Ota-onaning xulqi, fe’l-atvori, bola
tarbiyasiga yondashuvi
Bolaning ulg
ʻaygandan keyin tajovuzkor
harakatlardan ta’sirlanish darajasi
1. Bolaning ota-onaga yoki kattalarga
tajovuzkorligi taqiqlanmagan.
Bola kattalarga tajovuzkorlik qilganida oʻzini
gunohkor deb hisoblamaydi yoki uni past darajada
his qiladi.
2. Bolaning kattalarga tajovuzkor harakatlari
taqiqlangan.
Bola kattalarga bilmasdan tajovuz qilsa, oʻzini
aybdor deb hisoblaydi.
3. Bola tengdoshlariga tajovuzkorona
harakatlar qilganida ota-onalar tomonidan
tanbeh berilmagan.
Bola tengdoshlariga tajovuzkorona harakatlar
qilganida oʻzini ayibdor deb hisoblamaydi yoki
uni past darajada his qiladi.
ILMIY AXBOROTNOMA
PSIXOLOGIYA
2017-yil, 4-son
163
4. Bolaning tengdoshlariga va doʻstlariga
tajovuzkorona harakatlar qilishi taqiqlangan.
Bola tengdoshlariga, doʻstlariga va komandadagi
raqiblariga tajovuzkorona harakat qilganida oʻzini
aybdor deb hisoblaydi.
Bola ulgʻayib borgani sayin oʻzining ijtimoiy haq-huquqi va intizom tushunchalarini ongli
ravishda his qila boshlaydi. Bola atrofdagi odamlarga bilmasdan tajovuzkorona harakat qilganligini
yaxshi tushunadigan boʻladi. Yosh sportchi esa sport musobaqasi qoidalarini oʻzlashtirib olganidan
keyin oʻzining tajovuzkorona harakatlarini his qiladigan boʻladi. Agar yosh sportchi musobaqada oʻz
raqibiga nisbatan qonunga xilof tajovuzkorona harakatlar qilsa, sport musobaqasi hakamlari
tomonidan tegishli jazo va tadbirlar qoʻllanilishini yaxshi biladi. Ba’zi bir yosh sportchilar oʻzining
tajovuzkorlik harakatlaridan qattiq ta’sirlanadi, aynan shu ta’sirchanligi bois, oʻzining xarakteriga mos
sport turini tanlashda qiynaladi yoki xatoliklarga yoʻl qoʻyadi. Masalan, agar sportchida insonparvarlik
his-tuygʻulari yaxshi rivojlangan boʻlsa, u sportning tajovuzkor harakatlar qilish mumkin boʻlgan
turlari bilan shugʻullanmagani ma’qul. Lekin sportning ayrim turlarida tajovuzkorlik juda zarur. Busiz
sportda gʻalabaga erishish juda qiyin kechadi. Ba’zi bir sportchilar yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega
boʻlsa-da, sport musobaqalarida tajovuzkor harakatlar koʻrsata olmaydi. Biroq shu komandadagi doʻsti
oʻrtacha jismoniy tayyorgarligi bilan musobaqada tajovuzkor harakatlar koʻrsata oladi. Ba’zan yosh
sportchilarning sport faoliyati jarayonida kattalar yoki murabbiylaridan yetarli darajada tarbiya
olmaganligi ulardagi vijdonsizlik va beodoblik xislatlarini tez shakllanishiga sabab boʻladi. Bunday
sportchilar yoshining oʻtishi va sportda ketma-ket magʻlubiyatlarga uchrayverishi natijasida sport
bilan tamoman xayrlashadilar. Biroq shundan keyin ham oʻzining tajovuzkorlik harakatlarini toʻxtata
olmagani uchun ruhiy qiyinchiliklarga koʻp uchraydilar. Ular oʻzining xulq-atvorini oʻzgartira
olmaganidan boshqa odamlardek osoyishta hayot kechirishda juda qiynalishadi. Shuning uchun
murabbiy sportchilarni tajovuzkor harakatlarni faqat raqibiga qarshi sport musobaqasi qoidalari
asosida qoʻllashga odatlantirishi lozim.
Sportchi musobaqada oʻzining tajovuzkor harakatlaridan kuchli xayajonlanadi yoki oʻzida
sportchi uchun nuqson hisoblangan quyidagi xulq-atvor vujudga kelganini yaqqol sezadi: oʻzining
musobaqadagi xulq-atvoridan shubhalanish, oʻz-oʻzini ayblash, oʻziga ishonmaslik, murabbiydan
arazlash, unga keskin ziddiyatli munosabatda boʻlish kabilar. Sportchida bunday xususiyatlarning
paydo boʻlishi, birinchidan, sportchi mashq qilayotgan muhit ta’siriga, ikkinchidan, ota-ona tomonidan
bolani tarbiyalashda qoʻllanilayotgan uslublarning notoʻgʻriligiga bogʻliq. Tajovuzkorlik va boshqa
salbiy holatlarning sportchi hayotida tez-tez takrorlanaverishi tufayli, bular bolaning xarakteriga
aylanib qoladi. Agar oʻsmirda murabbiy bilan uchrashmasdan oldin tajovuzkor harakatlar
shakllanmagan boʻlsa, murabbiyning musobaqada qattiq gʻazab bilan «ur», «yiqit», «bos» degan
baqiriqlari sportchida tajovuzkor harakatlarni vujudga keltirmaydi. Bunday sharoitda murabbiy
sportchining xarakterini tushunib, unga oʻz munosabatini moslashtirishi maqsadga muvofiqdir.
Katta yoshdagi kishilarda va oʻsmirlarda paydo boʻladigan tajovuzkor harakatlar faqat
tarbiyaning ta’siriga bogʻliq boʻlmasdan, boshqa turli xil voqea va hodisalarning ta’siri natijasida ham
vujudga kelishi mumkin. Masalan, oʻsmirning hayotida tajovuzkorlik unga bir necha marta
muvaffaqiyat keltirgan boʻlsa, bu holda tajovuzkorlik oʻsmirning xulq-atvoriga aylanib qoladi. Agar
sportning agressiv turlarida sportchi tajovuz yoʻli bilan musobaqada bir necha marta gʻalaba qozongan
boʻlsa va kattalar tomonidan bu gʻalaba yuqori baholanib, ragʻbatlantirilgan boʻlsa, sportchidagi bu
taassurot yoshligida ota-onasi bergan tarbiyaga nisbatan kuchliroq boʻlishi aniqlangan.
Kishilarning tajovuzkor harakatlari toʻgʻrisida olimlarimiz tomonidan oʻrganilgan ilmiy
nazariyalar mavjud. Ayrim psixologlar tajovuzkorlik uzoq oʻtmishdagi ajdodlarimizdan bizga tabiiy
(tugʻma yoʻl bilan) oʻtib kelayotgan hamma insonlarga xos xususiyat ekanligi, kishilar oʻzidagi
tajovuzkorlikni boshqarish imkoniyatiga hamma vaqt ham ega boʻlavermasligini ta’kidlashsa, boshqa
bir guruh olimlar kishilardagi tajovuzkorlik faqat evolyutsiya, ya’ni tarixiy rivojlanish jarayoniga
bogʻliq boʻlmasdan, balki vaziyatga qarab, turli xil toʻsiqlarni yengish jarayonida ishlatilgan uslub
boʻlib, asta-sekin insonlarning xulq-atvoriga aylanib qolgan odat deb hisoblaydilar.
Biz kurashchilarda musobaqadan oldin yoki keyin tajovuzkorona harakatlarga koʻplab yoʻl
qoʻyilganligi, lekin musobaqadan keyin tajovuzkorlik holatining sekin pasayishini kuzatdik. «Siz
hujum qilishni qanday tushunasiz?» degan savolga sportchilar quyidagicha javob berdilar: «Agar meni
kimdir birinchi haqoratlasa yoki ursa, men ham xuddi shunday javob qaytaraman», «Men oʻzimni tuta
Do'stlaringiz bilan baham: |