Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

 
Annotatsiya. 
Muallif ushbu maqolada, sovet mustamlakachiligi davrida bolalar uylarining 
tashkil topishi tarixi va ularning ochilishiga boʻlgan tarixiy sharoitlarni arxiv ma’lumotlari talqini 
asosida yoritgan. Shuningdek, ochilgan bolalar uylari xizmat faoliyatining sifat darajasiga hujjatlar 
asosida baho berilgan. 
Kalit soʻzlar: 
Sovet ittifoqi, ikkinchi jahon urushi, bolalar uylari, evakuasiya qilingan bolalar, 
bolalarning majburiy mehnati. 
 
Деятельность детских домов в годы советской власти 
Аннотация. 
Автор в этой статье, пользуясь сведениями архива, остановился на 
вопросах истории создания и исторических условиях открытия детских домов за время 
советской власти. А также дана оценка на основе документов на уровень качества работы 
открытых детских домов.
Ключевые слова
: Советский период, вторая мировая война, детские дома, эвакуация 
детей, принудительный труд детей. 
 
Activity of orphan houses during the years of soviet power 
Abstract.
The outer of the article revealed the history of foundation of orphan houses in the 
period of soviet colonialism, and the historical conditions of their foundation were open on the bases 
of analysis of archive materials. 
Keywords: 
Soviet Union, second world war, orphan houses, evacuated children, compulsory 
children’s work.
Mustaqillik yillarida jamiyat hayotida bolalar va yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga 
koʻtarilmoqda. Sobiq ittifoq davrida bu masalaga qanday yondashilganligini bolalar uylari faoliyati 
misolida oʻrganish tarix fanining vazifalaridan biri deb oʻylaymiz. Xoʻsh, ittifoq davrida qarovchisiz 
qolgan bolalarning yashash sharoiti qanday edi, ularga hukumat qay darajada sharoitlar yaratgan edi? 
degan xaqli savol tugʻiladi. 
Bolalar uyi – ota-onasiz yoki qarovchisiz qolgan bolalar uchun davlat tomonidan ochilgan 
tarbiya muassasasi. Asosan, ikki xil boʻlgan: maktabgacha tarbiya yoshidagi (3-7 yoshli) va maktab 
yoshidagi (7-18 yoshli). Maktabgacha tarbiya yoshidagi Bolalar uyida bolalar bogʻchasi tartibi asosida 
ish koʻradi. Maktab yoshidagi Bolalar uyida tarbiyalanuvchilarning jamoat ishlab chiqarish mehnati 
maktabning oʻquv-tarbiya maqsadlariga boʻysundirilgan. Yuqori sinflarda oʻqiydigan 
tarbiyalanuvchilar oʻquv-mehnat ustaxonalari yoki yordamchi xoʻjalikda ishlab chiqarish 
tayyorgarligidan oʻtishadi. Dastlab, Bolalar uylari 1918-yili XKSning dekreti bilan yetimxonalar 
asosida tashkil qilingan edi. Keyinroq OʻzSSRda boylardan musodara qilingan katta bino va bogʻ-
rogʻlarning koʻpchiligi Bolalar uylari ixtiyoriga berildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Sovet 
Armiyasining jangchilari uchun maxsus Bolalar uyilari tashkil etilib, ularda Ukraina, Belorussiya, 
Boltiq Boʻyi Respublikalar, Moskva, Leningraddan keltirilgan ming-minglab bolalar tarbiyalandi. 
OʻzSSRdagi Bolalar uylari soni 44 ta boʻlib, ularda 7166 ta bola tarbiyalandi (1970) [1].
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni koʻrsatadiki, 1918-yilgacha Oʻzbekiston hududida Bolalar 
uylari boʻlmagan. Yetim bolalar vaqf mulklariga qarashli xonaqoh, masjid va madrasalar ixtiyorida 
boʻlib, ularning ta’minoti shu mulk evazidan boʻlgan. Davlat vaqf mulklaridan soliq olmagan. 
Daromad xayriya ishlariga sarf etilib, bu bolalar uchun maxsus maktablar tashkil qilingan. 
Ittifoq davrida davlat budjeti hisobidan qarovchisiz qolgan bolalar uchun Bolalar uylari tashkil 
qilindi. Respublika miqyosida aholining joylashuviga qarab ularning soni taqsimlandi. 1941-yilning 
oktabridan 1942-yilning sentabriga qadar, Oʻzbekiston 78 ta bolalar uyini, 9918 ta tarbiyalanuvchisi 
va 20650 chogʻli koʻchirib keltirilgan bolalarni ham qabul qilib olgandi. Hamma bolalar maktablarga 
joylashtirildi. 30 ta bolalar uyi qoshida ustaxonalar tashkil etildi. Dastlabki kunlardanoq 
jumhuriyatimiz ishchilari, kolxozchilar, xizmatchilari 2500 bolani oʻz tarbiyasiga oldi. Oʻzbekiston 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish