport boshqa faoliyat turlaridan oʻz sub’yekti his-tuygʻularining oʻta junbushga kelishi va 
kuchli hayajonlanishi bilan farqlanadi. Sportdagi bellashuvlar, olishuvlar, ularda faqat kuchli 
ta’sirlanishni vujudga keltiribgina qolmasdan, musobaqada ishtirok etayotgan juda koʻp 
qatnashuvchilarda, jumladan, tomoshabinlarda ham hayajonlanish, xursandlik va xafa boʻlish kabi his-
tuygʻularni vujudga keltiradi. Turli xil sport musobaqalari millionlab kishilarni oʻziga jalb qila oladi 
hamda kishilarda mavjud boʻlgan eng yuksak his-tuygʻularni uygʻotib yuboradi.
Sportchilardagi emotsional harakatlar sport musobaqalari jarayonida vujudga keladi. 
Harakatning kuchlanish dinamikasi raqib bilan musobaqalashishda katta kuchlanish va qiyinchiliklarni 
yengishda paydo boʻladigan irodaviy faollik, sportchining oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishishida 
koʻrinadi. Bularning barchasi sport faoliyati jarayonida paydo boʻladi. Yuqori kuchlanish bilan 
emotsionallik holatning oʻzgarishi: xursandchilik bilan xafagarchilikning almashinib turishi yoki 
aksincha, qarama-qarshi oʻzgarish, ya’ni gʻazablanish oʻrnini yana gʻalabaga ishonch, xursandchilik, 
yaxshi kayfiyat va boshqa emotsional xususiyatlar egallashi tabiiy holatdir. Aynan shu holat sportchi 
ruhiy holatini boshqarish muammolarini keltirib chiqaradi. 
Sportchilarda mashq va musobaqa jarayonidagi oʻzgarishlardan: yurak faoliyati, nafas olishdagi 
farqlar, har xil ogʻriqlar, chidamsizlik, noxush tuygʻular, koʻp terlash muskullardagi biotoklar
endokrin reaksiyalar bilan bogʻliq turli xil emotsional oʻzgarishlar aniqlangan. Sport insondagi faol 
ruhiy koʻtarinkilik va xafagarchilikni, sportchining emotsional tayyorgarligini, butun organizmidagi 
bor imkoniyatlarni musobaqa jarayonida namayon etish imkonini beradi. Sportchining emotsional 
holatini startdan oldin yuqori darajaga koʻtarilishi (masalan, uzoq va qisqa masofaga yuguruvchilarda, 
bokschilarda), muskullarining katta tezlikda ishlashi natijasida yurak urishi tezlashadi, tomirlaridagi 
qonning yurishi tezlashadi. Shuningdek, aniq faoliyat jarayonida vujudga kelgan his-tuygʻular 
bajariladigan harakatlar natijasiga katta ta’sir etadi. Bu sportchining ishchanligini oshiradi, 
organizmining faoliyat jarayonini tezlashtiradi, sportchining xulq-atvorini yaxshilaydi, ichki harakat 
motivlarini oʻstiradi, musobaqada gʻalabaga erishishini ta’minlaydi. Sportchining kuchlanishli 
emotsional tuygʻulari va musobaqalarga ruhan tayyorgarligi turli sport oʻyinlari va jismoniy mashqlar 
jarayonida shakllanib boradi. Shuningdek, sportchilarda oʻrinli gʻazablanish yoki magʻrurlik va 
toʻgʻrilik kabi sifatlarning kamol topishi ularda musobaqalashish ishtiyoqini oshiradi.
«Sport psixologiyasi» fani sportchilarning mahoratini shakllantirish, musobaqalarda qatnashish 
imkoniyatini vujudga keltirish va kengaytirish, musobaqalarga ruhan tayyorlash uslublarini ishlab 
chiqishda faol ishtirok etadi. Shu jarayonda sport fanlari bilan hamkorlikda, quyidagi muammolarning 
ilmiy-nazariy, psixologik asoslarini ishlab chiqadi: 
1) sportchilar ruhiyatiga sport faoliyatining ta’sirini oʻrganish; 
2) sportchilarda yuqori ishchanlikni vujudga keltirish hamda musobaqa jarayonida oʻzini-oʻzi 
boshqarish, chidamlilikni oshirish uslublarini ishlab chiqish; 
3) sportchining musobaqadan oldingi va musobaqa jarayonidagi ruhiy holatini oʻrganish; 
4) noqulay ruhiy holatdan, vahimadan chiqib ketish uslublaridan foydalanishga odatlantirish. 
Sportchilar oʻtgan sport musobaqalarida qoʻlga kiritgan gʻalabalari bilan xotirjam boʻlib 
qolmasdan, muntazam ravishda oʻtkaziladigan sport mashgʻuloti va musobaqalarida yuqori 
koʻrsatkichlarga erishish uchun oʻzlarini ruhan tayyorlab borishlari lozim. Sport amaliyotining keyingi 
natijalariga ilmiy asosda yondashilsa, sportchining oldingi musobaqalarda koʻrsatgan natijalariga 
qarab, uning yaqin kunlarda boʻladigan musobaqalarda qanday koʻrsatkichlarga erishishi haqida hech 
qaysi mutaxassis aniq xulosa chiqarishga ojizlik qiladi. Musobaqalarda yaxshi natijalarga erishib 
yurgan sportchilar odatda oʻzlarini kuchli sportchilar qatoriga qoʻyadilar. Biroq, kutilmaganda shu 
kuchli sportchi bilan birga mashq qilib yurgan, sport musobaqalarida biror marta ham yaxshi natijaga 
erisha olmagan sportchi bir qancha vaqt oʻtgandan soʻng musobaqalarning birida yuqori natijaga 
erishib, kuchli sportchilar qatoridan joy oladi. Bunday hodisalar sport sohasida tez-tez uchrab turadi. 
Binobarin, murabbiydan har bir sportchi bilan bir xil munosabatda boʻlishga odatlanish, ularga 
koʻzlangan maqsadga erishish yoʻllari haqida bir xil toʻgʻri koʻrsatma va maslahatlar berib borish talab 
qilinadi. Murabbiy sportchida shunday ishonch tugʻdirmogʻi lozimki, sportchi jismoniy mashq va 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish