ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2017-yil, 4-son
157
kerak deb hisoblashadi. Shuning uchun ham barcha ishlarda “a’lochi” boʻlishga intilish sindromi
ayollarda erkaklarga nisbatan kuchliroq boʻladi, buni ayollarning doimo oʻzlarini oqlashlarida,
kechirim soʻrashlarida, oʻz hatti-harakatlarini tushuntirishga harakat qilishlarida ham koʻrishimiz
mumkin.
Aybdorlik hissini har kim har xil qabul qiladi. Mas’uliyatli va mehribon kishilar uchun
aybdorlik hissi tarbiyalashning samarali qurolidir. Mas’uliyatsiz kishi esa aybdorlik hissini oʻzini
xarob qilish tomonga ham burishi mumkin, uning uchun yuzaga kelgan vaziyatni qandaydir yoʻl bilan
toʻgʻrilash oʻrniga oʻziga azob berish bir muncha osonroq tuyuladi.
Aybdorlik hissi ta’siri ostida inson koʻpincha hayotda xohlagan orzu-istaklariga erishish uchun
harakat qilishdan qoʻrqadi. Chunki, aybdorlik hissi shaxsning oʻz-oʻziga beradigan bahosini
pasayishiga va oʻz kuchiga boʻlgan ishonchini yoʻqolishiga sabab boʻladi. Agar hayotda nimanidir
yoʻlga qoʻyish, tashkil qilish imkoniyati paydo boʻlsa ham aybdorlik hissi uygʻonib unga”sen bunga
loyiq emassan, bu sen uchun emas” deb aytishi mumkin.
Gohida kishilar yillar davomida ma’lum bir hayot tarzida qotib qolishadi. Oʻzgarishlar ular
uchun qiyin, bajarib boʻlmaydigan ishdek tuyuladi, ular bundanda yaxshiroq turmush tarziga loyiq
ekanliklariga oʻzlari ham ishonishmaydi. Atrofida bir xil insonlar, bir xil voqealar, mustahkam yaxlit
davra, goʻyoki uning ichidan chiqib ketishning iloji yoʻqdek. Voqealarning bunday davom etishi
kishilarda apatiya, depressiya, passivlik va va kelajakdan qoʻrqish tuygʻularining yuzaga kelishiga
sabab boʻladi. Bunday passiv umidsizlik holatidan chiqishning eng samarali yoʻli bu – faol hayot
tarzidir. Muntazam zoʻr berish, hatti-harakatlar va insonning oʻzini yengib chiqishi har-xil yomon
hissiyotlarni bartaraf etadi. Birinchi galda inson oʻzini kechirishni oʻrganishi kerak, shundagina u eng
yaxshi narsalarga ham loyiqligini his qila oladi.[6, 16-17]
Agar inson ilgari yoʻl qoʻygan qandaydir xatosi uchun aybdorlik hissini boshdan kechirayotgan
boʻlsa va hozirda buni toʻgʻrilashning iloji boʻlmasa, demak bunda u uchun eng toʻgʻri yoʻl ayni
damda mavjud holatlarga nisbatan tushunish, iliqlik va uygʻunlikni yuzaga keltirish zarur. Masalan,
agar siz ilgari kimnidir nohaq xafa qilgan boʻlsangiz ayni damda oʻzingizni qiynashingizni hojati yoʻq,
faqatgina hozirgi hayotingizda sizning atrofingizdagi kishilarga nisbatan oʻzaro tushunish, doʻstona va
iliq munosabatda boʻlishning oʻzi kifoya qiladi. Kishining oʻz hatti-harakatlariga nisbatan bunday
oqilona, faol qaror qabul qilishi va mas’uliyatni his qilishi tufayli aybdorlik hissi egoizm, ochkoʻzlik
va serjahllik hislaridan donolik, mehr-muhabbat va tushunish hislariga oʻtuvchi koʻprik vazifasini
bajaradi.
Aybdorlik hissidan qanday qutulish mumkinligini tushunish uchun quyidagilarni bilish va esda
tutish lozim:
1.
Aybdorlik hissi – bu tabiat ne’mati emas, balki u jazolash vaqtida his qilinadigan qoʻrquv
yordamida inson tanasiga singdiriladi, ya’ni insonning hayoti davomida boshqalar tomonidan
shakllantiriladi.
2.
Aybdorlik hissi qanday harakat yaxshi yoki yomonligi haqida ma’lumot bermaydi, balki
tarbiyachilaringiz sizni nima uchun jazolashgan va bu hisni yuzaga keltirishgan boʻlsa, aybdorlik hissi
ham xuddi shuning uchun jazolaydi.
3.
Aybdorlik hissidan inson toʻgʻri xulosa chiqarmasa u xatolarni tahlil qilishga yordam
bermaydi, balki xalaqit qiladi. Bu his yoqimsiz kechinma boʻlib hisoblanadi, zero insonlar yoqimsiz
fikrlardan qochishadi, xatolari toʻgʻrisida ham kam oʻylashadi, ularni tahlil qilishmaydi, xulosalar
chiqarishmaydi. Bundan tashqari oʻzidagi shaxsiy aybdorlik hissi sababli inson boshqalarni ham
aybdor deb sanaydi, “nima, bitta men shunaqa yomon va notoʻgʻri ish qiladigan odammanmi? Ana
boshqalar ham mendan yaxshi emas-ku?
4.
Aybdorlik hissi sizni yanada insoniyroq qilmasligi ham mumkin, chunki aynan aybdorlik hissi
tufayli koʻpchilik insonlar yovuzlik, gʻazablanish, jahl kabi tuygʻularni boshdan kechirishadi va bu
yomonliklarni barcha atrofdagilarga ham sochishadi.
Bizga ma’lumki aybdorlik hissi qandaydir nojoʻya hatti-harakat qilganimizdan keyin yuzaga
keladi. Bunday vaqtda esa kishi oʻziga savol bera boshlaydi va koʻpincha berilgan savolar zanjiri
qoʻyidagicha boʻladi:
-
Nima uchun (nima uchun bu yuz berdi)?
-
Kim (bunda) aybdor?
-
Nima qilish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |