Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
161 
musobaqalar jarayonida har kuni ichki ruhiy faollik va mahorat kasb etib, sport ustaligi 
koʻrsatkichlariga erishish darajasiga koʻtarilsin. 
Sportchilarning startdan oldingi ruhiy holatini murabbiylar, fiziologlar, ruhshunoslar koʻp 
yillardan buyon oʻrganib kelmoqdalar. Lekin sportchilarning startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati 
haqidagi koʻplab muammolar, masalalar shu kungacha maqsadga muvofiq ravishda ishlab 
chiqilmagan yoki ilmiy hal qilinmagan. Ruhshunos olim Z.Myuller ayrim risola va maqolalarida 
xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qoniqarsiz koʻrsatkichlari faqat ularning jismoniy, texnik 
yoki taktik tayyorgarligigagina bogʻliq boʻlmasdan, balki ularning musobaqadan oldingi ruhiy 
tayyorgarlik holatiga ham bogʻliq ekanligini birmuncha batafsil tushuntirib berishga erishgan. 
Sportchining musobaqa jarayonidagi ruhiy hayajonlanish holati xilma-xil shakllarda namoyon 
boʻladi. Ularning musobaqadan oldingi yuqori darajadagi ruhiy tayyorgarlik holati qiyin vaziyatlarda 
ham oʻzini tuta bilishi hamda oʻzini toʻgʻri boshqarishida koʻrinadi. Sportchining musobaqadan 
oldingi ruhiy holati uning oldingi turli xil musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga koʻp jihatdan 
bogʻliq boʻladi. Ayrim olimlarning fikricha, miyada hosil boʻlgan oʻrtacha qoʻzgʻalish musobaqada 
yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Agar miyadagi qoʻzgʻalish start olish vahimasi 
darajasigacha yetib borsa, qoʻzgʻalish yuqori boʻlib, sportchining musobaqadagi natijalari qoniqarsiz 
koʻrsatkichlar bilan yakunlanadi. Sportchining musobaqaga tayyorgarlik holati asab tizimining 
ta’sirchanligiga ham bogʻliq boʻladi. Uning startga tayyorgarlik holatini quyidagi uch qismga ajratish 
mumkin: a) sportchining startda qaltirashi, jonsizlik holati; b) sportchining startga yuqori tayyorgarligi 
va jangovarlik holati; d) sportchining ruhan tushkunlik va yomon kayfiyatlilik holati. 
Sportchining startga tayyorgarlik holati oldingi musobaqalarda oʻz kuchini qanday safarbar 
etganligiga ham bogʻliq boʻladi. Bulardan tashqari, startga tayyorgarlik holati 1) musobaqaning 
xarakteriga; 2) tomoshabinlarning xulq-atvoriga; 3) sportchining musobaqa oldidan bajargan jismoniy 
mashqlari sifatiga; 4) oʻz kuchiga ishonch hosil qilishiga; 5) sportchining alohida oʻziga xos 
xususiyatlari kabilarga ham bogʻliqdir. Bu sabablar sportchining startga tayyorgarligiga ta’sir qiladi. 
Ba’zi bir sportchilarda musobaqaga qatnashgandan keyin vegetativ koʻrsatkichlardan muskul 
tonuslarining sezilarli darajada oʻsishi hamda kechki uyquning oʻzgarishi kuzatiladi. Ruhiy notinchlik 
tez pasaymaydi, vahimaga tez-tez tushaveradigan sportchilarda sport musobaqasi davrini oʻtkazish 
holati juda ogʻir kechadi, tashvishlanish sportchini muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Sportchining 
musobaqadan keyingi holati ruhiy tushkunlik, ezilganlik, oʻz kuchiga ishonmaslik xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi. Bunday sifatlarga ega boʻlgan sportchilarning musobaqa jarayonida tavakkaliga 
harakat qilishlari natijasida sport qonun-qoidalarini tez-tez buzish hollari takrorlanib turadi. Bularning 
hammasi sportchining sportga boʻlgan qiziqishini, sport mashgʻulotiga qatnashishini, oʻziga nisbatan 
talabchanligini pasaytiradi, oʻz shaxsiy sifatlariga baho berishi oʻzgaradi.
Sportchilarning musobaqadan oldingi ruhiy holatini, ularning musobaqaga tayyorgarlik 
darajasini aniqlash maqsadida tarqatilgan soʻrovnoma (anketa) savollariga sportchilarning bergan 
javoblaridan quyidagilar murabbiylarning alohida e’tiborida boʻlishi maqsadga muvofiq: «Boʻlajak 
sport musobaqalari meni doimo vahimaga soladi?», «Men murabbiyning bergan tanbehidan tez 
ta’sirlanaman, oʻzimga ogʻir olib, qiynalib yuraman». Bu javoblardan sportchi oʻzining ruhiy holatini 
toʻgʻri boshqarish malakalarini egallash usullarini oʻrganish uchun yordamga muhtoj ekanligi 
anglashilmoqda. Demak, murabbiylar faqat sportchilarning ruhiy holati kuchini oʻrganish bilan 
cheklanmasdan, ularning sport faoliyatida oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyatini ham oʻrganib, bu 
vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi uch asosiy masalaga e’tiborlarini qaratishlari 
lozim boʻladi: a) sportchining ruhiy holatini ongli boshqarishga odatlantirish; b) oʻzining ojiz va 
kuchli tomonlarini bilishga, tahlil qilishga oʻrgatish; v) sportchilarda oʻzini-oʻzi boshqarish 
qobiliyatlarini oʻstirish. 
Bu muammoli masalalarni yanada chuqurroq oʻrganish, oqilona tahlil etish va ilmiy-amaliy 
jihatdan toʻgʻri hal qilish uchun sportchi-talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qildik: 
«Sizningcha, sportda yuqori natijalarga erishish uchun sportchilar qanday sifatlarga ega boʻlishlari 
zarur?». Mazkur savolga deyarli barcha sportchilar talab darajasida mashq qilish kerak deyishdi. Shu 
bilan birga sportchilarning 45,8 foizi yuqori natijalarga erishish uchun irodaviy sifatlar, 24,4 foiz 
sportchiga esa tetik kayfiyat, oʻzini toʻgʻri boshqarish, musobaqada vahimaga tushmaslik, xulq-
atvorini nazorat qilish, tashqi ta’sirlarga koʻp berilavermaslik, oʻz kuchiga va gʻalabaga ishonch 
kabilarni asosiy omil deb hisobladilar. Ba’zi bir sportchilar oʻz vaqtida dam olish, sport mashgʻuloti 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish