ILMIY AXBOROTNOMA
TARIX
2017-yil, 4-son
16
jumhuriyatining oʻsha davrdagi rahbari Yoʻldosh Oxunboboyev 1942-yilda bunday deb yozgan edi:
“Oʻzbek xalqi belorus, ukrain, yahudiy bollalarini iliq kutib oldi. Jumhuriyatimiz shahar va
nohiyalariga bolalar koʻchirib olib kelinganligi xaqidagi xabarni eshitishlari bilanoq hamma joyda
jamoatchilikning yangi ajoyib harakati boshlandi... yuzlab kishilar urush tufayli ota-onasidan judo
boʻlgan bolalarni oʻz tarbiyasiga olish istagini bildirdilar” [2].
Ikkinchi jahon urushi yillarida koʻchirib keltirilgan bolalar mehnatidan keng foydalanildi.
Ularni mehnat intizomiga rioya qilishi davlat tomonidan nazorat qilindi. Jumladan, Evakuatsiya
qilingan bolalarga yordam koʻsatish Respublika komissiyasi mas’ul kotibi Rachinskaya, Buxoro
viloyatining Xalq ta’limi boʻlimi mudiri Narishkinga yoʻllagan buyrugʻi bunga misol boʻla oladi.
“Evakuatsiya qilingan bolalarga yordam koʻrsatish Davlat Komissiyasi Sizdan soʻraydiki, shaxsan
oʻzingiz evakuatsiya qilingan bolalarga yordam koʻsatish ishlarini olib borishingizni soʻraydi.
Jumladan, bolalar uylarini qisman kolxozlar qaramogʻiga oʻtkazishni, oʻsmirlarni ish bilan
ta’minlashni ma’qullaydi. Lekin, siz alohida e’tiborni ish bilan ta’minlangan oʻsmirlarga
qaratishingizni soʻraymiz. Chunki, ular koʻpincha ish joyiga yetib bormaydilar va nazoratsiz hayot
tarzini davom ettiradilar. Mehnat intizomiga rioya etmaydilar” [3].
Ikinchi jahon urushi yillarida oʻzbek xalqining yetti yoshdan yetmish yoshgacha aholisi
yoppasiga front orti uchun safarbar qilindi. Bu yoʻlda Bolalar uylarilari tarbiyalanuvchilari ham oʻz
mehnati bilan hissa qoʻshdilar. Arxiv hujjatlari bilan tanishar ekanmiz, Bolalar uylarini ochish ikkinchi
jahon urshi tugagandan soʻng ham davom etganligini koʻramiz. Jumladan, Oʻzbekiston SSR Vazirlar
Kengashi: № 744 qaror (16-may 1949-yil)ida shunday jumlalar mavjud. “...a) Xalq qishloq xoʻjalik
vazirligining 1949-yilgi rejasiga asosan II va III kvartallar mobaynida 12 ta bolalar uylarini ochish,
shu jumladan, Toshkent shahrida -1 (maxsus), Andijon viloyatida – 2, Namangan viloyatida – 1,
Samarqand viloyatida – 2 (shu jumladan 1 maxsus), Buxoro viloyatida -2, Fargʻona viloyatida – 1,
Toshkent viloyatida – 2, Qashqadaryo viloyatida -1; [4].
Yillar
Bolalar uylari soni
Ularda tarbiyalanuvchilar soni
1941
137
16 980
1942
164
21 470
1943
200
26 500
1944
230
30 000
1945
242
31 500
[5]
Bolalar uylari ommaviy tazrda tashkil etilgan. Ammo, Arxiv hujjatlarida ma’lum boʻlishicha
sifat darajasiga amalda yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Jumladan, OʻzSSR Vazirlar Kengashining
qarorini inkor etib, 1949-yilda rejada nazarda tutilgan 12 ta bolalar uylari oʻrniga bor-yugʻi 7 ta
ochildi. Andijon, Toshkent oblispolkomlari va Toshkent shahar gorispolkomi yangi bolalar uylariga
nafaqat binolar ajratishni orqaga surdi, aksincha toʻrtta bolalar uyini belgilangan maqsadga javob
bermaydigan inshootlarga joylashtirgan. Tekshirilgan Bolalar uylarining muhim qismi direktorlar va
boshqa xizmat xodimlari tomonidan xonadon (kvartira) sifatida foydalanilmoqda. Natijada esa bolalar
uylari keskin zichlangan boʻlib qolayapti.
Tekshirilgan sakkizta bolalar uylarida (№29 Andijondagi, № 17 Toshkent shahridagi, № 20
Andijon viloyati, Stalin tumanidagi № 25, Toshkent viloyati Begovot tumanidagi va boshqalar) 322
tarbiyalanuvchi ikkitadan bitta yotoq joyida yotgan [6].
Ushbu Bolalar uylarida izolyator, tibbiyot punkti, karantin boʻlimi, oʻquv-ishlab chiqarish
ustaxonalar, dars tayyorlash xonalari va boshqa xizmatlar uchun xonalar yoʻq edi. Ayrim viloyatlarda
Bolalar uylarining inshoot maydonlari, hisobot axborotlari xaqiqatga toʻgʻri kelmaydi[7].
Bolalar uylari hali-hanuz kerakli darajada qattiq inventar (9 mingga yaqin krovat
yetishmaydi), kiyim, poyafzal, kosa-tovoq bilan ta’minlanmagan. Bir qator bolalar uylarida mablagʻ,
moddiy vositalar va oziq-ovqat mollarining, talon-taroj qilinishiga yoʻl qoʻyilayapti. Oʻquv-tarbiyaviy
ishlarni, mehnat, oʻqishni, tibbiyot xizmat koʻrsatishlar, tashkillanishi qoniqarsiz, oddiy sanitar-
gigiyena qoidalariga rioya qilinmaydi hamda xizmat koʻrsatish xodimlar tomonidan tarbiyaluvchilarga
Do'stlaringiz bilan baham: |